Men Farrux Abrorkulov ushbu kitobni o’z tajriba va bilimlarimdan kelib chiqqan holda yaratdim. Ushbu
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Telegram sirlari (Farrux Abrorkulov)
Kirish Men Farrux Abrorkulov ushbu kitobni o’z tajriba va bilimlarimdan kelib chiqqan holda yaratdim. Ushbu kitobni o’qigan holda Telegram messenjerining ko’plab imkoniyatlaridan qanday qilib foydalanish mumkinligini bilib olasiz! Ko’p gapirmayman unda boshladik! 2 Telegram bo’yicha texnik ko’nikmalar to’plami 1-bo’lim 3 Telegramda raqamni yashirish Telegramda sizning raqamingizni hech kim ko'ra olmasligini xohlaysizmi? Unday bo'lsa ushbu amallarni ketma-ketlikda bajaring: ▪ Sozlamalar bo'limini tanlang; ▪ Maxfiylik bo'limini ustiga bosing; ▪ Telefon raqami bo'limini tanlang; ▪ “Hech kim” tugmasi ustiga bosing va ushbu harakatingizni saqlab qo'ying! Agar siz ushbu amallarni ketma-ket va to'g'ri bajargan bo'lsangiz, endi sizning telefon raqamingizni telegramda hech kim ko'ra olmaydi! 4 Telegramda so'ngi faollikni yashirish Telegramda sizning oxirgi tashrifingizni, ya'ni so'ngi faolligingizni hech kim ko'ra olmasligini xohlaysizmi? Unday bo'lsa ushbu amallarni ketma-ketlikda bajaring: ▪ Sozlamalar bo'limini tanlang; ▪ Maxfiylik bo'limini tanlang; ▪ Oxirgi faollik bo'limini tanlang; ▪ “Hech kim” tugmasi ustiga bosing va ushbu harakatingizni saqlab qo'ying! Agar siz ushbu amallarni ketma-ketlikda bajargan bo'lsangiz, endi sizning telegramda so'ngi faolligingizni hech kim ko'ra olmaydi! 5 Telegramda kontaktni keraksiz accountlardan tozalash Sizning Telegram kontaktingizda begona yoki keraksiz accountlar ko'pmi? Ularni bittalab o'chirishga erinyabsizmi? Endi buning yo'li juda oson! Quyidagi ketma -ketlikni bajarish orqali siz birdaniga barcha keraksiz telegram accountlarini o'chira olasiz! Quyidagi ketma-ketlikni bajaring: ☑ Sozlamalar bo'limini tanlang; ☑ Maxfiylik bo'limini tanlang; ☑ Kontaktlar bo'limini tanlang; ☑ Sinxronlangan kontaktlarni o'chirish tugmasi ustiga bosing va barcha keraksiz accountlardan halos bo'ling! 6 Telegramda profil surati haqida Sizning Telegramdagi profilingizga qo'ygan suratingizni hamma ko'rishini xohlaysizmiyoki faqat kontaktingizdagilar ko'rishinimi? Unda Telegramingiz sozlamalarini quyidagicha sozlang: ☑ Sozlamalar bo'limini tanlang; ☑ Maxfiylik bo'limini tanlang; ☑ Profil surati bo'limini tanlang va hamma ko'rishini xohlasangiz “HAMMA” yoki faqat kontaktingizdagilar ko'rishini xohlaysangiz “MENING KONTAKTLARIM” tugmasi ustiga bosing va ushbu harakatingizni saqlab qo'ying! 7 Telegramda guruhlarga qo'shish va qo'sha olmaslik haqida Sizni har kuni kimdir qanaqadur paynet qilamiz, omad shou, boriga baraka va hokazo guruhlarga qo'shib qo'yaverishi joningizga tegdimi? Ulardan chiqib ketaverishdan charchadingizmi? Endi sizni guruhlarga hamma qo'sha olishi yoki faqat kontaktingizdagilar qo'sha olishi haqida gaplashamiz! Unday bo'lsa boshladik! Ketma-ketlikni har doimgidek, “ Sozlamalar ” bo'limini tanlash bilan boshlaymiz! Keyin esa “Maxfiylik” bo'limini tanlaymiz! Ushbu bo'limdan “Guruhlar” degan bo'limini topamiz va ichiga kiramiz! U yerda ikkita amalni bajarsangiz bo'ladi, ya’ni, sizni hamma guruhlarga qo'sha olishini xohlasangiz “HAMMA” tugmasiga bosing, agarda faqat 8 kontaktingizdagilar guruhlarga qo'sha olishini xohlasangiz “MENING KONTAKTLARIM” tugmasi ustiga bosing va ushbu harakatingizni saqlab qo’ying! Telegramda siz bilmaydigan elementar holatlar Siz do'stingizga rasm yuborib, u rasmni o'chib ketishi uchun vaqt belgilashingiz mumkin. (Siz yuborgan chatda rasm ochib ko'rilgandan keyin, belgilagan vaqtingizga qarab o'chirib yuboriladi). Siz do'stingiz bilan umumiy nechta xabar yozishganingizni bilish uchun, siz chatdagi qidiruv joyiga "+" ni yozib qidiruv bering. Shunda siz chatda umumiy nechta xabar yozilganini ko'rasiz! Sizga ovozli xabar keldi, siz ko'chadasiz, quloqchin 9 yo'q. Eng oson usuli, siz xuddi birov bilan gaplashayotganingiz kabi telefoningizni so'zlashuv dinamigini qulog'ingizga tuting, shunda sizga ovozli xabar aniq va hech kim eshitmaydigan bo'lib keladi. Telegramda skrinshot olib bo'lmasa nima qilish kerak? 1. Telegram sozlamalariga (Settings) o'ting. 2. "Maxfiylik va xavsizlik" (Privacy and Security) bo'limiga kiring. 3. "Kirish kodi" (Passcode Lock) bo'limiga o'ting va kirish kodini o'rnating. 4. "Ekran rasmlariga ruxsat berish" (Show App Content in Task Switcher) tanlang va skrenshotni yoqish yoki o'chirish sizga havola. 10 Telegram messendjerida kanallar, botlar va guruhlarga «rasmiylik» maqomini olish (ko’k galochka) qoidalari qanday? Telegram kanal, bot va guruh egalarining quyidagi sahifalari: 1. Twitter; 2. Facebook yoki Instagram (bittasi kifoya); 3. YouTube kabi tarmoqlardagi profillari rasmiy maqomga ega bo'lishi kerak! Quyidagi aytib o’tilgan shartlar bajarilgandan so'ng, Telegram kanalingizga yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlardan havola joylashtirishingizni so‘raydi. Bu amalga oshirilgandan so'ng, tekshirish uchun @VerifyBot bilan bog'lanish kifoya. 11 Telegram profilni ikki bosqichli himoyalash haqida Telegram profilni ikki bosqichli himoyalash nima uchun kerak? Ikki bosqichli himoya sizga xavsizlikni maksimal darajada ta'minlab beradi. Agar sizning akkauntingizni hakkerlar buzmoqchi bo'lsa, akkauntingiz ikki bosqichli himoyalangan bo'lsa, buning iloji yo'q, lekin ikki bosqichli himoya yo'q bo'lsa, akkauntingizga kirishning iloji bor! Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida pochtangizni ham ehtiyot qiling! Ikki bosqichli himoya o'tnatish: 1. Messenger sozlamariga o'ting va "Maxfiylik va Xavfsizlik" (Privacy and Security) bo'limini tanlang; 2. "Ikki bosqichli tasdiqlash" (Two -Step Verification) ga o'ting; 3. "Qo'shimcha parol o'rnatish" (Set Additional Password) ni bosing va parolni o'rnating: 12 1) Parolni tanlang, 2)Tanlangan parolni tasdiqlang, 3) Nom qo'ying! ☝ Unutmang! Parol o'rnatilgandan so'ng hech kim sizning akkauntingizni buzib kirolmaydi! (agar parol yodingizdan chiqib ketsa hatto siz ham qaytib u accountingizga kira olmaysiz!) Telegram cheklov va limitlari: - Xabarlarning uzunligi maksimal 4096 belgidan iborat. Keyin matn bir nechta xabarlarga boʻlinadi; - Video xabarning maksimal davomiyligi 1 daqiqa. - Foydalanuvchi uchun foydalanuvchi nomining (username) maksimal uzunligi 32 belgidan (simvol) iborat; - Shaxsiy suhbatlaringizda xabarlarni tahrirlashning maksimal vaqti - 48 soat; 13 - Yuborilayotgan rasm uchun tavsifning maksimal uzunligi 200 belgi; - Fayl uzatishning maksimal hajmi: 1,5 GB; - Bitta xabarda( albomda) rasmlarning maksimal soni 10 dona; - Ilovaning yuqori qismida biriktirilgan suhbatlar/ kanallar / guruhlarning maksimal soni 10ta (Arxivda cheklanmagan); - Foydalanuvchi uchun“tarjimai hol” ustunini toʻldirish maksimal 70 ta belgi; - Oʻrnatilgan stikerlar sonining chegarasi 200 ta stiker toʻplamini tashkil etadi; - Spam - bloklash (foydalanuvchilarga shaxsiy xabarlarni yuborish imkoniyatini bloklash) -kamida 3 kundan, umrbodgacha). Bularning barchasi qoida buzarlikning jiddiyligiga bogʻliq; - Kanal/ chat uchun takliflarning cheklovi maksimal 200 kishidan iborat. Keyin faqat mustaqil obuna bo’lishi mumkin; - Faol boʻlmagan taqdirda akkauntning oʻz-oʻzini yoʻq qilish muddati: 1 oydan 12 oygacha; 14 - Siz maksimal 500 ta kanalga obuna boʻlishingiz mumkin; - Telegram rasmiy ilovasida akkauntlarning maksimal soni 3 ta (Telegram X da -65536); - Hammasi boʻlib, siz 10 tagacha ommaviy kanal yoki guruhlarni yoki 500 tagacha shaxsiy kanallarni yaratishingiz mumkin. Telegramdagi ayrim bot, kanal va foydalanuvchilarga berilgan «SCAM» belgisi nimani anglatadi? «SCAM» - "qalloblik", "firibgarlik" degan ma'nolarni bildiradi. Bu belgi telegram botlari, kanallari va foydalanuvchilarga berilishi mumkin. 15 «SCAM» belgisi berilgan kanal, bot va foydalanuvchilariga shunday izoh qoldirilgan: Ingliz tilida: ⚠ Warning: Many users reported this account as a scam. Please be careful, especially if it asks you for money. O’zbek tilidagi tarjimasi: ⚠ Diqqat: Ko'p foydalanuvchilar ushbu akkauntni «firibgar» deb xabar berishdi. Iltimos ehtiyot bo'ling, ayniqsa pul so'rasa! Telegram Desktopda Matnni formatlash uchun yorliqlar Ctrl + Z — avvalgi amalni bekor qilish; Ctrl + A — barcha elementlarni belgilash; Ctrl + R — sahifani yangilash (obnovit qilish); 16 Ctrl + Esc — pusk menyusini ochish; Ctrl + Tab — keyingi sahifaga o'tish; Ctrl + D — belgilangan elementni o'chirib yuborish; Ctrl + C — matndan nusxa ko'chirish; Ctrl + V — ko'chirilgan nusxani joylashtirish; Ctrl + X — matnni belgilangan qismini kesib tashlash; Ctrl + I — matnni qiyshiq tarzda yozish (kursivniy yoki italic ham deb ataladi); Ctrl + B — mattni qalin harflar bilan yozish; Ctrl + U — matnni tagchiziq bilan yozish; Ctrl + K — giperhavola yaratish ( so’zlarga link berish). Ctrl + Shift + M - mono ko'rinishidagi yozuv (bir vaqtning o'zida bosing); Ctrl + Shift + X - yozuv ustadan chizish; Ctrl + Shift + N - formatlashni bekor qilish (oddiy ko'rinishga qaytarish). 17 Telegramda band bo‘lgan usernameni olish mumkinmi? Agar sizga kerak bo‘lgan username Telegramda egallanib olingan bo‘lsa, siz quyidagi tizimlarning kamida ikkitasida aynan shunday usernameni ishlatsangiz, bot sizga Telegramda ham ushbu usernameni olishda yordam bera oladi: - Facebook; - Twitter; - Instagram. Shu bilan birga, sizning profillaringiz faol bo‘lishi kerak, shunchaki Telegramda usernameni olish uchun yaratilgan bo‘lishi kerak emas! Agar siz yuqoridagi shartlarni bajargan bo'lsangiz @username_bot rasmiy botiga murojaat qilib uning ko‘rsatmalariga rioya qiling! 18 Rasmdagi matnni chiqarib olish @imageToText_bot - rasmdagi matnni chiqarib oluvchi bot. Botga matnni o'z ichiga olgan rasmni yuboring. Qo'llab-quvvatlanadi: ➔ Tasvir (PNG, JPG); ➔ "fotosurat sifatida yuboring" - katta rasmlar Telegram tomonidan siqilgan bo'ladi; ➔ "fayl sifatida yuboring" - rasmlar siqilmaydi. ➔ Maksimal hajmi 2MB; ➔ PDF (maksimal hajm: 200KB) Qo'llab-quvvatlanmaydi: ➔ Rasmdagi matn qo'lda yozilgan bo'lsa! 19 Aloqa uchun bot yaratish haqida 1. Aloqa uchun bot @Livegrambot yordamida yaratiladi. Botdan 1) /start 2)/addbot tugmasini bosamiz; 2. Keyin, @BotFather ni ochamiz va start tugmasi orqali ishga tushiramiz! Menyudan /newbot buyrug'i kiritamiz. So'ngra botga 1) Botning nomi; 2) Botning usernamelarni yuboramiz. Bizga HTTP API kod beriladi (misol uchun: 1234567890:AAFYbt8pFXS_Iclqvlut2IQc3qVooMaWn60) 3. Berilgan kodni nusxalab, @Livegrambot ga yuboramiz. 4. Aloqa uchun bot yaratildi. Endi sizda faqat yaratgan botingiz sozlamalarini to'g'irlash qoldi. Buning uchun @BotFather dan /mybots buyrug'i tanlanadi va /Editbot buyrug’i bosiladi. Name: Description: About: Botpic: Commands: Quyidagi buyruqlardan qo'shilmaganlarni qo'shishingiz mumkin! 20 Matnlarni har xil shriftda yozish Telegramda matnlarni har xil shriftlarda yozish mumkin! Qanday qilib deysizmi? Telegram bot va sayt orqali! 1.Telegram bot orqali - https://t.me/Textagrambot; 2.Sayt orqali -https://messletters.com Bu ikala holatda ham matnni kirgizasiz va sizga kerakli uslubdagi matnni nusxalab olishingiz mumkin. Namuna: 👇👇👇 ➔ @🄵🄰🅁🅁🅄🅇_🄰🄱🅁🄾🅁🄺🅄🄻🄾🅅 ➔ @🅕🅐🅡🅡🅤🅧_🅐🅑🅡🅞🅡🅚🅤🅛🅞🅥 ➔ @Farrux_Abrorkulov ➔ @𝔽𝕒𝕣𝕣𝕦𝕩_𝔸𝕓𝕣𝕠𝕣𝕜𝕦𝕝𝕠𝕧 21 Bitta nomerdan necha kishi telegram ochib foydalanayotganini qanday bilsa bo'ladi? Masalan, sizning akkauntingizga kimdir kirib oldi, uni chiqarib yuborish mumkin, bitta nomerdan necha kishi telegram ochib foydalanayapdi? Hozir shu savollarga javob berib o'tsam. 1. Messenger sozlamariga o'ting va "Maxfiylik va Xavfsizlik" (Privacy and Security) bo'limini tanlang. 2. "Faol seanslar" (Active sessions)bo'limiga o'ting. 3. Bu yerda tepadagi birinchisi siz foydalanayotgan, pastdagilar esa siz oldin (misol uchun siz kompyuter va telefoningizga telegram ochgan bo'lsangiz) foydalangan va begona kishilar (agar sizning akkauntingizga kirgan bo'lsa) bo'ladi. Pastdagilardan keraksizlarini chiqarib yuborishingiz mumkin. 22 4. Keraksiz seansni chiqarib yuborish uchun ustiga bitta bosamiz va "Tugatish" (Terminate) ni bosish kifoya. Guruh va kanallarda so'rovnomalar o'tkazish Guruh va kanallarda so'rovnoma o'tkazishning bir necha usullari mavjud. Ularning har birining o'ziga yarasha xususiyati bor. Bugun men sizlarga @vote bot orqali qanday qilib so'rovnoma o'tkazish mumkinligini tushuntirib o'taman! 1. @vote botga kirasiz va /start tugmasini bosasiz! 2. Public yoki Anonymous degan yozuv chiqadi. Public so'rovnomada siz-ovoz bergan odamning aniq kim ekanligini ko'ra olasiz! Anonymous so'rovnomada esa yo'q. Unda ovoz bergan inson kim ekanligini bila olmaysiz, ya'ni, yashirin bo'ladi! Siz o'z xohishingizga qarab uni tanlaysiz! 23 3. Savolni yuborasiz! 4. Belgilash kerak bo'lgan birinchi javob variantini yuborasiz! 5. Belgilash kerak bo'lgan ikkinchi va hokazo javob variantlarini yuborasiz! 6. Va oxirida /done tugmasini bosib, so'rovnomani yakunlaysiz va uni kanal yoki guruhingizga ulashasiz! Telegramda postlar yaratish Telegram kanal adminlari post yaratishlari uchun foydali bo'lgan botlardan biri bu @PostBot dir. U orqali siz matn, rasm, video va gif ko'rishdagi postlarni tayyorlashingiz, ularga reaksiyalar berishingiz, kommentariya funksiyasini qo'shishingiz mumkin. Bu bot o'zbek, rus va ingliz tilida ishlagani sababli amallar ketma ketligini tushuntirib o'tirishga hojat yo'q deb o'ylayman! Xullas, yaxshi bot ishlatib ko'rishni tavsiya etaman! 24 Telegram kanal statistikasini olish Telegram kanal statistikasi olish uchun Telegramda maxsus bot bor. Bu botdan adashmasam ko'pchiligingizning xabaringiz bor. Ushbu bot @TGStat_Bot dir. Bilmaganlar yoki foydalanmaganlarga foydalanib ko'rishingizni tavsiya etaman! Ushbu bot orqali siz kanalingizdagi auditoriyaning necha foizi faol, bir kunlik ko'rishlar soni, bitta e'lon qamrovi va hokazolarni bilib olishingiz mumkin! Buning uchun siz https://uz.tgstat.com/add_channel saytidan kanalingizni ro'yxatdan o'tkazishingiz va @tg_analytics_bot ni o'z kanalingizga admin qilishingiz lozim! Shuningdek, kanaldan repost qilingan postlar, iqtibos olgan postlar va kanal eslovlari haqida ham batafsil bilib olishingiz mumkin! 25 Telegram kanal statistikasidagi ba’zi atamalar izohi ERR (auditoriyaning jalb qilinganlik darajasi) quyidagi formula orqali hisoblanadi: = (1 ta e’lon qamrovi) / (qatnashchilar soni) * 100. Ya’ni, 1 ta postning o‘rtacha hisobdagi ko‘rishlar soni kanaldagi odamlar soniga bo‘linadi va chiqqan natija 100 ga ko‘paytiriladi. ERR'ni hisoblashda oxirgi 30 kun ichidagi e’lonlar statistikasi inobatga olinadi. IQT.IND (Iqtiboslar indeksi) - bu Telegram-kanali nufuzi ko‘rsatkichidir. U kanal eslovlari hamda kanaldagi e’lonlarning boshqa Telegram kanallaridagi repost va eslovlari asosida hisoblanadi. 26 Kanal yoki guruhlardagi ma'lumotlarni birdaniga bitta urinishda o'chirish Ba'zida shunday vaziyatlar bo'ladiki, kanal yoki guruhlardagi hamma yozilgan narsalarni o'chirib yuborgingiz keladi yoki shunga majbur bo'lasiz! Kanal yoki guruhlarda esa yozishmalar juda ko'p! Ularni bittalab o'chirishga esa vaqt yo'q. Bunday vaziyatda esa sizga @delall_bot yordamga keladi. Ushbu bot orqali siz kanal yoki guruhingizdagi barcha ma'lumotlarni bitta urinishda osonlik bilan o'chirib yubora olasiz! Siz buning uchun ushbu botni kanalingizga yoki guruhingizga admin sifatida belgilashingiz kerak bo‘ladi. Undan so'ng ushbu kanal yoki guruhingizga /delall va /delfrom buyruqlarini ketma-ketlikda yuborasiz va botga qaytib,unga kanal yoki guruhingizni usernamesini yuborasiz.Shuning bilan bir zumda kanal yoki guruhingizdagi barcha ma'lumotlar o'chirib yuboriladi! 27 Telegramda mahsulotlarni qadoqlash Telegramda mahsulot bu - ma'lumotdir. Telegramda kanal yuritadiganlar uchun bu ma'lumot ayni muddao bo'ladi deb o'ylayman. Chunki, ko'pchilik adminlar bilishadiki, kanalidagi video yoki rasmlarni boshqalar copy qilib, o'z kanallariga manbasini ko'rsatmasdan joylaydilar. Bu narsa esa vaqtini va ko'z nurini sarflab,ma'lumot tayyorlagan odamga esa yoqmasligi aniq! Shuning uchun bugun sizlarga bunday vaziyatlarning oldini olish mumkin bo'lgan ba'zi bir usullardan birini aytmoqchiman! ➔ Video, gif va rasm ko'rinishidagi ma'lumotlarni qadoqlash uchun telegramda bir maxsus bot mavjud. Ushbu bot @wmarkbot dir. U orqali siz o'z ma'lumotlaringizni qadoqlashingiz va ozgina bo'lsa ham asabbuzarliklardan qutilishingiz mumkin! 28 Telegramda tezkor qidiruv funksiyasi haqida Telegramda siz o'zingizga kerakli bo'lgan kanallarni quyidagi kategoriyalar bo'yicha qidirib topishingiz mumkin: ➔ Yangiliklar va OAV; ➔ Siyosat; ➔ Biznes va Startaplar; ➔ Sayohatlar; ➔ Bloglar; ➔ Iqtisodiyot; ➔ Karyeya; ➔ Tilshunoslikva barcha kategoriya bo'yicha qidiruv funksiyalaridan foydalanishingiz munkin! Buning uchun sizga @SearcheeBot yordam beradi. Botga kiring va start tugmasi bosing. Uyog'ida botning o'zi sizga yo'l-yo'riq ko'rsatadi! 29 URL knopkali postlar tayyorlash URL knopkali postlar tayyorlashning bir necha usullari mavjud. Ulardan biri controller bot orqali bo'lsa ikkinchisi pads bot orqalidir! Men ko'pincha url knopkali postlarimni @controllerbot orqali tayyorlayman. Lekin ikkala botning ham o'ziga yarasha qulayliklari mavjud. Misol uchun @controllerbot orqali tayyorlagan postingizni kanalingizga chiqarishda unga vaqt belgilab qo'yishingiz va uni ma'lum bir vaqtdan keyin o'chib ketadigan qilib, belgilab qo'yishingiz mumkin! @Padsbot da esa sal boshqacharoq! Unda post tayyorlasangiz kanalga chiqarish uchun u sizga ma'lum bir raqamni beradi va o'sha raqamni copy qilib olib, xohlagan joyingizda post sifatida chiqarishingiz mumkin! Ammo @Padsbot ning o'zidan ma'lum bir postga vaqt belgilab qo'ya olmaysiz! Xullas, hamma narsaning ham ishlatiladigan joyi va o'z o'rni bor! 30 Postlarga reaksiya beruvchi tugmalar haqida Telegramda postlarga like👍 va dislike 👎 tugmalarini qo'yishning eng ma'qul varianti bu @like botdir! Controller botda qo'ysa ham bo'ladi, ammo controller bot orqali qo'yilgan like yoki dislike reaksiyalari nisbatan qotibroq ishlaydi! @like botda esa xali bunday vaziyatga duch kelganimcha yo'q! Shuning uchun aytishsa kerakda, "Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin" - deb. 31 Telegramning foydali xususiyatlari 2-bo’lim 32 Ingliz va rus tillarini Telegram orqali mustaqil ravishda o'rganing! Bugungi kunda xorijiy tillarni mustaqil ravishda o'rganish uchun manbalar yetarligina! Ularni hamma joydan topsa bo'ladi. Faqat uni o'rganish uchun odamda ozgina qunt bo'lsa bo'lgani! Bugun sizlarga aytmoqchimanki, til o'rganishga oid manbalar telegram da ham ko'plab uchraydi. Ammo ular orasida pichoqqa ilinadigani va saviyali kontent kam uchraydi (shaxsiy fikrim). Shuning uchun men hozir sizlarga o'zim sinab ko'rgan va siz uchun foydali bo'lgan manbalarni taqdim etmoqchiman. 1. Ingliz tilini o'rganish uchun: @enclubrobot 2.Rus tilini o'rganish uchun: @Rus_tiliii_bot Xullas, karantinda bekor o'tirgandan ko'ra, til o'rganib qo'ying, zarar qilmaydi. Mana bir kun meni aytdi deysiz! 33 Endi hammasi juda oson! (Ayniqsa, kanal adminlari uchun!) Tasavvur qiling, sizda kiril (yoki lotin) alifbosida yozilgan matn bor. Ammo sizga ushbu matnning lotin (yoki kiril) alifbosidagi varianti kerak! Ammo sizda ushbu matnni bir boshidan yozib chiqqani vaqt yo'q. Shunday vaziyatda sizga @bexatobot yordamga keladi! Ushbu bot yordamida siz xohlagan so'zingizni lotinchadan kirilchaga yoki aksincha, kirilchadan lotinchaga o'girishingiz mumkin! Siz ham sinab ko'ring! Albatta, sizga ham manzur keladi! Telegram orqali to'lovlarni amalga oshirish mumkinmi? Endi siz to'lovlarni telegram orqali onlayn amalga oshirish 34 imkoniyatiga egasiz! Buning uchun sizga clickuz to'lov tizimi yordam beradi. Ushbu tizimdan foydalanish uchun siz @clickuz botidan foydalanishingiz mumkin.Ushbu botdan foydalanish uchun siz botga o'zingizga tegishli bo'lgan plastik kartani ulashingiz lozim! Ushbu bot sizga bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Hisobni tekshirish; ✅ Mobil operatorlar uchun to'lovlarni amalga oshirish; ✅ Internet provayderlari uchun to'lov; ✅ Kommunal xizmatlar uchun to'lov; ✅ Soliq, ta'lim, sug'urta, taksi, internet, televideiniya, jarimalar va hokazolarga to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin! Fotosuratlaringizni neyron tarmoqlari va sun'iy aql yordamida o'zgartiring Gap nima haqida ketayotganini hali ham tushunmadingizmi? Unda gap bunday, PlayMarket’da rasmlarni tahrirlaydigan dasturlar juda ko'p. Ular 35 orasida Photo Glitch va Msqrd kabi dasturlar siz-u bizga juda yaxshi tanish. Ularda suratlaringizni tahrirlash ham sizga zavq bag'ishlaydi. Endi esa shunga o'xshash dasturlar jamlanmasidan Telegramda @vincibot orqali foydalanishingiz mumkin. Ushbu bot orqali siz suratlaringizni 25 xildan ortiq effektlar orqali tahrirlash imkoniyatiga ega bo'lasiz! Dasturlarni yuklaydigan bot haqida Ko'pchilik odamlar telefonida play market yoki App store ishlamay qolishidan shikoyat qilishadi.Ushbu vaziyatda ular ushbu marketlardan hech narsa yuklay olishmaydi. Zarur hollarda ko'plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shunday vaziyatda ular telegram orqali ham dasturlarni yuklab olish mumkinligini bilishmaydida! Siqilishga hojat yo'q! Endi hammasi juda oson va sizning birgina telegram profilingizda. Bunday 36 imkoniyatdan foydalanish uchun siz telegramda @apkdl_botdan foydalanishingiz mumkin. U orqali siz 50 Mb gacha bo‘lgan dasturlarni to'g'ridan-to'g'ri yuklashingiz yoki hajmi 50 Mbdan katta bo'lgan dasturlarni havolalar orqali saytlaridan yuklashingiz mumkin. Ucell xizmatlaridan endi Telegramda foydalaning! Siz o'z telefon raqamingizni tasdiqlash orqali, osonlik bilan: ➔ hisobingizni tekshirishingiz; ➔ xizmatlarni faollashtirib, bekor qilishingiz; ➔ internet-to'plamlarni ulab, o'chirishingiz; ➔ ta’rifingizni o'zgartirishingiz va boshqalarni amalga oshirishingiz mumkin! Buning uchun sizga @Ucell_bot yordam beradi! 37 Telegramda musiqa, video va giflarni tahrirlash Telegramda ham musiqa, video va giflarni tahrirlash (mantaj qilish) mumkinligini bilarmidingiz? Agar bilmasangiz bilib oling! Telegramda bir maxsus bot mavjud. Uning nomi @megatoolsbot. U orqali siz quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin: ✅ Musiqani ovozga, ovozni esa musiqaga aylantirish; ✅ Videoni gifga aylantirish; ✅ Videoni musiqaga aylantirish; ✅ Videoni video xabarga aylantirish; ✅ Video xabarni videoga aylantirish; Sizga ham foydasi tegadi degan umiddaman! Hech bo'lmaganda bir marta sinab ko'rishni tavsiya etaman! 38 Kanaldagi postlarga avtomatik imzo qo'yish Aniq ayta olamanki, Telegramda kanal yuritadigan adminlarning 70% ushbu funksiyadan foydalanishmaydi! Shu sabab ushbu postni yozib qoldiryabman! ☝ Kanalga avtomatik imzo qo'yish deganda, misol uchun @Farrux_Abrorkulov kanal imzosi (Bizning kanal: https://t.me/Farrux_Abrorkulov) degan so'zlar nazarda tutilmoqda! Bu so'z hamma kanalda har xil! Endi ushbu kanal imzosini har bir postning tagiga yozib o'tirishingizning hojati yo'q! Buning uchun sizga @MarkerRobot yordam beradi. Ushbu botni kanalingizga obuna qilasiz va ushbu botga kanalingiz imzosini yuborib qo'ysangiz, ushbu bot siz yuborgan so'zni har bir postingizning tagiga 39 avtomatik imzoni qo'yib boradi! Yana bir narsani unutmang ushbu botni kanalingizga admin qilganingizdan so'ng ushbu botga qaysi profilingiz orqali yozgan bo'lsangiz, ushbu profilingiz usernamesi kanal infosida bo'lishi shart! Siz ham ushbu funksiyadan foydalanib ko'rishingizni tavsiya etaman! Ichimlik suvi uchun to‘lovlarni Telegram orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi Endilikda ichimlik suvi va oqava suv uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda @uzst_bot orqali to‘lash mumkin! 40 Musiqa matnini topuvchi bot haqida Tasavvur qiling! Karaoke barga bordingiz. Biror o'zingizga yoqqan qo'shiqni xirgoya qilmoqchisiz! Ammo o'sha qo'shiq matnini to'liq bilmaysiz! Uni Google dan ham qidirib topa olmadingiz! Endi esa nima qilishga hayronsiz? Bunday vaziyatda sizga @iLyricsBot yordam beradi. Ushbu bot kiring va /start tugmasini bosing.Sizga kerakli bo'lgan qo'shiq nomini va qo'shiq ijrochisini yozing! Ana qarabsizki, ushbu bot sizga o'sha qo'shiq matnini topib beradi! Masala hal, bosh og'rig'iga esa hojat yo'q! 41 Audio fayllarni konvertlash (hajmini kichraytirish) haqida Ko'pgina kanal adminlari ushbu mavzu bilan bog‘liq muammolarga ko'p marotaba duch kelishgani aniq.O'z kanaliga biror audio formatdagi kontentni joylashmoqchi bo'lib turishgan bir vaziyatda, qarabsizki, audio kontent hajmi juda katta. Bu birinchidan mebabaytlarning ortiqcha sarfi va publikatsiya uchun ortiqcha vaqtni olishi anniq. Shunday vaziyatlarning oldini olish maqsadida @encoderbot ni sizlarga tanishtirmoqchiman.Ushbu bot orqali hajmi katta bo'lgan audio fayllarni hajmini kichraytirishingiz mumkin! ☝ Ushbu bot 200 Mb gacha bo‘lgan audio fayllarni kichraytirib bera oladi! 42 Eng yaxshi tarjimon bot haqida Sizlarga 20 dan ortiq tillarni bemalol tarjima qila oladigan @TranslateBot ni tavsiya etaman. U ikkita tizimda ishlaydi, ya’ni, Yandeks va Google tizimida. Qaysi tizimda ishlashini esa o'zingiz bemalol tanlab olishingiz mumkin. Shuningdek, uning yana bir qulayligi mavjud bo'lib,tushunmagan so'zingizni sizga talaffuzini ham taqdim etadi! Ogoh bo'ling! Ogohlik davr talabi Telegramda har xil masheynik kanal guruh yoki botlar ko'payib ketdi. Misol uchun shunday masheynik kanallarga Azamat Azizov, Temur Stavka va yana shunga o'xshash stavkalarni targ'ib qiladiganlar. Masheynik 43 guruhlarga misol qilib aytadigan bo'lsam 50 ta odam qo'shsang uncha beraman, 100 ta odam qo'shsang buncha beraman va hokazo guruhlar. Agar sizni ham kimdur shunday kanal yoki guruhga qo'shib qo'yishsa, hushyor bo'ling! Aldanib qolmang! Iloji bo'lsa o'sha kanal, guruh yoki botga spam berib chiqib keting! Agar siz aldanishga ulgurgan bo'lsangiz, @notoscam profiliga rus yoki ingliz tilida murojaat qiling! Bu telegram messenjerining rasmiy texnik bo'limlaridan biri. U shunga o'xshash masheynik kanal, guruh va botlarga SCAM belgisini berib, firibgarlikdan boshqalarni ogohlantiradi! Group joinbot haqida Ushbu @group_joinbot ni siz o'z guruhingizga admin sifatida belgilasangiz va botni o'z kanalingizga sozlasangiz, ushbu bot sizga kanalingizga a'zo bo'lmasdan turib, guruhingizga yoza olmaydigan qilib qo'yadi! Ko'pchilik katta 44 katta guruhlar ushbu botdan samarali foydalanishadi! Postlarga share knopkasini qo’yish Ko'pchilik so'rashadi, #share (do'stlarga yuborish) knopkasini qanday qo'ysa bo'ladi deb! Javob: Buning uchun padsbotdan yoki controller botdan foydalanib, url manzil qo'shish joyiga quyidagicha yozishingiz kerak bo‘ladi! Misol uchun: Controllerbotda share knopkasi quyidagi struktura bo’yicha yaratiladi: https://t.me/share/url?url=havola&text=matn 45 You Tube, Instagram, Facebook va yana shunga o'xshash ijtimoiy tarmoqlardan qanday qilib video yuklab olish mumkin? Ushbu ijtimoiy tarmoqlardan quyidagi botlar orqali videolarni yuklab olishingiz mumkin: 1. @SaveYoutubeBot, @nmr_YTbot @utubebot - bu botlar faqat You Tube ijtimoiy tarmog'idan videolarni yuklab beradi; 2. @izibot, @gozilla_bot - bu botlar esa barcha ijtimoiy tarmoqlardan videolarni yuklab beradi! 46 Har qanday post tagiga komment funksiyasini qo'shish Postlarga komment funksiyasini qo'shish uchun sizda ikkita yo'l mavjud: 1.Controllerbot orqati ishlaydigan shaxsiy botingizda ; 2. @CommentsBot dadir. Agar sizning shaxsiy botingiz bo'lmasa ikkinchi usul, ya'ni @commentsbot dan foydalanishingizni tavsiya etaman! 47 Telegramda rasm qidirib topishning oson usuli haqida Telegramda post yozdingiz va unga mos rasm topa olmayabsizmi? Yandeks va dan ham chiqmayabdimi? Unda sizning oldingizda yana bir yo'l mavjud! Siz telegramdan chiqmagan holda o'zingizga kerakli bo'lgan mavzudagi rasmni qidirib topishingiz mumkin! Buning uchun sizga @bing bot yordam beradi! Botga kiring va start tugmasi bosing! Undan so'ng @bing so'zini yozing va uning yonidan o'zingizga kerakli bo'lgan mavzudagi rasmning ingliz tilidagi biror talqinini kiriting va sizning ishchi oynangizda sizga kerakli bo'lgan rasmlar paydo bo'ladi! Shundan so'ng o'zingizga kerakli bo'lgan rasmni tanlang va yuklab oling! Sifatli rasmlar va tezkor qidiruv tizimi sizning xizmatingizda. Shuningdek, mutlaqo bepul! 48 Matnni ovozga aylantiruvchi bot haqida Matnni yoki biror so'zni bir necha xil ovozga aylantirishning iloji borligi yoki yo'qligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Endi esa o'ylab o'tirishga hojat yo'q! Buni sinab ko'rish kerak xolos! Buning uchun sizga @Maksobot va @aleksobot yordam beradi! Sizga ham kerak bo'lib qolar deb o'ylab,sizga ham ilindim! Ha aytgancha, yana bir gap bu botda 10 dan ortiq ovoz turlari bor! O'zingizga yoqqanidan bemalol foydalanishingiz mumkin! 49 Rasm ustiga text yozish Do'stlar bilan suhbatda gapingizga mos rasm ustiga xohlagan so'zlaringizni yozib javob qaytaring! O'zingiz hohlagan gif yoki surat ustiga so'zlarni yozib guruhga yoki suhbatdoshingizga yubormoqchi bo'lsangiz sizga @memingbot yordam beradi! Bu ham Telegramning yaxshi bir qiziqarli funksiyalaridan biri! Musiqa qidiruvchi bot haqida O'zingizga kerakli bo'lgan musiqani telegram messendjerida qidirishning bir necha xil usullari mavjud! Bugun sizga o'sha usullardan biri haqida aytib o'tmoqchiman. Bugungi postimizning asosiy qahramon boti bu @vkm_bot dir. Ushbu botga kiring va quyidagilarni amalga oshiring: 50 1) /start tugmasini bosing; 2) Sizning qarshingizda ikki xil yo'l mavjud: -/song komandasi -musiqa orqali qidirish; -/artist komandasi -musiqa ijrochisi ismi sharifi orqali qidirish; Ushbu komandalardan birini tanlagan holda ishni boshlang; 3) Tanlagan komandangizga bog'liq ravishda musiqa nomi yoki qo'shiqchi ismi sharifini kiriting; 4) Shundan so'ng qarshingizda ma'lum bir ro'yhat paydo bo'ladi va ular orasidan siz o'zingizga kerakli bo'lgan musiqani tanlab olishingiz mumkin! Ha aytgancha, yana bir gap bot rus tilida ishlaydi,xohlasangiz uni /setlang komandasi orqali boshqa tilga sozlab olishingiz mumkin! Chatlarda "gif" lar bilan suhbat quring 51 Biz yana giflar mavzusini davom ettirgan holda bugun sizlar bilan suhbatlarda giflar orqali javob qaytarish uchun oson bo'lgan Telegramdagi yana bir ficha haqida gaplashamiz! Xohlagan chatingizda @gif so'zini yozing va uning yonidan o'zingizga kerakli bo'lgan mavzuni kiriting va qarshingizda o'sha mavzuga aloqador bo'lgan bir qancha giflar paydo bo'ladi! Misol uchun: @gif *mavzuga aloqador so'z* Endi elektron pochtangizni telegram orqali boshqaring Hammasi juda oddiy,tez va qulay! Buning uchun siz quyidagilarni amalga oshiring: ➔ @Gmailbot -ga kiring va start tugmasi bosing; ➔ "Authorize me" -tugmasini bosing va avtoriyatsiyadan o'ting; Undan so'ng ushbu elektron pochtangiz (email address) ga kelgan xabarlarni bemalol o'qiy olasiz va 52 xabarlar yubora olasiz! Yangi xabar yubormoqchi bo'lsangiz quyidagilarni amalga oshiring: ➔ Chatga "new" komandasini yuboring; ➔ "subject" satriga -xabar mavzusini kiriting; ➔ "message" satriga -xabar matnini kiriting; ➔ "to:" satriga -xabar egasi manzilini (email address) kiriting; ➔ "send" tugmasini bosish orqali xabarni yuboring. Torrent bot haqida O'sha hammaga ma'lum va mashhur bo'lgan torrent saytlaridan Android va kompyuterlar uchun dasturlar va o'yinlarning to'liq versiyasini telegramda topib beradigan va sizga yuklab olish imkonini beruvchi bot mavjud bo'lib, bu bot @TorBoxBot dir. Botga kiring va start tugmasi bosish orqali bot imkoniyatlarini sinovdan o'tkazing! 53 Link orqali yuklash haqida 1-post. Sizda biror manbaga oid link bor, ammo uni qayerdan yuklash mumkinligini bilmayabsizmi? Google’ga yozsagiz bir dunyo narsa chiqarib beradi, ular orasidan esa qaysi birini yuklashga hayronsiz! Shunday vaziyatda sizga @uploadit_bot yordam beradi. 2-post. Ba'zi vaziyatlar bo'ladiki, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish davomida ajoyib videolar yoki fotosuratlarni ko'rib qolamiz. Ammo ularni o'sha joyning o'zidan yuklashni iloji bo'lmasligi mumkin. Shunday vaziyatda siz Telegramdagi link orqali yuklovchi @uploadbot dan foydalanishingiz mumkin! Ushbu bot orqali siz 500 mb gacha bo'lgan video va rasmlar,hamda fayllarni bir urinishda yuklab olish imkoniyatiga egasiz. Shuningdek, ushbu botdan foydalanish imkoniyati cheklangan, ya'ni, bir kunda siz 1 Gb gacha bo'lgan ma'lumotlarni yuklab olishingiz mumkin! 54 "Qo'ng'iroq qilish" tugmasi haqida Shu vaqtga qadar telegramdagi postlarning tagida turuvchi "qo'ng'iroq qilish" tugmasiga ko'zingiz tushganmi yoki uning qanday tayyorlanishi haqida bilar edingizmi? Bilmaganlar esa qanday qilib tayyorlash mumkinligini haqida bilib oling! Ushbu tugma kanal uchun yaratilgan maxsus bot orqali yoki postbot, shuningdek padsbot orqali yaratilishi mumkin! Yasash formulasi quyidagicha: Misol uchun quyidagi +998 90 123 45 67 raqam sizniki bo'lsa, uni post tagiga "qo'ng'iroq qilish" tugmasiga qo'ymoqchi bo'lsangiz, uni quyidagicha yozishingiz kerak bo'ladi: ➔ http://onmap.uz/tel/998901234567 55 Emojilar yordamida so'z yasaydigan bot haqida 😅😄😊 Shu kabi emojilar yordamida shakllardan katta so'zlar yasashni xohlaysizmi? Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, @ktxtbot ga kiring va start tugmasi bosib, unga xohlagan biror so'zingizni yuborish orqali ushbu botni sinovdan o'tkazing! "Shazam" imkoniyatlaridan Telegramda foydalaning! Odamlarimizning kundan kunga Telegramdan foydalanish darajasi ortib bormoqda.Shu bilan birga unda yaratilayotgan imkoniyatlarga ham talab kuchli! Odamlar telefonlarida foydalanayotgan dasturlardan iloji bo'lsa telegramda foydalanishni ma'qul ko'rishmoqda.Shu o'rimda men ham. Bunga asosiy sabab nimada, bilasizmi? 56 Asosiy sabablar quyidagicha: ➔ telefon xotirasida ortiqcha joy egallashi; ➔ ortiqcha MB larning sarf bo'lishi; ➔ ba'zi dasturlarning interfeysining sekin ishlashi yoki internet tezligi past bo'lgan joylarda ishlamasligi; Xullas, ushbu postda men sizlarga telegramdagi ana shunday foydali imkoniyatlardan biri haqida aytmoqchiman! Shubham yo'q-ki, ko'pchilik musiqalarni qidirishda telefonda "shazam" dasturidan foydalanishadi. Men esa sizlarga ushbu dastur imkoniyatidan telegramda foydalanishni tavsiya etsam, nima deysiz? Agar ushbu taklifim sizga yoqqan bo'lsa, @yamelodybot ga kirib hoziroq /start tugmasini bosing va ushbu xizmatdan foydalanib ko'ring! Ob-havo ma'lumotlari haqida Ba'zi kasblar borki ob-havoni bilmasdan turib ish qilishmaydi yoki qila olishmaydi? Bunday kasblarga fermer xo'jaliklari, dehqonlar,ishlab chiqarishning 57 ba'zi turlari, uchuvchilar va hokazolarni misol qilib keltirishimiz mumkin! Shu bilan birga oddiy xalq orasida ham ob-havoga qarab ish qiluvchilar kam emas! Xo'sh, shunday qilib ob-havo to'g'risidagi yangiliklar sizga ham qiziqmi? Ularni telegramdan chiqmagan holda bilishni istaysizmi? Unday bo'lsa, @Synoptykbot aynan siz uchun! Ushbu bot yordamida o'zingiz yashab turgan joydagi ob havo ma'lumotlari haqidagi eng so'ngi va eng ishonchli ma'lumotlarga ega bo'ling! Texnik qo’llab quvvatlash haqida Ko'pchilik do'stlarimiz yozishadi: "Aka nomerimga telegram ocholmayabman" yoki "nomerim bloklangan deyabdi" - nima qilsam bo'ladi deb so'rashadi! Bugungi postimda shunday vaziyatda qanday yo'l tutish kerakligi haqida aytmoqchiman: 58 Agar siz ham shunday vaziyatga tushib qolsangiz, elektron pochtangiz orqali recover@telegram.org e-mailiga xabar yo'llashingiz kerak bo'ladi. Xabar mazmuni quyidagicha bo'lishi mumkin: Hello, dear telegram team! I Eshmatov Toshmat Bolta o’g’li following +99891.234.56.78. I can't open a telegram to my phone number! I have tried to open it many times, but it says that your number is blocked. That's why I appealed to you. If possible, give me practical help! Thank you! Shuningdek, ushbu xabarni siz ikki tilda ya'ni, rus va ingliz tillaridan birida yozishingiz mumkin. Men shunchaki namuna sifatida ingliz tilida yozib ko'rsatdim! Telegram kanal analitikasi haqida Telegramda kanalingiz bormi? Uni tahlil qilmoqchimiz? Kanalingizdagi obunachilarning necha foiz qismi ayol yoki erkak,ularning qanchasi faol yoki nofaolligi sizga qiziqmi? Agar siz shu kabi 59 statistikma'lumotlarga qiziqsangiz, sizga @crosser_bot ni tavsiya qilaman! Sinab ko'ring, yoqmasa boshqa yo'li ham bor! U haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz! 😉 Tarjimonbot haqida Ba'zi tillardagi so'zlarni o'zbek tiliga tarjima qilishga qiynalyabsizmi? Agar u butun bir boshli matn bo'lsachi? Tarjimon bilan gaplashib, unga qildirmoqchi bo'lsangiz-u, ammo uning vaqti kam bo'lsa-yu yoki u tayyorlab bergunga qadar bir necha kun kutishga to'g'ri kelsachi? Qolaversa u tekin ham emasda! Nima qilishga hayronmisiz? O'ylanishga hojat yo'q! Endi buning yo'li juda ham oson! Qanday deysizmi? Bunday vaziyatda sizga @LugatBot ni tavsiya qilaman! Tez, oson va qulay! Yana bir yaxshi tomoni istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalaning! 60 Tarjimon bot haqida Ushbu bot @YTranslateBot bo'lib, 10 dan ortiq tillarni bemalol tarjima qila oladi. Ushbu tillarga misol qilib, fransuz, ingliz,nemis, italyan, ispan, rus, portugal, turk tillarini keltirishimiz mumkin. MIB boti haqida Siz Telegramdagi @mibuzbot orqali elektr toki, gaz va maishiy chiqindi yuzasidan hisob raqamingiz holatini tekshirishingiz va nazorat qilishingiz mumkin! OCR this bot haqida Ushbu bot sizga PDF, JPG yoki PNG fayllaringizni matnli shaklga (Word variantga) rus, ingliz, fransuz nemis, ispan kabi tillarda o'girib beradi! Sinab 61 ko'rishni tavsiya etaman. Mana OCR this bot manzili: ➔ @OCRthis_bot Share knopka yasash haqida @yuborbot bot ni kanalingizga admin qilgan holda avtomatik "Do'stlargayuborish" tugmasi niyasashingiz mumkin. Ushbu botni kanalingizga admin qiling va undan so'ng kanalingizga biror postni yozib ko'ring. Natijaga o'zingiz guvoh bo‘lasiz va qarabsizki, muammo hal! Telegramda o'yinlar o'ynash haqida " Iya aka qiziqmisiz, Telegramda ham o'yin o'ynab bo'ladimi?" - degan savollarni beradiganlar bormidi orangizda? 62 “Ha" albatta, Telegramda ham o'yin o'ynasa bo'ladi! Men sizlarga aytmaganmidim Telegramda hali siz bilmagan funksiyalar juda ko'p deb. Shuning uchun ham ushbu @Farrux_Abrorkulov telegram kanalini ochib, kerakli bilimlarni sizlarga ulashib bormoqdaman! Telegramda o'yin o'ynash uchun sizlarga @gamebot yordam beradi. Ushbu botga kirib /start tugmasini bosing va kelgan habarni biror chatga yuborish tugmasini bosing va qarshingizda 3 ta o'yin chiqadi. Ushbu o'yinlardan o'zingizga yoqqanini tanlab chatga yuboring va mazza qilib o'sha o'yinni zavq-u shavq bilan o'ynang! Ushbu bot Telegramning eng qiziqarli botlaridan biri bo'lib, rasmiy bot hisoblanadi! 63 Wikipediya ensiklopediyasidan inlayn foydalanish haqida Wikipediya bu dunyodagi eng katta onlayn ma'lumotlar bazasi, ensiklopediyasi desa ham bo'ladi. Undan Telegramda inlayn rejimda foydalanish uchun biror chatga @wiki + qidirilayotgan ma'lumot tili (uz, ru, eng va hokazo) + qidirilayotgan manba nomini kiriting. Namuna: @wiki uz Jizzax You Tubedagi videolarni Telegramda inlayn rejimida qidirish va Telegramning o'zida tomosha qilish haqida Buning uchun siz biror chatga @vid + qidirilayotgan video nomini kiritasiz! Misol uchun: @vid million konserti 64 Inlayn rejimida chiqqan videolardan birini tanlab chatga yuborasiz va shu yerning o'zida mazza qilib tomosha qilasiz! Nima deysiz, yaxshi bot ekan-mi? Colorizerbot(Deep AI) haqida Siz rangli ko'rishdagi fotosuratlaringizni rangsiz ko'rinishga o'tkazishni xohlaysizmi? Bu bot narsa ayniqsa tarixiy janrga mos fotosuratlar yaratmoqchi bo'lganlarga juda qo'l keladi! Keling meni ko'p gapirtirmasdan shundoq kirib, o'zingiz xohlagan fotosuratni botga yuboring va o'zingiz natijaga guvoh bo'ling! Botdan foydalanish uchun: ➔ @photocolorizerbot. 65 She’rlarni o'zida jamlagan bot haqida @Farrux_Abrorkulov telegram kanalida hamma "aqltosh" lar, "geniy" lar yig'ilishgan. Ular ko'proq texnologiya olamiga qiziqishadi. Ular kelajakda balki shu sohaning daholari bo'lib ketishar, balkim. Lekin ular orasida shundaylari borki, hamma sohani birdek olib borishga harakat qilishadi, o'qishadi, izlanishadi (menga o'xshab ). Shuning uchun bugun ularga bir botni tavsiya qilmoqchiman. Ushbu botda quyidagilar jamlangan: 👇 ✅ Xazil she'rlar ✅ Ota-ona haqida she'rlar ✅ Aralash mavzudagi she'rlar ✅ Sevgi-muhabbat haqida she'rlar va hokazo. Xullas, ushbu bot she'rlar haqida. Sherlarni mutoala qilishga qiziqadiganlar bo'lsa marhamat ➔ @sherlarbot Majburlash shart emas:)) 66 Change number funksiyasi haqida Yana bir Telegramda ko'pchilik bilmaydigan oddiy fichalardan biri bu Telegram profilni bir raqamdan ikkinchi raqamga o'tkazishdir! Bunda foydalanuvchining barcha kanallari, guruhlari va shaxsiy yozishmalari saqlanib qoladi. Faqat Telefon raqami o'zgaradi. Ushbu funksiyani sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, Telegram da “Settings” bo’limini tanlang hamda telefon raqamingiz ustiga bosing! Shundan so'ng ekraningizda “Change Number” degan yozuv chiqadi, o'shani ustiga bossangiz yangi raqam kiritish uchun yangi oyna hosil bo'ladi. Agar siz raqamingizni haqiqatdan ham o'rgartirmoqchi bo'lsangiz o'sha joyiga raqam kiriting va ushbu amalni tasdiqlang! Agar siz ushbu amallarni bajarib ishni tasdiqlagan bo'lsangiz qarabsizki, hamma narsa boz-boyagidek turgan-u, faqat raqam o'zgargan bo'ladi. 67 Onlayn rejimida rasm qidirish haqida Ushbu usulni amalga oshirish uchun biror chatga @pic so'zini yozing va bitta probel joy tashlab, undan so'ng o'zingizga kerakli bo'lgan rasm nomini kiriting! Namuna: @pic Uzbekistan Ha aytgancha, ushbu botni faqat inlayn rejimida emas, onlayn rejimida foydalansangiz ham bo'ladi! Livegram bot haqida Telegramda botlar ko'p. Ularning barchasining o'z vazifasi bor. Ular orasida @LivegramBot esa eng asosiylaridan biri. Umuman olganda ushbu bot Telegramda server vazifasini bajaradi. 68 Uning vazifasi Telegramda qayta aloqa uchun yaratilgan bot oraqali kanal adminini boshqa telegram foydalanuvchisi bilan anonym tarzda aloqa o'rnatishini ta'minlashdir. Agar siz haligacha o'z aloqa uchun bot yaratmagan bo'lsangiz, oldin @botfather yordamida o'z shaxsiy botingizni yarating va uni @livegrambotga ulang. Shundan so'ng ushbu botga boshqa profildan aloqa sifatini tekshirib ko'ring, ya'ni botga yuborilayotgan xabarlarning sizga yetib kelayotganiga ishonch hosil qiling. Ana undan keyin esa ushbu botdan foydalanish uchun uni kanalingiz infosida "Aloqa uchun" yoki "Murojaat uchun" kabi so'z birikmalarini qo'llab bot ucernamesini qoldiring. Shundan so'ng kanalingiz obunachilari ushbu bot orqali siz bilan bog'lanishadi. Shuningdek, shuni yodda tutishingiz lozimki, botga kelgan xabarlarga javob berish vaqtida aynan o'sha savol egasiga javob berish uchun "reply" qilib javob yozishni unutmang, bo'lmasa siz yo'llagan xabar savol beruvchi yoki murojaat etuvchiga yetib bormaydi. Qolaversa, botning yana bir foydali tomonlaridan biri shuki barcha xabarlar bir 69 joyda jamlanadi va eng asosiysi "spam" bo'lgan telegram foydalanuvchisi ham bemalol xabar yo'llay oladi! BotFather haqida @BotFather bu Telegram messendjerida bot yaratish uchun xizmat qiladigan ota botdir. Telegramda har qanday bot ushbu BotFather yordamida yaratiladi va botning nima maqsadida yaratilganiga qarab, biror "service" ga ulanadi, ya'ni, qayta aloqa uchun bo'lsa @livegrambot ga, postbot uchun bo'lsa @controllerbot ga va hokazolar bo'lishi mumkin. Misol uchun siz BotFather da yangi bot yaratmoqchisiz bu uchun quyidagi amallarni bajarishingiz lozim: ✅ BotFather ga kirib /start tugmasini bosing; ✅ Undan /newbot buyrug'i tanlang; 70 ✅ Undan so'ng botga yangi ochayotgan botingizning nomini kiriting; ✅ Undan so'ng botga yangi ochayotgan botingizning ucername ni kiriting; ✅ Agar barchasini to'g'ri bajargan bo'lsangiz sizning yangi botingiz tayyor, shuningdek, ucername yaratyotganingizda siz band bo'lgan ucername ni tanlagan bo'lsangiz, "ошибка" berishi mumkin! Shuning uchun sizga ucername tanlayotganingizda qisqa va noodatiy nom tanlashingizni maslahat beraman. Shu bilan birga BotFather ning ko'plab funksiyalari mavjud bo'lib, ular quyidagilar: ✔ Botning tokenini bilish va olish; ✔ Bot nomini o'zgartirish; ✔ Botga rasm joylashtirish; ✔ Botning infosini tahrirlash; ✔ Botni o'chirib yuborish; ✔ Botga buyruqlar yozish va ularni tahrirlash va hokazolar. 71 Inlayn rejimlarida ishlovchi sticker bot haqida Ushbu botdan inlayn rejimida foydalanish uchun chatga @sticker so'zini yozing va undan so'ng o'zingizga kerakli bo'lgan mavzuga oid emojilardan birini chatga kiriting! Endi kinoteatr sizning telegramingizda! Onilne kino ko'rmoqchimisiz, unda bu bot aynan siz uchun ➔ @brokinobot. 72 Discussbot haqida Ushbu bot Telegramning rasmiy boti bo'lib, uni o'z kanalingizga admin qilsangiz, barcha postlaringizning tagiga kommentariya funksiyasini qo'yib beradi! Sinab ko'ring, foydali bot! Mana bot manzili: ➔ @discussbot. Jahon klassikasining eng sara namunalari jamlangan bot haqida Eng mashhur simfoniyalar, Shopen, Bah, Bethovendan tortib Motsart gacha barchasi ➔ @music botda jamlangan! Har zamonda miyani dam oldirib turish zarar qilmaydi:)) 73 Controller bot haqida Kanalimizda shaxsiy bot orqali postlar tayyorlash bo'yicha bir necha bor yozib o'tgandim. Bugun esa o'sha postlarni qanday qilib yaratganim va u bilan bog‘liq amallarni qanday bajarganim haqida aytmoqchiman. Unda boshladik! Hamma ishni shu vaqtga qadar controller bot orqali ishlaydigan shaxsiy botimda bajarganman! Bu yerda controller botning nima vazifasi bor deysizmi? U ham xuddi @livegrambot qayta aloqa uchun server vazifasini bajarganidek, bu @controllerbot ham postbot uchun server vazifasini bajaradi desa ham bo'ladi. Ushbu @Controllerbot dan foydalanish uchun oldin ham aytib o'tganimdek, @BotFather orqali yangi bot yaratasiz. Ushbu yangi botni ishga tushirish uchun uni @Controllerbot ga ulashingiz kerak bo'ladi. Buning uchun siz yangi ochilgan botning tokenini #copy qilib, controllerbotga kirib /start tugmasini 74 bosing. Undan so'ng botda o'zingizga mos bo'lgan tillardan birini tanlang. Undan so'ng botga /newpost buyrug'i yuboring. Shu yerda sizga o'z botingizni qo'shishingiz kerakligini eslatishadi va /add tugmasini bosing deydi. Siz chatga /add buyrug'ini yuborib, undan so'ng boya copy qilgan tokenni chatga yuboring! Shundan so'ng yangi ochgan botingizni o'z kanalingizga admin qiling! Mana hammasi tayyor! Ana endisiz Controllerbot orqali ishlaydigan shaxsiy botingizda yangi postlar yarata olasiz. Shuningdek, ushbu postlar bilan bog'liq bo'lgan funksiyalarni ham ishlata olasiz. Misol uchun postga reaksiyalar qo'shishingiz, kommentariya funksiyasini qo'shishingiz, url knopka qo'shishingiz, mantn ostiga rasmni bog'lashingiz va hokazolar qilishingiz mumkin! Ushbu funksiyalarning ishlashini barchasini Controllerbot boshqarib turadi. Shuning uchun hamma narsa u bilan ham chambarchas bog'liq! 75 FleepBot haqida Telegramda postlar bilan ishlaydigan yana bir yangi bot yaratildi. Uning nomi @FleepBot dir. Ko'pchilikning aytishlariga qaraganda @controllerbot dan yaxshiroq emish. Juda ko'pchilik maqtovlaridan so'ng uni ham sinovdan o'tkazib ko'rdim. To'grisi menga unchalik yoqmadi. Yana nima emish pullik ekan! Menga yoqqan bitta funksiyasi "Do'stlarga ulashish" tugmasining borligi,yoqmagan bitta funksiyasi esa kommentariya funksiyasini yo'qligidir! Xullas, sinab ko'ring uyog'i bir gap bo'lar:)) 76 Banklar haqida ma'lumot beuvchi bot haqida Yarim tun. Begona shahardasiz. Sizga to'satdan naqt pul kerak bo'lib qoldi. Mehmonxonaga yaqin bankomat qayerda joylashganligini bilmaysiz ham! Birovdan so'rashga esa tortinyabsizmi? Bunday vaziyatda sizga Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan @uz_avtovash_bot yordam beradi. Ushbu bot orqali siz o'zingizga yaqin bo'lgan hududlardagi bankomatlarning xaritada joylashuv xududini va oraliq masofalarini aniqlay olasiz! Bu esa sizga xohlagan vaqtingizda va xohlagan joyingizda bank xizmatlaridan oqilona foydalanishingizni ta'minlaydi. ✅ Xullas, yaxshi va foydali bot ekan sinovdan o'tdi! 77 Uchtasi birda avtomatik bot haqida Telegramga yana bir yangi bot qo'shildi. Uning nomi @ReactBot dir. Vazifasi esa like, dislike va komment funksiyalarini avtomatik ravishda osonlik bilan qo'yish/o'chirish dir. Ushbu botdan foydalanish uchun uni kanalingizga admin qiling va kanalingizga biror postni yozib ko'ring. Natijada bu bot avtomatik tarzda reaksiya beruvchi like,dislike va komment funksiyasini qo'yadi. Agar siz postingizga ushbu funksiyani qo'yishni xohlamasangiz, kanalingizga post joylaganingizda @ReactBot ga xabar kelgan bo'ladi,u yerda reaksiya qo'yilgani haqida xabar berilgandagi sozlamalardan like, dislike yoki komment tugmalarini o'chirib qo'yishingiz mumkin! 78 Sticker yasashning oson usuli haqida @BuildStickerBot ga kirib /start tugmasini bosing va stickerga aylantirmoqchi bo'lgan rasmingizni botga yuboring! ✅ Qarabsizki, sticker tayyor! Animatsion stikerlarni videoga aylantirish haqida Endi siz xohlagan animatsion stikerlaringizni videoga aylantira olasiz. Buning uchun sizga @asticker2vid_bot yordam beradi. Ushbu botga kirib va start tugmasi bosing va botga xohlagan animatsion stikeringizni yuboring. Bot esa sizga uni video ko'rinishida qaytarib yuboradi. 79 Rus tilidagi audio kitoblarni eshitishni yoqtiradiganlar uchun ajoyib bot Agar siz 🇺 rus tilidagi audio kitoblarni eshitishni yoqtirsangiz sizga @aud_books_bot ni tavsiya qilaman! ✅ Sinovdan o'tdi, shaxsan menga ma'qul keldi! Sinab ko'rishni tavsiya etaman! Map (xarita) endi Telegramda Yana bir ajoyib yangiliklardan biri bu endi siz xohlagan joyingizni telegramdan chiqmagan holda xaritada joylashuv xududini aniqlay olasiz! 80 Ishonmayabsizmi unda @Openmap_bot ga kirib, /start tugmasini bosing va xohlagan joy nomini kiriting. Misol uchun: Toshkent! 81 Matematik bot haqida ✖ Ko'paytirish, ➗bo'lish,➕qo'shish va ➖ayirish kabi amallar joningizga tegdimi? Shu desangiz matematikani jini suymaydigan, ikki karra ikki nechi deb so'rasangiz, besh deya javob qaytaradiganlar mana sizning ham davringiz keldi chog'i? Shunday zamonda kalkulyator turganida boshni og'ritishga ne hojat deyayotgandursiz ham! Eng qiyin misollarni ham tez, oson va to'g'ri yechishni xohlaysizmi? - Ichingizda «ha, yaxshi bo'lar edi» deyayotganingiz aniq! Unday bo'sa @MaclBot dan foydalanib ko'ring! Siz uchun qaynoqqina taklif menimcha! Botga kirib /start tugmasini bosing va xohlagan turdagi misolingizni yozib botga yuboring. Bot esa ushbu misolning javobini sizga uzog'i bilan 10 soniyada qaytaradi. 82 Ijtimoiy tarmoqlarda sizga kerakli bo'lgan username band yoki band emasligini aniqlashning oson usuli haqida Esingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval Telegramda kanallar, botlar va guruhlar uchun band bo'lgan «username»ni olish bo'yicha tavsiyalarimni bergan edim. O'sha post esingizda bo'lsa, band bo'lgan usernameni olish uchun sizning boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham xuddi shunday usernamega ega bo'lgan profillaringiz bo'lishi kerak edi. O'sha vaqtlari siz Telegramdan boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sizga kerakli bo'lgan username band yoki band emasligini faqatgina o'sha ijtimoiy tarmoqlarga kirib, qidirib ko'rgan holda bilib olar edingiz. Endi esa men hozir sizlarga o'rgatadigan usul orqali siz Telegramdan chiqmagan holda sizga kerakli bo'lgan «username» 83 boshqa ijtimoiy tarmoqlarda band yoki band emasligini bilib olasiz! 84 Buning uchun sizga @Checknicknamebot yordam beradi. Ushbu botga kirib, /start tugmasini bosing va o'zingizga ma'qul kelgan tillardan birini tanlab olasiz. Ushbu bot ikki tilda ishlaydi, ya'ni, rus va ingliz tillarida. Shundan so'ng siz botdagi menu orqali unga «Check my username» buyrug'ini yuboring. Undan so'ng ushbu bot sizga quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda siz qidirayotgan username band yoki band emas ekanligini aniqlab beradi. Ushbu ro'yhat quyidagicha: ➔ Instagram; ➔ Twitter; ➔ Vkontakte; ➔ Facebook; ➔ Github; ➔ Tiktok; ➔ Telegram. 85 Suhbat ma'muriyati (guruh) uchun foydali botlar haqida ➔ @daysandbox_bot - oddiy, ammo samarali anti-spam bot. 24 soat oldin suhbat xonasiga qo'shilgan foydalanuvchilar tomonidan yozilgan havolalar va yo'naltirilgan xabarlarni olib tashlaydi; ➔ @watchdog_robot -qora ro'yxatdagi turdagi xabarlarni olib tashlash uchun belgilang: stiker, fayl qo'shimchasi, foto, video va boshqalar. Shuningdek, u boshqa botlarni taqiqlashi mumkin! ➔ @noarab_bot -chatdagi arab va persian spamlarini olib tashlash uchun botni bosing; ➔ @lang_blocker_bot - keraksiz tillarda yozilgan xabarlarni o'chirish uchun belgini bosing; ➔ @grep_robot - qora ro'yxatdagi so'zlarni o'z ichiga olgan xabarlarni olib tashlash uchun belgini bosing; 86 ➔ @nosticker_bot - chatroom-dagi barcha stikerlarni o'chirib qo'yish uchun botni bosing; ➔ @orgrobot - chat yangi foydalanuvchilarga chat ma'murlari tomonidan sozlanishi mumkin bo'lgan bir nechta savollarga javob bergandan so'ng yozish imkoniyatini beradi! ➔ @freqrobot - foydalanuvchilarning chatga yozishlari mumkin bo'lgan xabarlari sonini cheklash uchun ushbu tugmani bosing; ➔ @wikirobot - belgilangan vaqtda suhbatlashish uchun matnni joylashtirish uchun pastga bosing; ➔ @nohello_robot - suhbat xonasidan salom xabarlarini olib tashlash uchun belgini bosing; ➔ @hushrobot - suhbatni o'chirish /yoqish uchun tugmani bosing; ➔ @tagchannelbot - belgilangan teglar bilan belgilangan xabarlarni chatdan kanalga yo'naltirish uchun pastga suring; 87 ➔ @nopigrobot - noto'g'ri so'zlarni suhbatdan olib tashlash uchun belgini bosing; ➔ @nochinabot - bot to remove CJK (Chinese, Japanese, Korean) spam from chat ➔ @joinhider_bot - foydalanuvchiga qo'shilgan yoki chat xonasida qolganlar haqidagi xabarlarni o'chirish uchun belgini bosing! Telefonlarning texnik qobiliyatlari haqida ma'lumot beruvchi bot haqida Hozirgi kunda telefonlarning yuzdan ortiq turlari mavjud. Ularning barchasining texnik qobiliyatlarini eslab qolish esa biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Biror markadagi telefonni xarid qilishdan oldin uning narxiga emas texnik qobiliyatiga e'tibor qaratasiz,to'g'rimi? Men shunday qilaman :)) 88 Shunday ekan telefonlarning texnik qobiliyatlari haqida bilishni istasangiz doim Google dan yoki Yandeks dan qidira boshlaysiz. Endi esa men hozir aytadigan usul orqali siz Telegramdan chiqmagan holda xohlagan turdagi telefonlarning texnik jihatlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Buning uchun sizga @SmartphoneDbot yordam beradi. Ushbu botga kirib, /start tugmasini bosing va chiqqan /menu dan «search» ya'ni, «qidirish» buyrug'ini tanlang. Sizning chat yozishmalar panelingizda @SmartphoneDbot degan yozuv chiqadi. Ushbu yozuv yonidan bitta probel joy tashlagan holda o'zingiz qidirayotgan telefon markasini kiriting va sizning ekraningizda inlayn rejimida telefon markalari haqida ma'lumotlar taqdim etiladi. 89 Facebookdan video yuklash haqida Ijtimoiy tarmoqlar orasida eng ko'p foydalanuvchiga ega bo'lgan Facebookdan deyarli har 10 ta odamning 2 tasi foydalanadi. Shunday ekan ushbu ijtimoiy tarmoqni kuzatib borish davomida siz turli xildagi qiziqarli va kerakli bo'lgan videolarga ham duch kelasiz. Ba'zida esa sizda o'sha videolardan birortasini yuklab olish zarurati paydo bo'lishi mumkin. Shunday vaziyatda siz videoni Facebookning o'zidan yuklab olmoqchi bo'lasiz-u,lekin buning iloji bo'lmaydi. Shunday vaziyatda sizga @facedlldownloaderbot yordam beradi. Botga kirib, /start tugmasini bosing va unda yuklab olmoqchi bo'lgan Facebookdagi videoning linkini yuborasiz. Bot esa videoni yuklab berishdan oldin @pro_kj kanaliga obuna bo'lishingizni so'raydi. Siz ushbu kanalga obuna bo'lganingizdan keyin bot sizga siz yuborgan linkdagi videoni yuklab beradi. 90 Sticker yasashni o'rganamiz Keling do'stlar bugun sizlar bilan qanday qilib sticker yasash mumkinligini ko'rib chiqamiz. Bugun men sizlarga sticker yasashning o'zim bilgan ikki usulini o'rgataman. Balki bundan boshqa yana ko'plab usullari mavjuddir.Lekin unisi hozircha menga qorong'u. Xop unda boshladik: 1-usul. Telegramdagi @stickers bot yordamida. ☑ botga kiring va /start tugmasini bosing; ☑ chiqqan menudan /newpack tugmasini topib ustiga bosing; ☑ so'ng chatga o'zingiz yaratmoqchi bo'lgan sticker nomini kiriting; ☑ shundan so'ng chatga yaratmoqchi bo'lgan stickeringizning jpg. emas png. shaklidagi fayl variantini yuboring; 91 Unutmang yuborilayotgan fayldagi rasm hajmi 512/512 hajmda bo'lishi lozim bo'lmasa bot uni qabul qilmaydi. Agar siz hammasini to'g'ri bajargan bo'lsangiz bot sizga tayyor ko'rinishdagi sticker ni yuboradi! Bu usul asosan kompyuterda ishlab, sticker yasamoqchi bo'lganlar uchun qulay! Ammo buni telefon orqali bajarishingiz biroz noqulaylik tug'diradi. 2-usul. Telegramdagi @fstikbot orqali. ☑ Botga kiring va /start tugmasini bosing ; ☑ chiqqan menudan /new komandasini tanlang; ☑ chatga sticker nomini yuboring; ☑ chatga sticker manzilini kiriting; ☑ shundan so'ng chatga yaratmoqchi bo'lgan stickeringizni rasmini yuboring va qarabsizki sticker tayyor! 92 Agar siz stickerni telefonda yaratmoqchi bo'lsangiz 2-usulni tavsiya etaman. Chunki u oson va qulay! Fayl nomini o'zgartiruvchi bot haqida Telegramda ba'zi nomini o'zgartirib bo'lmaydigan fayllar bor. Lekin bizda @Farrux_Abrorkulov kanali jamoasida "iloji yo'q narsani o'zi yo'q" - degan ibora ham bor! Shunday qilib hamma narsaning iloji bor, faqat ozroq boshni qotirish kerak. Bizda esa ba'zi odamlar boshini qotirishni istashmay, osongina "bo'lmadi" yoki "iloji yo'q ekan" deya, masalani yopishga harakat qilishadi. Go'yoki, undan qutilishmoqchi bo'lishadi! Mening maslahatim muammolardan qochib emas, o'sha muammoni yechib qutiling! O'shanda hamma ishingiz besh bo'ladi! 93 Xullas, mavzudan chetlashmagan holda, bugungi mavzumizning asosiy qahramon botini sizlarga tanishtirsam. Bu bot @renamebot dir. Uning vazifasi fayllar nomini o'zgartirib berishdir. Sinab ko'rish uchun unga biror faylni yuboring. Undan so'ng faylga yangi nomni yuboring. Shundan so'ng bot sizga fayl nomini yangicha nomga tahrirlab, sizga yuboradi! Telegramda Spam haqida Ko'pchilik biladi-ki, Teelegram foydalanuvchilarining eng katta muammolaridan biri bu "spam" dir. Shu o'rinda odamda bir savol tug'iladi: "SPAM" nima o'zi? Uning qanday oqibatlari mavjud? 94 "SPAM" bu Telegram foydalanuvchilariga qo'yiladigan taqiq turlaridan biri bo'lib, u quyidagi asosiy holatlarda vujudga kelishi mumkin: ✅ Telegram kanallarida odam qo'shish; ✅ Telegram guruhlariga odam qo'shish; ✅ Telegram kontaktingizda bo'lmagan va oldin muloqot qilmagan begona insonga xabar yozish; ✅ Telegram guruhlarida reklama tashlash; ✅ Telegram guruhlariga pornagrafik deb topilgan narsalar tashlash; ✅ Telegram guruhlaridan boshqa guruglarga odam o'girlash va shunga o'xshash yana bir qancha sabablari mavjud! Shuningdek,ko'pchilik bilishmaydi-ki, ya'ni, nima uchun "spam" bo'lishganini va menga yozishadi "aka men hech qanday ish qilmasam ham spam bo'lib qolibman yoki spamdan chiqingning yo'li bormi?" - deb so'rashadi. Ushbu savollarga shu yerda javob bermoqchiman. 95 Spamdan qochib qutilishning, ya'ni, chiqishning bir yo'li mavjud bo'lib u ham bo'lsa Telegramning o'zidan amalga oshiriladi. Bundan boshqa hech qanday yo'li yo'q! Ko'pchilik aytishadi "mana shu ishni qilsangiz sizga spamdan chiqishni o'rgataman" yoki "shuncha bersangiz "profilingizni spamdan chiqarib beraman"- deb, ularga ishonman,ular g'irt firibgarlar. Ular sizni aldab pulingizni olishlari yoki biror ishni qilishga undashlari mumkin. Lekin siz ularga quloq ham solib o'tirmang.Chunki oxiri yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Sababi Telegramda shunday firibgarlar borki, ular sizning "yetti uxlab tushingizga ham kirmagan" narsalarni bilishadi va qila iladiganlari ham mavjud. Shuning uchun ehtiyotkorlik hech qachon zarar qilmaydi.Shu o'rinda sizga ehtiyotkorlik borasida oldin ham eslatib o'tgan postlarim bilan tanishib chiqishni maslahat beraman,iloji bo'lsa ikki bosqichli himoyadan foydalangan ma'qul. Hech qurmaganda zarar qilmaydi! 96 Ha aytgancha, siz "SPAM" bo'lganingizni yoki bo'lmaganligingizni quyidagi bot orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin: @spambot Crosser bot yordamida kanalni faol bo'lmagan obunachilardan tozalash haqida Kanaldagi auditoriyaning statistik ma'lumotlarini ko'rish va ular bilan bog'liq amallarni amalga oshirish uchun bu bot juda qulay hisoblanadi. Telegram kanal adminlari bu botdan asosan kanaldagi faol bo'lmagan obunachilarni tozalash maqsadida foydalanishadi. Statistik ma'lumotlari @deadkillerbot niki bilan bir xil desa ham bo'ladi. Endi asosiy maqsadga o'tsak, ushbu botdan foydalanish uchun botni kanalingizga admin sifatida kiritasiz,va ushbu botga /start tugmasini bosib, bot 97 degan bolimini tanlaysiz. O'sha bo'limga o'zingizni Controller bot orqali ishlaydigan postbotingizni ulaysiz. Undan keyin esa botga qaytib «Аудитория» bo'limini tanlaysiz. Sizning qarshingizda siz ulagan kanalning ucernamesi chiqadi. Sizda hozircha bitta bo'lishi mumkin chunki, siz botdan birinchi marta va bitta kanal uchun foydalanmoqdasiz. Ba'zi adminlarda bu ko'rsatgich ko'proq bo'lishi mumkin. Shu yerdan o'zingizga kerakli bo'lgan kanal ucernamesi ustiga bosasiz va undan keyin qarshingizda ushbu kanal statistikasi paydo bo'ladi. Ushbu statistik ma'lumotlar bilan tanishib chiqganingizdan keyin,ushbu postning eng paysida qoldirilgan knopkalarga e'tibor qarating: «Очистка», «Похожие», «Guard», «Онлайн», «Актуализороват», «Опубликовать» kabi so'zlar chiqadi,agar sizning menuyingiz rus tilida bo'lsa. Agar boshqa tilda bo'lsa o'zingizga mos tillardan biriga sozlab olishni maslahat beraman. Ushbu tugmalar orasidan bizga eng keraklisi «Очистка» tugmasi bo'lib, uning ustiga bosamiz. 98 Undan keyin qarshingizda «Неактуалные», «Виборка», «Назад» tugmalari chiqadi. Ular orasidan «Неактуалные» tugmasini bosasiz va qarshingizda «Всех» va 10%,20%,30%,40%,50%,60%,70%,80%,90% degan tugmalar chiqadi. Bu tugmalarning vazifasi kanaldagi faol bo'lmagan obunachilarni 10% dan tortib 100% gacha qismini tozalab beradi. Ushbu tugmalardan qaysi birini tanlash o'zingizga havola,lekin men har doim bittada «Всех» tugmasini tanlab hammasini o'chirib yuborishni afzal ko'raman. Mana ushbu botning manzili: @crosser_bot Google endi telegramda Dunyodagi eng katta qidiruv tizimlaridan biri bu shubhasiz Google. Uning tashkil topganida 24 yil bo'ldi. U 101 dan ortiq tillarda faoliyat yuritadi. 99 Agar siz ushbu tizimdan Telegramda foydalanishni hohlasangiz buning yo'li juda oson. Buning uchun sizga @GoogleDEBot yordam beradi! Telegramning ma'lumotlar ba'zasi haqida! (tgDB) Telegramning ma'lumotlar ba'zasi ingliz tilida Telegram Database deb nomlanadi. Ushbu servis orqali siz unga biror so'zni kiritish orqali telegramda ushbu so'z bilan boshlanadigan yoki ushbu so'zga qo'shimcha so'zlar qo'shilgan holda yaratilgan usernamelarda mavjud bo'lgan kanallar va guruhlar Telegram ba'zasida nechta ekanligini aniqlashga yordam beradi. Bu servis esa bizga yangi kanal yoki guruh ochayotganimizda osongina qidirish imkoniyatini yaratib beradi! Ushbu servisdan men o'zim juda ko'p marotaba foydalanaman va uni sizga 100 ham tavsiya etaman. Ushbu servisdan Telegramning o'zidan bot yordamida foydalanasiz. Mana o'sha botga havola: @tgDBbot Telegramda «Pm» so'zi qanday ma'noni anglatadi? «Pm» so'zi telegram kanal adminlari tomonida eng ko'p ishlatiladigan so'zlardan biri hisoblaib,ular ushbu so'zni asosan quyidagicha talqin qilishadi: «Ushbu kanal admini kanaliga "Pm" urgan ekan!». Ushbu gap qanday ma'noni anglatadi? Gapning mazmuni shundan iboratki,kanal admini tomonidan kanaldagi postlarga sohta ko'rishlar soni qo'shilgan deyilmoqda. «Iya hali shunaqa qilish ham mumkinmi?» deyayotgandursiz. Afsuski ha, shunday qilish ham mumkin! 101 «Unday bo'lsa bu ishni ular qanday qilishadi?» ham dersiz. Telegramda shunday botlar borki, ular orqali siz o'z kanalingizdagi ko'rishlar sonini, layklar sonini va eng asosiysi obunachilar sonini ham oshirishingiz mumkin. Shu yerda sizda yana bir savol tug'iladi: "Ularga bunday soxtalikdan nima foyda?" . Gap shundaki, ular o'z kanalidagi obunachilar va ko'rishlar sonini ko'paytirgan holda kanalda «reklama» berish orqali daromad qilishmoqchi bo'lishadi, ya'ni, ularning asosiy maqsadi «pul ishlash» bundan boshqa hech qanday sabab yo'q! Shuning uchun o'z kanalingizni boshqa kanallarda "pulga" reklama berishda juda ehtiyoy bo'ling! 102 © Muallif bilan bog’lanish : Ijtimoiy tarmoqlarda: ➔ telegram: @Farrux_Abrorkulov ➔ instagram.com/bek_aliboyevich ➔ facebook.com/farruxbek.abrorqulov ➔ twitter.com/bek_aliboyevich ➔ vk.com/bek_aliboyevich ➔ about.me/bek_aliboyevich ➔ linkedin.com/in/farrux-abrorkulov-472957185 E’tiboringiz uchun rahmat! 103 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling