Mendelning III qonuni. Allelmas genlarning o’zaro ta’siri Bajardi: Sharipova Aziza Reja


Mendel tajribasi bo’yicha sariq silliq va yashil burishgan no’xat turlari chatishtirilganda F1 da AaBb avlod hosil bo’ldi. F2 da F1 avlodni o’zaro chatishtiramiz


Download 1.28 Mb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#215516
1   2   3
Bog'liq
Mendelning III qonuni. Allelmas genlarning o'zaro ta'siri

Mendel tajribasi bo’yicha sariq silliq va yashil burishgan no’xat turlari chatishtirilganda F1 da AaBb avlod hosil bo’ldi. F2 da F1 avlodni o’zaro chatishtiramiz


AB

Ab

aB

ab

AB

AABB

Sariq, silliq



AABb

Sariq, siliq



AaBB

Sariq, silliq



AaBb

Sariq, silliq



Ab

AABb

Sariq, silliq



Aabb

Sariq, burish.



AaBb

Sariq, silliq



Aabb

Sariq, burish.



aB

AaBB

Sariq, silliq



AaBb

Sariq, silliq



aaBB

Yashil, silliq



aaBb

Yashil, silliq



ab

AaBb

Sariq, silliq



Aabb

Sariq, burish.



aaBb

Yashil, silliq



aabb

Yashil, burish.


Allelmas genlarning o’zaro ta’siri

Allelmas genlarning ta’sir turlariga quyidagilar kiradi:

  • Komplementarlik
  • Epistaz
  • Polimeriya
  • Pleyotropiya

komplementarlik

  • Genlarning oʻzaro taʼsirining komplementar (toʻldiruvchi) taʼsiri, yaʼni komplementariya ikki yoki undan ortiq allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsiri tufayli organizmda ota-onada kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi.
  • Bunda turli xil belgiga ega organizmlar chatishtirilsa, avlodda ota-onaga o’xshamagan belgilar rivojlanadi.

Belgilarning bunday ta’siri xushbo’y gulli, oq gulli no’xatlarni chatishtirganimizda yaqqol ko’rinadi. Olingan birinchi avlod qizil rangda bo’ladi

  • Birinchi bo’g’in duragaylari o’zaro chatishtirilganda olingan avlod qizil rangda bo’ladi. F2 duragaylari o’zaro chatishtirilganda olingan avlod 9:7 nisbatda ajralish beradi. Ya’ni 9 ta qizil gulli va 7ta oq gulli no’xatlar olinadi.

Komplementar irsiylanishda 9:3:3:1 nisbatda ham ajralish ko’rishimiz mumkin. Bunga avstraliya xoldor to’tilarida pat rangining irsiylanishi misol bo’ladi

  • Avstraliya xoldor to’tilarida pat rangi oq, havorang, sariq, yashil bo’ladi. Oq rangli to’tilar bilan sariq rangli to’tilarni chatishtirsak, F1 da sariq rangli, oq va havorang to’tilarni chatishtirsak F1 da havorang to’tilar olingan. Lekin havorang va sariq rangli to’tilar chatishtirilsa, yashil rangli to’tilar olinadi, ya’ni ota-onada bo’lmagan belgi avlodlarda kuzatiladi.

Shuningdek komplementar genlar mustaqil ravishda u yoki bu belgini yuzaga chiqarsa, f2 da fenotip bo‘yicha 9:6:1 nisbatda ajralish kuzatiladi

EPIstaz

  • Noal lel genlarning biri ikkinchisi ustidan dominantlik qilib, uning fenotipda namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi noallel genlar ning epistatik irsiylanishi deyi ladi. O‘ziga allel bo‘lmagan bironta gen ning ta’sirini bo‘ g‘a di gan, ya’ni ustunlik qiladigan gen epistatik (ingibitor) gen hisoblanadi.
  • Agar dominant gen ustunlik qilsa dominant epistaz, retsessiv gen ustun bo‘lsa retsessiv epistaz deyiladi. Dominant epistazda ingibitor genlar sifatida dominant genlar ishtirok etadi. Dominant epistazda F2 da belgilarning fenotip bo‘yicha 13:3 va 12:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi.

Dominand epistaz

Retsessiv epistaz

Polimeriya

  • Allel bo‘lmagan genlarning polimer tipi komp lementariya va epistazdan tubdan farq qiladi. Agar komplementar irsiylanishda belgi asosiy, to‘ldiruvchi gen allellari ta’sirida paydo bo‘lsa, epistazda belgiga bir allel gen bevosita, ikkinchi allel bo‘lmagan gen bilvosita ta’sir qilsa, polimeriyada bir-biriga allel bo‘lmagan genlar bir yo‘nalishda belgiga ta’sir ko‘rsatib uni rivojlantiradi. Polimer irsiylanish kumulativ va nokumulativ polimeriyaga ajratiladi.

Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi

Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 1:4:6:4:1 bo‘ladi. Odamlarda teri rangining irsiylanishini olish mumkin, bu belgi ikki juft noallel genning kumulativ ta’siriga bog‘liq holda yuzaga chiqadi

Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer genlardan birorta dominant alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqadi. Dominant allellar soni belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi.

Nokumulativ polimeriyada genotipda polimer genlardan birorta dominant alleli bo‘lsa ham belgi yuzaga chiqadi. Dominant allellar soni belgining yuzaga chiqish darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Nokumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi.

Pleyotropiya

  • Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri pleyotropiya deyiladi. Genlarning pleyotrop ta’siri biokimyoviy tabiatga ega: bitta gen nazorati ostida hosil bo‘ladigan bitta oqsil – ferment nafaqat bitta belgining yuzaga chiqishiga, shuningdek, boshqa turli xil belgi va xususiyatlarga ham ta’sir etib, ularda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta G. Mendel tomonidan aniqlangan, bunda u to‘q qizil gulli o‘simliklarning barg qo‘ltig‘ida qizil dog‘larni, urug‘ po‘sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘lishini kuzatgan. Bunday belgilarning rivojlanishi bitta irsiy omil (gen) ta’sirida amalga oshadi.

Pleyotropiyaga misol

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling