94. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.Keyingi yillarda tashkilotlarning faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda.Ularda eng muhimi — iyerarxiya ahamiyatining tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. 0 ‘zini o‘zitashkil etishning hududiy, gorizontal tizimi, o‘z o‘zini rivojlantirish va o‘z o‘zini boshqarish, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustuvorligi mavjuddir.Keyingi yillarda tashkilotlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi lizimlar sifatidagi chegaralari shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarni amalda aniqlash mumkin bolmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronologik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimning ichiga va tashqarisiga oqadilar va shu bilan tizim tebranishini muvozanatdan chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |