Menejer va boshqaruv uslubi. Rahbarlik uslubi va rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarning turlarga ajratilishi


Download 21.1 Kb.
bet3/3
Sana21.02.2023
Hajmi21.1 Kb.
#1218371
1   2   3
Bog'liq
Menejer va boshqaruv uslubi-123

Melanxoliklar: Ota ta'sirlanuvchi xususiyatga ega; Tez toliqadigan va oziga ishonmaydigan; Tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; Nihoyatda arazchan; Juda oz kuladigan; Faolligi sust, tortinchoq, kamgayrat; Arzimagan sabablarga kozidan yosh oqib ketaveradigan; Yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir. Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qoyilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya'ni vaziyat ozgarsa, qiyinchilik tugilsa, ular ozlarini olib turishadi.
16
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan sozga izohli lugatlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yonaltirish, korsatma berish degan turli ma'lumotlar berilgan. Bundan korinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bolgan talablar juda kopdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bolish mumkin
17 1. Ma'naviy etuklik Siyosiy etuklik; Huquqiy etuklik; Axloqiy etuklik; Yuqori saviya va ong; Ma'rifatchilik; Madaniyatlilik; Xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; Shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga boysundirishga qodirlik; Kishilarga nisbatan mehribon va e'tiborli bolish; tashabbus va ilgorlikni qollab-quvvatlash qobiliyati; printsipiallik; tanqidga chidamli bolish, oz-ozini tanqid qila bilish.
18 2. Intizom va mehnatga bolgan munosabat Mehnatsevarlik; Jamoa ortasida intizomni yolga qoya bilish; Atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish; Bir noshud rahbarning begamligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta'sir etishi mumkin. Boqibegam bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bolmaydi.
3. Bilim darajasi Iqtisodiyotni bilish; Texnika va texnologiyani bilish; Boshqarish ilmini, funktsiya va strukturasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi va hk. Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bolishi, uni doimo toldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bola olmaydi.
19 4. Tashkilotchilik qobiliyati Xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay olish; Qol ostidagilarni mehnatga orgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; Kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yoqotmaslik. "Yomon korxona yoki tashkilot yoq, lekin yomon rahbarlar bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qoyilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qoshadi. Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.
20 5. Boshqarish samaradorligini ta'minlay olish Boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; Ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; Ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; Rahbarlarni va qol ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; Rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma'naviy manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati; Boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta'minlay bilish; Boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va hk.
21 Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar kop. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega: Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud boladi. Ular omadsizlikdan qorqmaydi. Qorquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi. Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bolib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli boladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda boladi. Ozidagi qanoatsizlikni girrom raqobatchilik yoli bilan emas, balki xayrixohlik yoli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni korib shukr qil, birni korib fikr qil" - degan shiordir.
22 Soglom shubhalilik - bunday rahbar kopincha "har narsada shubhada bol" degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosoglom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib korishdan qorqitib, erishishlari mumkin bolgan narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular oz kuchiga ishonish, unga soglom shubha bilan qarash ishchan mas'uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yolida kishi kuchiga kuch qoshishni yaxshi tushunishadi. Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste'dodga togri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq kongil boladi, chin yurakdan gapiradi. Qol ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qoyib xizmat qiladi. Ular samimiylikning ogir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma'naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki ozgalar bilan nosamimiy munosabatda bolishga odatlangan ekan, u pirovard natijada oz-oziga ham samimiy bolaolmay qolishini yaxshi tushunishadi.


23 Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli boladi. Ular boshqalarni kop narsada kechirishadi, ammo ozlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qolini chozishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Xushxulqlilik - bunday rahbar inson gozalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni uluglikka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bolishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, ozi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa oziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya'ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, olmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Obro - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar ozidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, oziga boysinuvchi xodimlar oldida ham, ozi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obroga ega bolishi lozim.
24 Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u oz rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yol qoyishi, pirovardida esa oz obroyini ketkazishi va el nazaridan qolishiga sabab bolishi mumkin.
Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling