Men Kushaliyeva Xolida Yakkasaroy tumani xtbga qarashli 144-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 7-noyabrdan amaliyotni boshladim
Download 5.68 Kb.
|
Document
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 3-bosqich 305-guruh talabasi Kushaliyeva Xolida Anvar qizining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani XTBga qarashli 144-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 7-noyabrdan 2023-yil 5-aprelgacha bo’lib o’tgan amaliyoti HISOBOT Men Kushaliyeva Xolida Yakkasaroy tumani XTBga qarashli 144-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 7-noyabrdan amaliyotni boshladim. Amaliyot davomida maktabdagi barcha ona tili va adabiyoti daraslarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Amaliyotning birinchi kunida biz maktab binosi, o’qituvchilar tarkibi, kundalik.com va taqvim ish rejalarning yozilishi bilan tanishdik. Maktab jamoasi, ayniqsa, o’quvchilar bizni juda iliq kutib olishdi. Butun amaliyot davomida biz maktab tartib qoidalariga amal qilgan holda amaliyot o’tadik. Maktabdagi o’quvchilarning ijodkorligi, bilimga chanqoqligi, darslarda faolligi bizni mamnun qildi. Amaliyotim davomida barcha darslarni izchil kuzatdim. Maktab o’qituvchilari o’z ishining mohir egasi ekanligiga amin bo’ldim. Kuzatuvlarim davomida o’qituvchiming ish metodikasi bilan tanishdim. O’qituvchilik eng sharafli kasblardan biri ekanligiga o’zim ham dars faoliyatini olib borganimda yana bir bor amin bo’ldim. Maktabda o’quvchilar ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular ijtimoiy fanlar bilan bir qatorda aniq fanlarda ham bilimdon va izlanuvchan ekanligi kuzatuvlarim natijasida aniq bo’ldi. Adabiyot darslari davomida o’quvchilar bilan yaqindan tanishish imkoni bo’ldi. Ular adabiyot ixlosmandlari ekan. Darslar davomida o’z fikrlarini erkin bildira olishdi, qiziqtirgan savollariga javob olishdi, tushunmagan jihatlarini o’rganishdi. Bunda o’qituvchilar tomonidan qo’llanilgan metodlar ham alohida ahamiyatga ega. O’qituvchilar ish faoliyati mening kelgusi faoliyat uvhun namuna, dars bo’ldi desam mubolag’a bo’lmaydi. Amaliyotim davomida olgan tajribalarim menga ertangi ish faoliyatimda qo’l keladi. Shu sababli men amaliyotni sidqidildan bajardim va o’zim uchun kerakli bo’lgan jihatlarni o’rganib oldim. O’rganganlarimni o’z kasbimda erkin qo’llayman. Download 5.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling