Menejment axborot tizimi
Menejment axborot tizimida kompyuterlarni qo'llash
Download 33.84 Kb.
|
MENEJMENT AXBOROT TIZIMI.docx1
2.Menejment axborot tizimida kompyuterlarni qo'llash.
Axborot jaraenida kompyuterlar juda katta muvaffakkiyat qozondi, chunki ular ma'lumotlarni tez va aniq xisoblashi , sinflarga ajratish, saklash, turlarga ajratish va yigish kabi ishlarni axlo darajada amalga oshiradi. Shuning uchun kompgyuterlar menejment axborot tizimida muxim komponentlardan biriga aylandi. Kuplab firmalar uzlarining yillik daromadini 8% ni telekomunikatsiya, kompyuter va boshqa texnologiyalarga sarflaydi. Bunday sarflar 1992 yili Amerikada barcha kapitalning 15% ga yakinini va 1980 yildan 8% ko'p demakdir. Dunyo bo'yicha 1992 yilda kompyuter texnologiyasiga 350 mln dollar sarflandi, ishlovchilarni kompyuterga o'qkitish uchun Amerikada korxona 2-5 mln dollar atrofida sarflaydi. Kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi ofis texnologiyalarini avtomatlashtirish mutaxassis va boshqaruvchilarni qiziqtirib qoldi. Ular bunda o'z mexnati maxsuldorligini oshirish imkoniyatlarini qurdilar. Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo'llab quvvatlashi uchungina emas, balki ularga tashqi muxit bilan kommunikatsiya vositalarini taqdim etishi jixatidan ham diqqatni o'ziga tortadi. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi - kommunikatsiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashki muxit blan aloqa uzatish va ubilan ishlashning kompgyuter tarmoqlari va boshqa zamonaviy vositalar negizida tashkil etsh va qo'llab quvvatlashdir. Ofisli avtomatlashtirilgan texnologiyalar boshqaruvchilar, mutaxasislar, kotibalar va xodimlar tomonidan foydalaniladi, ular ayniqsa muammolarni guruxiy xal etish uchun etiborga loyiq. Ular kotiblar va xodimlar mexnati samaradorligini oshirishga va oshib borayotgan ish xajmini bajarishga imkon beradi, birok bu afzalliklar muammolarni xal etish uchun kurol sifatida ofisni avtomatlashtirib foydalanish imkoniyatiga qiyoslaganda ikkinchi darajalidir. Ancha takomillashgan kommunikatsiya tufayli menejer qabul qiladigan qarorlarning yaxshilanishi firma iqtisodiy usishini taxminlaydi. Xozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini taominlovchi kompgyuter va nokompyuter texnologiyalari uchun bir necha unlab dasturiy maxsulotlar maolum: matnli protsessor, jadvalli protsessor. Elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, videomatn. Tasvirni saklash, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari: xujjatlarni yuritish, buyruqlarni ijro etish uchun nazorat va boshqalar kiradi. Shuningdek, kompyuterli vositalar: audio va videokonferensiyalar, kseroks va boshqa orgtexnika vositalaridan xam keng foydalaniladi. “Amerikaning ishi – biznesdir”, degan edi prezident Kalvin Kulij 60 yil muqaddam. Xozirgi kunda Amerikaning ishi - axborotni qayta ishlashdir. Kulij davrida bu ish bilan shugullangan "ok yoqalilar "mamlakat ishchi kuchining taxminan choragini tashkil etgan, xozir esa 60 % dan oshdi. Axborot dunyosiga tegishli xizmatchilar sonining oshib borishi bilan, ularning ish joyi - ofislari xam o'zgarmoqda. Bu, mikroelektronika va aloqa vositalari soxasidagi texnik inqilob natijasidir. Nima uchunligi tushunarli: ishbilarmonlar ishxonasi - bu avvalo axborotni to'plash, saklash, izlash, taxlil qilish va taksimlash amalga oshiriladigan kommunikatsiya markazidir. AKSH Texnikani baxolash byurosi maxlumotlariga ko'ra, amerika biznesi soxasida har yili 400 milliard xujjat qayta ishlanadi va bu raqam har yili 72 milliardga oshib boradi. Baxtimizga kompxyuter va telekommunikatsiya vositalari kompgyuter xotirasining bir blokida milliardlab belgilarni saklash va axborot oqimini sekundiga bir necha million belgi tezligida ko'chirib o'tkazish imkonini beradi. Ofislarni kompyuterlashtirish uch bosqichda o'tdi. Dastlabki EXM lar ulkan markazlashgan qurilmalar bo'lib, ularga xizmat qilgan mutaxasislar bexisob axborot, to'lov qog'ozlari, inventar yozuvlar, obunachilar ro'yxati, to'lov xisob raqamlari va boshqalarni qayta ishlagan. Ikkinchi bosqich, 70-yillar oxirlarida matnlarni qayta ishlash bo'yicha avtonom protsessorlar va mikrokompyuterlar (yoki shaxsiy EXM) paydo bo'lishi boshlangan TBB keltirgan malumotlarga ko'ra xozirgi kunda AKSHda kamida ming kishi bulgan tijorat korxonalarining 85% yoki kamida 20 kishi ishlaydigan kichik firmalarning 25 % kompyuterlashtirilgan. Uchinchi bosqich uchun muassalarni avtomatlashtirish endi boshlanmoqda, mikro, mini, universal kompyuterlarni yagona tarmoqqa birlashtirish bu bosqich uchun xos xususiyatdir. Bu yagona tarmoq elektron yul bilan axborotni kushni binoga xam, dunyoning narigi burchagiga xam uzatish uzatish imkonini beradi, kog'oz materiallarini tayyorlash va pochta orqali jo'natish narxidan ancha arzon tushadi. Bundan tashkari, mazkur axborot tarmogi kompgyuterlarni mashinkalash va nusxa ko'chirish vositalari bilan boglaydi, mikro to'lqinli yoki optik tolali aloqa yo'llari orqali axborotni yuqori tezlikda kompyuterlararo uzatishni taxminlaydi, telefon modellari yordamida stol kompyuterlarini olis masofadagi ma'lumotlar bazasiga ulash va oddiy yigilishlar urniga telekonferensiyalar o'tkazish imkonini beradi. Devonxona ishini avtomatlashtirish ayrim lavozimlarni kiskartirishga olib keladi, birok u ayni paytda mexnat samaradorligini oshiradi va axborot xizmatiga extiyojni kupaytiradi, bu bilan ko'plab yangi ish o'rinlariniochishga imkon yaratadi. Karorlar qabul qilishni qo'llab- quvvatlash tizimlari va ularga muvofiq axborot texnologiyalari asosan amerikalik olimlarning saxyi xarakatlari bilan 70-yillar oxiri va 80-yilar boshida yuzaga keldi, shaxsiy kompyuterlar, amaliy dasturlarning standart paketlarining keng tarkalganligi, shuningdek sunxiy intellekt tizimlarining yaratishdagi muvafakkiyatlar imkoniyat yaratdi. imkonini beradi. Qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlashning axborot texnologiyalari asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o'zaro aloqasini tashkil etishning sifat jixatdan yaxshi uslublardir. 3.Xulosa Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir. Download 33.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling