1.2. Strategik menejmentning beshta vazifasi
Korxona strategiyasini yaratish o’zaro bogliq 5 ta qismdan iborat:
1) tijorat faoliyatining turini aniqlash va Korxona rivojlanishining yo’nalishini belgilash, ya’ni maqsadni aniqlab o’zoq muddatli istiqbolni belgilash;
2) umumiy maqsadlarni ishning aniq yo’nalishlariga aylantirish;
3) ko’zlangan ko’rsatkichlarga erishish uchun tanlangan rejani moxirona amalga oshirish;
4) tanlangan strategiyani samarali ijro etish;
5) bajarilgan ishni baholash, bozordagi vaziyatni tahlil qilish, faoliyatning o’zoq muddatli asosiy yo’nalishlariga, maqsadlarga, strategiyaga yoki uni amalga oshirish usullariga to’zatishlar, yangi g’oyalar kiritish .
A) Kompaniya strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: «Kompaniyamizni biz qanday tasavvur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz ?»
«Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz»- degan savolning javobi Korxonaning yo’nalishini belgilab, kuchli o’ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Kompaniya nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi kompaniyaning missiyasini anglatadi. Menejer o’z kompaniyasining bozordagi o’rnini qanday tasavvur qilishi esa kompaniyaning strategik ko’rishini shakllantiradi.
Firma biznesining yўnalishi va asosiy maқsadlari.
Ichki
taxlil
Tashqi
taxlil
Strategik
tanlov
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlaridagi strategiya va tarmoq tuzilishi
Firma darajasidagi strategiya. (vertikal integratsiya, diversifikatsiya, globalь strategiya)
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari portfeli taxlili, kirish va chiqish strategiyasi.
Tashkiliy tuzilmani tanlash
Tashkiliy boshqaruv va nazoratni tanlash
Majarolar,
siyosatlar va ularning o’zgarishi
Strategiya, tuzilishi va tarkibi
Qayta aloqa
1-rasm. Strategik menejmentning mazmuni
Menejerlarning asosiy funktsiyasi quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |