Fayol huddi bir vaqtda yozgan. Taylor 1 raqamli menejerlar va ilmiy metodlarga qiziqqan paytda, Fayolni diqqati barcha menejerlar faoliyatiga qaratilgan edi. U katta fransuz tosh qayta ishlov berish fabrikasi direktori sifatida oʻz amalyotidan kelib chiqqan holda yozgan. Fayol hisob kitob, moliya ishlab chiqarish va boshqa tadbirlarni vazifalardan boshqaruv amalyotini tasvirlab bergan. U boshqaruv barcha tadbirlarini haraktlari va hukumat uchun umumiydir deb ishonadi va hatto boshqaruv printsiplari va qoidalarini maktablarga oʻqitilishini hamda barcha tashkiliy vaziyatlarda ta’minlanishiga ham ishonadi. AQSh va Kanada kabi industrial mamlakatlarning firmalarida erkin “kirish-chiqish” kadrlar siyosati olib boriladi. Kadrlarni tanlash jarayoni uncha murakkab boʻlmay, iqtisodiy vaziyatga qarab, ishchilar ishdan boʻshatilishi yoki boshqasiga oʻtkazilishi mumkin edi. Yangi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilganda oddiy ishchilar jiddiy e’tiborga olinmasdi. AQSh va Kanada kabi industrial mamlakatlarning firmalarida erkin “kirish-chiqish” kadrlar siyosati olib boriladi. Kadrlarni tanlash jarayoni uncha murakkab boʻlmay, iqtisodiy vaziyatga qarab, ishchilar ishdan boʻshatilishi yoki boshqasiga oʻtkazilishi mumkin edi. Yangi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilganda oddiy ishchilar jiddiy e’tiborga olinmasdi. Yuqoridagi nuqtai nazar tufayli xodimlarni boshqarish yollash, ishdan boʻshatish, maosh, nazorat, mehnat sharoitini tartibga solish kabi dastaklar bilangina chegaralanib qolgandi. Koʻrsatgan xizmatni e’tirof etish, majburiyat taqsimoti, ragʻbatlantirish tizimi kabi motivatsiyali va ijtimoiy omillarga kamroq e’tibor berilardi. Ushbu yondashuvda firmaning raqobat kurashidagi muvaffaqiyati asosan texnologiya va marketing sohasiga bogʻliq, deb qaralib, kadrlar salohiyatining xususiyatlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |