132. Nizolarni boshqarishning tarkibiy usullari.
i quyidagilardan iborat: - ishga talablarni tushuntirib berish. Har bir xodim va guruhga ularni qanday natijalar kutayotganligi, axborotlarni kim taqdim etishi va kim olishi vakolatlar va mas’uliyatning tizimi qandayligi tushuntirilishi kerak; - vakolatlar (vazifalar)ni nizolashuvchi bolinmalar orasida tegishli qoidalarga muvofiq tola, asoslangan va mustahkamlangan holda taqsimlanishi; - nizolashuvchi bolinmalar uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi va integratsiyalovchi mexanizmlardan foydalanish. Vakolatlar iyerarxiyasini o‘rnatish kishilarning o'zaro hamkorligini tartibga solishga imkon beradi. Nizolarni boshqarishda xizmat guruhlari (maqsadiy guruhlar, kengashlar), bilimlar, xo324 dimlar o‘rtasida aloqani amalga oshiruvchi xizmatlar muhim rol o‘ynaydi; - umumtashkiliy majmuaviy maqsadlarni belgilash. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun ikkita yoki ko‘proq xodimlar yoki bo‘limlarning birgalikda harakat qilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |