Men Abdurahimov Doniyorjon
Download 13.63 Kb.
|
Document
Farg’ona Davlat universiteti Ingliz tili va adabiyot fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi K-20-37-guruh talabasi Abdurahimov Doniyorjonning Farg’ona viloyati Farg’ona shaxri 6-umumta’lim maktabining 17.04.2023dan 13.05.2023gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha HISOBOTI Men Abdurahimov Doniyorjon 7.04.2023dan 13.05.2023gacha Farg’ona viloyati Farg’ona shaxri 6-umumta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyot davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’lgandigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishi, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanish va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim, tahlil qildim va o’rgandim. Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlantirishni, vaqt taqsimotini to’g’ri nashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samarali yordam berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e’tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Siniflarda o’tkaziladigan ma’naviy soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-marifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda albatta, maktabdagi ustozlar va o’qituvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keying bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxasis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi. Maktab direktori: ____________ A.Rahmatova Muassasa bo’yicha amaliyot rahbari: ____________ N.Aminova Amaliyot talabasi: ____________ D.Abdurahimov Amaliyot rahbari: ____________ D.Mahkamova Download 13.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling