139. Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari.
Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1) korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligi tuzilishi va uning bozordagi ulushini baholash; 2) korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash; 3) korxona salohiyati rezervlari va yo‘qotishlarini tahlil qilish; 4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish b o ‘y id ia strategiya va taktikani tanlash; 5) tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish.
140. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash.
Korxona salohiyatining raqobatbardoshligi - uning muhim parametrlari holati qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo‘jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo‘lgan salohiyatining solishtirma ta’rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhlashtiriladi: — iqtisodiyot (iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi; — sanoat ishlab chiqarish quvvati; — bozor dinamikasi; — kishilik kapitali; — davlat obro‘si; — xomashyo bilan ta’minlanganlik; — tashqi bozorga qaratilganlik; — innovatsion salohiyat; — ijtimoiy barqarorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |