Меҳнат таълимидан тестлар


-sinflar uchun texnologiya fanidan test savollari


Download 301.5 Kb.
bet13/17
Sana06.11.2023
Hajmi301.5 Kb.
#1751928
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
5-9-sinflar uchun yangi test choraklar

7-sinflar uchun texnologiya fanidan test savollari
IV-chorak

1. Quroq usulida tikish san’ati qachon ma’lum bo’lgan?


A) XI asrda B) XV asrda S) XIX asrda D) V asrda

2. Quroq birinchi bo’lib qaysi davlatda tikila boshlangan?


A) Amerika B) Angliya S) Rossiya D) Fransiya

3.Quroq tikishda birinchi bo’lib bajariladigan ish?


A) gazlama qirqib tayyorlanadi B) shablon tayyorlanadi
S) eskiz chiziladi D) rasm bo’yaladi

4. Quroq tikishda gazlamalar qanday tanlanadi?


A) gazlama rangiga qarab B) gazlama turiga qarab
S) gazlama ip yo’nalishiga qarab D) gazlama eniga qarab

5. Quroq tikishda oxirgi ishlov berish qaysi qatorda berilgan?


A) astar tikish B) qaviq tikish S) mag’iz tikish D) mashinada tikish

6. Milliy hunarmandchilikka oid kasblarni ko’rsating.


A) etikdo’z, soatsoz, marmarsoz
B) chilangar, muhandis
S) duradgor, temirchi, to’quvchi, zargar, kulol, yigiruvchi
D) chinnisoz, shaxtyor

7. Tikuvchilikka oid bo’lgan kasblar qaysilar?


A) konstruktor, modeler, bichuvchi, tikuvchi
B) to’quvchi, mexanik, yigiruvchi
S) korrektor, haydovchi, tikuvchi
D) bichivchi, tikuvchi, to’quvchi

8. Choynak yopqich tikish uchun qanday o’lchov olinadi?


A) qopqog’idan o’lchov olinadi B) jo’mragi va baldog’idan o’lchov olinadi
S) choynak hajmiga qarab D) katta yoki kichikligiga qarab

9. Dizayner qaysi so’zdan olingan va qanday ma’noni anglatadi?


A) inglizcha so’z bo’lib, “chizma”, “loyiha”, “rasm” ma’nolarini anglatadi
B) lotincha so’z bo’lib, “hunar” degan ma’noni bildiradi
S) ruscha so’z bo’lib, “chizaman” degan ma’noni bildiradi
D) o’zbekcha so’z bo’lib, “loyiha” degan ma’noni anglatadi

10. Pardalar qanday usullarda tikiladi ?


A) sodda B) to’qima va shablon S) oddiy va murakkab D) murakkab

11.Parda nima uchun tikiladi ?


A) xonani bezash, changdan saqlash, quyosh tushmasligi va issiqlikni ushlab turish uchun
B) shovqindan saqlash uchun
S) xonadagi nuqsonlarni berkitish uchun
D) to’g’ri javob berilmagan

12.Tikiladigan parda uchun qanday o’lcham olinadi?


A) oyna romining ichki kengligi va balandligi
B) oynaning tepasidan pastgacha bo’lgan balandlikda
S) oyna bitta ko’zining ichki o’lchami
D) to’g’ri javoblar berilmagan.

13. Quroqdan tayyorlangan buyumlarni toping.


A) ko’rpa, ko’rpacha, yostiq, dasturxon. B) ko’ylak, sochiq, dasturxon
S) yaktak, nimcha, ko’ylak D) choyshab, ko’rpa, chopon

14. Yamoq turlarining necha xilini bilasiz?


A) 5 xil B) 6 xil S) 4 xil D) 3 xil

15. Quroq tikish uchun gazlamalar qanday ajratib olinadi?


A) gazlamaning qalin yoki yupqaligiga qarab
B) tabiiy va kimyoviy tolalar gazlamaning qalin, yupqaligiga qarab
S) tabiiy va kimyoviy tolalarga qarab
D) hamma javoblar noto’g’ri

16. Quroq tikish uchun kerakli bo’lgan asbob va moslamalar berilgan qatorni toping.


A) tikuv mashinasi, qaychi, ip, angishvona, igna, sm lenta
B) tikuv mashinasi S) qaychi, ip, igna D) sm lenta, qaychi, igna

17. Quroqdan ushlagich tikish bosqichlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?


A) bichib olingan gazlama bo’laklarini bir-biriga birlashtirib tikish, so’ngra astarlikka ulash.
B) bo’laklarni bir-biriga ulash
S) andoza tayyorlash
D) gazlamani bichish va tikish

18. To’y va bayram kechalari uchun tikilgan kiyimlarning rangi qanday bo’lishi mumkin?


A) oq rangda B) qora rangda S) yorqin rangda D) och rangli gazlamalar

19. Dizayner- modelyer kasb egalari qanday xususiyatlarga ega bo’ladi?


A) go’zallikni ko’ra bilishi
B) go’zallik va nuqsonlarni ko’ra bilishi, jozibali va yangi uslubda, hayotni yorqinroq ko’ra bilishi
S) yangi uslubda ko’rishi
D) to’g’ri javob berilmagan.

20. Pardani tikishda chetlarini qaytarish uchun necha sm qoldiriladi?


A) 1,5-2 sm B) 0,5-1 sm S) 2,5-3 sm D) 2-3 sm
21.Parda tanlashda nimalarga e’tibor beriladi.............................?
22. To’y va bayram kechalariga qanday liboslar kiyilgani ma’qul................?
23. Yelpig’ich tikishda oxirgi ishlov berish.........................................?
24. Qaviqlar necha xil bo’ladi.......................................?
25. Tikuv mashinasi turlari necha xil..................?



Download 301.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling