Men avtorning menejment bu asosan san`atdan iborat lekin uni biz ilm-fan emas deb ayta olmaymiz deya menejmentni san`at ekanligiga yon bosishini to`la qo`llab quvvatlayman. Chunki menejment sohasi hech qachon kitobdan o`rganib a`lo darajada bajariladigan soha emas.
Real hayotda kompaniyalar menejmenti, yozilgan qoidalarga mos tushmaydigan va alohida tahlil talab qiladigan faktorlarga to`la. Bu insonning shaxsiy qobiliyati, mantiqiy fikrlashidan kelib chiqib amalga oshadi.
Lekin menejmentdagi qoidalarni yaratish uchun ba`zi olimlar umrining juda katta qismini sarflaganlar va uni biz ham menejmentda ishlab yaratamiz degunimizcha umrimizning katta qismini yo`qotamiz. Shuning uchun yozilgan qoidalarni o`rganib menejmentda ishlash vaqtni ancha tejaydi.
Ikkinchidan menejmentni ilm-fan sifatida o`rganilishining maqsadi shu soha haqida konseptual bilimlarni o`rganish. Chunki biz ishlayotgan sohamizni nimaligini bilib keyin ishlamishimiz, ishlayotgan paytda bilib olishimizdan ancha foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |