Men Murodova Gulasal dan gacha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 21 -umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotda bo’ldim


Download 1.89 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1174501
Bog'liq
Gulasal amaliyot


Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti Tillar fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 3-bosqich 303-guruh talabasi Murodova Gulasal Malakaviy amaliyot davri
Hisoboti

Men Murodova Gulasal …………….dan ………..gacha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 21 -umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotda bo’ldim.




Amaliyotim davrida ona tili va adabiyot o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Ona tili va adabiyot o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Men 6-“a” sinfga ochiq dars o’tdim. Darsda yangi pedagogik texnologiyalar va turli metodlardan foydalandim. Darsni amaliyot rahbarimiz Bahodirova Gulruh, maktab direktori Tursunova Sojida va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Hasanova Fayoza tahlil qilishdi. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.


Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. Talabalar va maktab o’quvchilari hamkorlikda til bayramiga bag’ishlab “Til mavqeyi yocud язык position” nomli tadbir o’tkazildi. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda, albatta, yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: Murodova Gulasal
Amaliyot rahbari: Bahodirova Gulruh
Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling