Menejer madaniyati
Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi
Download 50.78 Kb.
|
Menejer madaniyati
Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.
Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi- ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e’tiqodli, ya’ni o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo qiladi; maslakli, ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi; taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan; sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojo’ya hatti-harakatlardan o’zini tiya oladigan; oriyatli, ya’ni o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan; andishali, ya’ni oqibatini o’ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli; vijdonili, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan: o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo’ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruhan eziladigan, ya’ni vijdon azobiga tushadigan. Sodda qilib aytganda: Iymon uch narsaning butunligidan hosil bo’ladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqod- bu ishonch. Iqror-so’zda buni tan olish. Amal-yaxshi ishlar bilan uni isbotlash. Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to’g’rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqitgo’ylikdir. O’zgani o’z o’rniga va shuningdek, o’z o’rniga o’zgani xayolan qo’yib ko’rish ham insofga kiradi. To’q ochni, boy kambag’alni, baxtli baxtsizni, tole baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog’lom bemorni o’z o’rniga qo’yib ko’rolsa va aksincha ham xuddi shunday bo’lsa, olam guliston - insoflilar safi ko’payaveradi. Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak- atrofidagi kishlir oldida o’z hatti -harakati bilan ma’naviy ma’suliyatini his etishining ifodasidir. Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o’rnini bosaoladi. Ulug’ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini a’lohida uqtirgan edi: Download 50.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling