Men o’limdan qo’rqmayman. Chunki o’lim o’zga dunyo ostonasi ekanini bilaman


Download 15.04 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.04 Kb.
#262934
Bog'liq
O'ZGA OLAM ESHIGI


O’ZGA OLAM ESHIGI

Men o’limdan qo’rqmayman. Chunki o’lim o’zga dunyo ostonasi ekanini bilaman.

Fizik olim Vladimir Efremov bir mo’jiza sabab u dunyodan qaytadi va u yoqda ko’rgan-kechirganlarini qarindosh-urug’lariga, kasbdosh do’stlariga so’zlab beradi.

OKB “Impuls” loyihachisi Vladimir Efremov kutilmaganda vafot etadi. Yutal tutib divanga o’tiradi va jim bo’lib qoladi.

O’sha paytda uyda bo’lgan yaqinlari mudhish voqea yuz berganini dab-durustdan tushuna olmadilar. Ular Volodiya shunchaki dam olish uchun o’tiradi, deb o’ylashdi. Birinchi bo’lib uning singlisi Natalya o’ziga keladi. Akasining yelkasiga turtib:


  • Volodya senga nima bo’ldi? – deb so’radi.

Shunda Efremov yon tomonga qulab tushdi. Natalya akasining bilagidan ushlab, tomir urishini tekshirmoqchi bo’ldi. Uning yuragi urmayotgandi. Natalya sun’iy nafas oldirishga urindi. Ammo akasi nafas olmayotgandi.

Natalyaning o’zi shifokor bo’lgani uchun daqiqa sayin akasini qutqarishga bo’lgan ilinj kamayib borayotganini tushunardi. Shuning uchun jon halpida akasining ko’kragini uqalab, yurakni ishlatib yuborishga urindi. Vladimir Gregorovich nafas ola boshladi.



  • Hudoga shukur, tirik ekansan! – shunday deya singlisi uni quchoqlab oldi. – Biz seni “o’ldi” deb o’yladik. Hammasi tugadi, debmiz.

  • Tugashi mumkin emas, - pichirladi Vladimir Gregorovich. – U yoqda ham hayot bor ekan. Faqat boshqacha… biznikidan yaxshiroq…

Vladimir Gregorovich klinik o’lim holatida nimalarni his qilganini batafsil tasvirlab berdi. U ko’rgan-kechirgan narsalar fan uchun juda muhim. U Sankt-Peterburg davlat universitetida bu borada ma’ruza qildi. Uning ma’ruzasi ilm olamida shov-shuv bo’ldi. Uning ma’ruzasini tinglagan Anatoliy Smirnov:

- Bunday narsani to’qishning iloji yo’q! – dedi.
Download 15.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling