Menejment boshqaruv usullari
Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi
Download 33.61 Kb.
|
MENEJMENT BOSHQARUV USULLARI
2. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi
Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko‘rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni echishga yo‘naltirilgan bir turli ishlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma’suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo‘lim to‘g‘risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi. g) muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o‘zaro aloqa o‘rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi. d) rag‘batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo‘lida g‘amxo‘rlik qilishni boshqarish; e) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish. Agar boshqariluvchi ob’ekt o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin: a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish; v) mahsulot sifatini boshqarish; g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar. Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ular o‘z navbatida yana bir necha qismga bo‘linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag‘batlantirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Hamma funksiyalar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bo’ish mumkin: 1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi. 2. Tashkiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashkiliy tuzilma, axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir. 3. Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya gigiena, ruhiy, fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini aniqlaydi. Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir: - yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi); - boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati; - boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi. Yillik iqtisodiy samara quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: Ey = Eshy – ZuXEn- Bunda: Ey - yillik iqtisodiy samara, so’m; Eshy – yillik shartli tejam, so’m; Zu – birvaqtli harajatlar, so’m; En – solishtirma iqtisodiy samaradorlikning me’yoriy koeffisenti (o’lcham, qoplashning qayta me’yoriy muddatiga bog’liq). Boshqaruv samaradorligi ikki xil usulda hisoblanishi mumkin: Eb = Rk / Zb va Eb = Rb / Zb- Bunda, Eb – boshqaruv samaradorligi; Rk – oxirgi natija (samaradorlik korxonadan olinadi). Rb – faqat boshqaruv apparati faoliyati natijasi; Zb – boshqaruv harajatlari; Birvaqtli xarajatlar boshqaruvda quyidagicha aniqlanadi: Zb = K + N. Bunda, K – capital xarajatlar, so’m; H – capital bo’lmagan xarajatlar. Download 33.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling