ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi- ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni, shakli, usullari, vositalari va nazorati majmuasi.
ijtimoiy pedagog refleksiyasi-har bir bosqichda o’z faoliyatini tahlil qilish, uning salbiy va ijobiy tomonlarini aniqlash, olingan natijalarni bola shaxsiyatiga ta’sirini o’rganish.
ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya-bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o’zgarishi va unda og’uvchi xulq-atvorning paydo bo’lishi bilan bog’liq bolaning ijtimoiy aloqalarni yo’qotishini tiklashga qaratilgan choralar tizimi.
ijtimoiy pedagogik profilaktika-bolada turli faollik turlarining namoyon bo’lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlar tizimi.
ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o’z-o’zini amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
ijtimoiy pedagogik faoliyat texnalogiyasi-ratsional va maqsadga qaratilgan xatti-harakatlar bilan xarakterlanadigan amaliy ijtimoiy pedagogik faoliyat, metod va usullari majmuasi.
ijtimoiy pedagogik yordam-bolaning ijtimoiylashuvi va to’la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar tizimi.
ijtimoiy profilaktika-turli salbiy xarakterdagi ijtimoiy og’ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarni oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiytibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.
ijtimoiy psixologik yordam-oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.
ijtimoiy reabilitatsiya-insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |