Men Abdimo’minova Maftuna
Download 16.56 Kb.
|
Hisobot Maftuna (2)
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Bilogiya ta’lim yo’nalishi 4-kurs 319-guruh talabasi Abdimo’minova Maftunaning Pedagogik amaliyot davridagi HISOBOTI Men Abdimo’minova Maftuna 05.09.2022 dan 14.11.2022 gacha Termiz shahar 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyotda bo’ldim. Amaliyotim davrida biologiya o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qonun qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarni dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarining dars jarayonida qo’llanilishi, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysipedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Biologiya o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravisda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillashtirish , mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tashkillashtirishni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir necha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko’proq e’tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Amaliyotchi talaba: M. Abdimo’minova Amaliyot rahbari: S. Sulliyeva Pedagogik amaliyot davrida bajarilgan ishlar yuzasidan HISOBOT Reja: 1.Amaliyot o’tash joyi haqida ma’lumot 2. Amaliyot davrida o’tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumot 3. Xulosa Amaliyot o’tash joyi haqida ma’lumot Men pedagogik amaliyot o’tagan 3-umumiy o’rta ta’lim maktabi Termiz shaharida joylashgan. Ushbu maktab 1980-yili tashkil etilgan. 2000 o’quvchiga mo’ljallangan. Ushbu maktabda 2021-2022 o’quv yilida 1911 nafar o’g’il-qiz bilan bir navbatda o’quv yilida 112 nafar fan o’qituvchilari tomonidan turli fanlardan saboqlar olmoqda. Maktabda jami 45 ta xona va 1 ta sport zal, maktab kutubxonasi mavjud. Shulardan 15 tasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ajratilgan. Maktab o’quv xonalarining 2 tasi kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangan. Maktab direktori: G. Xolmamatova O’IBDO’: F. A. Abdulazizova MMIBDO’: T. A. Ro’zmatov Hozirgi kunda maktab pedagoglar jamoasi 112 ta pedagogdan iborat. Boshlang’ich sinf o’quvchilari 811 ta 1-4-sinf o’quvchilardan iborat. Yuqori sinflar 5-11-sinflardan iborat bo’lib 1100 nafar o’quvchidan iborat. Ayni vaqtda maktabda oliy toifali va malakali o’qituvchilar dars berib kelmoqda. Men maktabda 12-noyabrdan 29-dekabrgacha pedagogik amaliyot o’tadim. Pedagogik amaliyotning dastlabki 1-haftasida maktabga keldim va o’qituvchilar bilan tanishdim, maktab hayotini o’rgandim. Keying haftada tajriba oshirish va darslarda qo’llaniladigan metodlar, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchini pedagogik, psixologik holatini o’rganish maqsadida mahgoratli va tajribali o’qituvchilarning darslariga dars tahliliga kirdim. Amaliyot davomida ish o’rganish uchun biologiya fani o’qituvchisi Xasanova Muqaddas menga biriktirildi. Xasanova Muqaddas ustoz rahbarlik qilayotgan 11-“D” sinf rahbarligi vaqtinchalik menga topshirildi. Amaliyot davomida men 5-6-7-8-9-sinflarga biologiya fanidan darslar o’tdim . O’tilgan darslar davomida Xasanova Muqaddas, Hasanova Muhayyo, Zokirov Raim, Xoliqov Toshtemir va boshqa turli xil fan o’qituvchilarining darslariga dars tahliliga kirdim. Dars tahliliga kirishdan asosiy maqsadim, dars o’tish metodikasini o’rganish, pedagogik mahoratimni yuksaltirishdan iborat edi. Dars davomida bilimim, salohiyatim yetguncha yutuq va kamchiliklarni yozib bordim. O’quvchilarga dars o’tish mobaynida ularning konspekt va rasm daftarlarini muntazam tekshirib bordim. Shuningdek 11-“D” sinfda tarbiyaviy soat darsidan “Salomatlik tuman boylik.” mavzusida dars o’tdim. Bundan tashqari Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda ham ona tili va adabiyot o’qituvchisi bilan hamkorlikda tadbir o’tkazdim. Amaliyot davrida sinfimdagi o’zlashtishi sust bo’lgan o’quvchilar bilan individual ishladim. Har bir tarbiyaviy soat darslarida o’quvchilarim bilan suhbat qurdim. O’zimning bilimim yetganicha ularga o’rgatdim. Bazi o’quvchilarimni ota-onalari bilan telefonda suhbatlashdim. Bundan tashqari maktabda “Yosh biolog” to’garagini tashkil etdim. Bu to’garak asosida o’quvchilarni biologiyaga oid bilimlarini oshirdim va olimpiadalarga tayyorgarligini oshirdim. O’quvchilarga dars o’tish mobaynida “kichik ma’ruza”, “aqliy hujum”, “klaster”, “bingo” o’yini, “Testlar banki” kabi metodlardan foydalandim. Shu metodik o’yinlar yordamida o’quvchilarni baholadim. Bundan tashqari “Topqirlar”, “Aqlli daraxt” va boshqa shu kabi bir necha pedagogic texnologiyalardan foydalandim. Shuningdek amaliyot davomida turli tadbirlarda, ochiq darslarda, fan kechalarida qatnashib bordim va o’zim ham 7-“B” sinf o’quvchilariga “Kovakichlilar” mavzusida ochiq dars o’tdim. Ochiq darsimda manaviy va marifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari, fan o’qituvchilari qatnashdi. Ochiq darsda sinfni guruhlarga bo’lib, o’tilgan mavzularni tarqatma savol kartochkalari yordamida mustahkamlab oldim. Yangi mavzuni tushuntirish davomida kichik ma’ruza va klaster metodlardan foydalandim. Ko’rgazmali qurollarni doskaga ilib yangi mavzuni tushuntirishda ulardan faol foydalandim. Amaliyotda bajargan ishlarim va har bir o’tgan darsimdan o’zim uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni to’plab bordim. O’ylaymanki bu olgan tajribalarim menga kelajakdagi pedagogik faoliyatimda ast qotadi. XULOSA Pedagogik amaliyot davomida o’qituvchilik kasbiga dastlabki qadamlarimni qo’yib maktab ostonasiga qadam qo’ydim. Sharafli kasb hisoblangan o’qituvchilik kasbini egallash uchun amaliyot o’tab o’z malakasini oshirish muhim hisoblanadi. Eng muhimi maktab hayoti bilan tanishish, unga ko’nikish, o’qituvchilar jamoasi bilan ishlash, har bir o’quvchi bilan aloqada bo’lish kabi jarayonlarni o’rganib oldim. Har bir amaliyot kuni men uchun ilmiy yangiliklarga boy o’tdi. Har bir kundan o’zim uchun yetarli bilim va xulosalarni oldim. Ayniqsa, dars jarayonida qo’llaniladigan metodlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollardan faol foydalanish o’quvchilarni diqqatini jalb qilishga va yangi mavzuga qiziqtirishiga yordam berishiga ishonchim ortdi. Ba’zi o’quvchilarni psixologiyasi murakkab, ular bilan alohida shug’ullanish zarur. Bu esa insondan yuksak mahorat talab etadi. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, bugungi kun o’quvchilarini darslarga jalb qilish, ularning qiziqishlarini oshirish uchun noananaviy darslarga jalb qilish, ularning qiziqishini oshirish uchun interfaol metodlardan foydalanish, eski an’anaviy dars o’tish uslubi, ma’ruza shaklidagi mavzu bayonidan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Download 16.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling