88. Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat — bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega bo‘ladilar.Jamiyatning to‘liq bo'lmagan mablag‘larini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to‘lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikda javob-garlikka egalar.Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va «mas’uliyati cheklangan» so‘ziga ega bolishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |