Men o'tgan umrga


Download 120.86 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi120.86 Kb.
#1168055
Bog'liq
Men o\'tgan umrga





Zulfiyaxonim Isroilova
"Men o'tgan umrga"
Zulfiyaxonim Isroilovaning she'rlati ko'plab kitobxinlarning konglidan joy olgan, shuningdek men ham uning she'rlarini sevib o'qiyman. She'rlari orasidan "Men o'tgan umrga" men uchun eng sevimlilaridan biridir shu bois mana shu she'rni tahlil qilishga qaror qildim. Shoira bu sherni 1974-yipning ohirlari 1975-yillar boshida, 60 yoshini qarshi olish arafasida yozgan. Bizga ma'lumki shoiraning ko'plab she'rlari ona tabiat, sevgi muhabbat, Vatan haqida, shoira turmush o'rtog' Hamid Olimjonda erta ajralganligi sababli bo'plab sinovlarga duch kelgan lekin shunday bolsada turmush o'rtog'iga bo'lgan muhabbati hech ham uni tark etmagan, "Men o'tgan umrga" she'ri ham Zulfiyaxonim Isroilovaning umri davimida aks etkanlarni mana shu she'r misralariga muhirlagan.
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,


Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,


Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
Aynan shoiraning mana shu she'rida biz uning umri davomida qancha qiyinchiliklarga duch kelsada u bularga achinmagan va hayotga yorug' nigoh bilan qaragan. U kechirgan umrini butun bir kitobga qiyoslagan va she'rni shu misralar bilan boshlagan:
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.
Umri qanday kechganiga qaramay hayotga tabassum bilab boqqani turli yetishmovchiliklarga e'tibor bermay o'zini qalban boy ekanligini his etgani ham aynan mana shu she'rida aks etgan:
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Shoira turmush o'rtog'ini suygani uning suyuklisi bo'lgani va uni yo'qotganidan so'ng ayriliqqa kuygani hamda undan so'ng o'tgan umriga achinmay qo'ygani va boshdan o'tkazganlarini hech bir insonning bunday hayot boshiga tushmaslgini mana shunday misralar bilan yakunlagan:
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..
She'rda tashbeh san'atidan foydalanilgan va barmoq vaznida yaratilgan.
Download 120.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling