Men konsepsiyasi
«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho
Download 306.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Men konsepsiyasi
3.«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho
«Men» siymosining asosiy tarkibiy qismi o‘zini baholashdir.U. Djeymsning original formulasi bo'yicha uni hisoblash ham mumkin: U vaqt o‘tishi bilan va vaziyatlarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.U o‘ziga xos differensial o‘lchovlarga ega, ya’ni o‘ziga baho quyidagi o‘lchovlarga ega bo‘ladi: yuqori, adekvat va past. Bundan tashqari qo‘shimcha ravishda adekvat past, adekvat yuqori, noadekvat past va noadekvat yuqori ham bolishi mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baholar ostida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorzatsiyalanib o‘ziga munosabatga aylanadi. Bu esa ma’lum intellektual rivojlanish darajasi bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi (oligofren bolalarda mazmuniy umumlashtirish bo‘lmagani uchun ular barqaror o‘z-o‘zini anglashga ega bo‘lmaydilar). «Men» obrazi asosida har bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadiki, bu tizim obrazga mos tarzda turli xil bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zini baholash borasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi kategoriyalarni (masalan, 14, 17 yoshdagi o'quvchilar va 30 yoshdagi kattalarni) beshta parametr: jismoniy sifatlar, shaxsiy muvaffaqiyatlar, intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va mas’uliyat hissiga nisbatan o‘ziga baho berishini taqqoslash so‘ralganda, ularning yoshi o‘tgan sayin individual variatsiyalari ortganligi kuzatilgan. Bolalikda o‘zini hamma sifatlar bo‘yicha bir xil baholash xos bo’lsa, katta yoshdagi respodentlar o‘zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq anglaganligi aniqlangan. Bu esa ularning shaxsiy tajribasi ortganligi bilan bogiiq, bu o‘z navbatida shaxsning kognitiv jihatlari ortishining natijasidir, ya’ni shaxs ulg'aygan sayin unda o‘z «Men»ining turli tomonlarini baholash qobiliyati kengayib boradi. Faoliyatning muvaffaqiyati uchun odam o'zining real imkoniyatlarini yuqoriroq baholashi darkor, shu orqali u o‘z-o‘zini motivlashtiradi. Obyektiv imkoniyatlariga nisbatan o‘z-o‘zini past baholash depressivlik, shaxsning nevrozga moyilligidan darak beradi. Salbiy «Men» konsepsiyasi odamning faoliyat va muloqot doirasini chetlovchi psixologik himoya mexanizmlarining ko'payishiga olib keladi. O’zini qabul qilish shaxsning o‘zini faollashtiruvchi asosdir. Download 306.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling