112. Ishga doir etika va etiket
Etik me’yorlar, huquqiy m e ’yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qayerda yozilmagan va uzoq vaqt davomida «otalardan» «bolalarga», kattalardan kichiklarga, bir avloddan boshqasiga og‘zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida turli xalqlarning ko‘pgina avlodlarining birgalikdagi faoliyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelgan va madaniyatning asosiy yutuqlaridan biri bolgan. Etiket — inson xulq-atvorini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket qoidalari g‘oyatda rasmiy xarakterda bo‘ladi va kishining oldiga erkin tanlash muammosini qo‘ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko‘proq umuminsoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshi, xizmati, jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq harakatning tayyor modellari taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |