6. Menejmentning miqdoriy tizimli yoki zamonaviy maktabi.
Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto, V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvida aniq fanlar — matematika, statistika, muhandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi operatsiya va vaziyatlar modeli tadqiqotlari natijalarini keng qollashni ko‘zda tutadi
7. Menejmentda vaziyatli yondashuv
Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qollash imkoniyati paydo bolgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyatlardan, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar M.Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlarning o‘z ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyat- li o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |