Menejment nazariyasi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana13.11.2017
Hajmi24 Kb.
#20042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
iboratdir.  Yetarli  va  aniq  axborotga  ega  bo'lm ay  boshqaruvni  tashkil 
etish  m um kin  emas.
Ishlab  chiqarish  axboroti  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizim- 
lar  o'rtasidagi  aloqa  usulidir.  Boshqaruvchi  tizim   boshqariladigan 
tizim dan  ishlab  chiqarish  holati  va  uning  xo'jalik  faoliyati  to ‘g ‘risida 
ax b orot  o la d i.  B o s h q a r u v c h i  tiz im   o lin g a n   a x b o ro t  aso sid a 
boshqariluvchi  tizim   faoliyatiga  baho  beradi,  m enejm entni  yanada 
ta k o m illa sh tirish   m aqsadida  ko 'rsatm a,  farm oy ish lar  chiqarib, 
boshqariluvchi  tizim ga  ijro  uchun  yuboradi.
Axborot  m enejm ent  tizim ida  alohida  bo'g'in  bo'lib  hisoblana- 
di.  Unga  qator  o'ziga  xos  xususiyatlar  m ansub  bo'lib,  ular  axborot 
boshqaruvining  barcha  bo'g'inlari,  barcha  vazifalarini  qamrab  olishi- 
ga  bog'liqdir.
Axborot 
-  bu  boshqaruv  apparati  faoliyatining  ham  dastlabki 
nuqtasi,  ham  natijasidir,  shuningdek,  amalga  oshirilayotgan  harakat- 
lar  m avjudligi  sharti,  m ustahkam lash  usulidir.  Axborot  hajm i  orti- 
shi  bilan  boshqaruv  axborotining  sifat  ko'rsatkichlariga  bo'lgan 
talab  ham   ortib  boradi.
Menejment  jarayoni  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  maqsadi­
da  axborot  to'plash,  uzatish  va  qayta  ishlash,  boshqaruv  buyruqlari 
ko'rinishida  axborot  berish  va  uni  ijrochilarga  yetkazishdan  iborat.
A xborotning  quyidagi  turlari  mavjud:  statistik,  operativ,  iqti­
sodiy,  hisob,  moliya,  ta ’minot,  kadrlar  bo'yicha,  texnologik,  mar­
keting,  konstruktorlik,  ijtim oiy  va  boshqalar.

Ishlab  chiqarishni  boshqarishda  iqtisodiy  axborot  alohida  o'rin 
egallaydi,  chunki  u  kishilarning  moddiy  boyliklarni  ishlab  chiqarish, 
taqsimlash,  ayirboshlash  va  iste’mol  qilish  jarayonidagi  munosa- 
batlarini  aks  ettiradi.  Shu  bilan  birga  fan-texnika  taraqqiyoti  asosi- 
da  ishlab  chiqarish  rivojlanishini  aks  ettiruvchi  ilmiy-texnikaviy 
axborot  aham iyatini  ham  ta ’kidlab  o‘tish  lozim.
Kelib  chiqish  m anbasiga  bog'liq  ravishda  axborot  tashqi  va 
ichki  axborot  turlariga  bo'linadi.
Tashqi  axborot  tashqi  m uhitdan  olinadigan  xabarlardan  iborat 
bo'ladi.  Bular  jum lasiga  yuqori  tashkilotlar  farmoyishlari,  reja  top- 
shiriqlari,  mahsulotni  sotish  shartlari  haqidagi  axborotlar  kiradi.
Ichki  axborot  korxona  yoki  uning  boshqaruv  bo'g'inida  shakl- 
lanib,  iste’mol  qilinadi.  Korxona  miqyosida  ular  jum lasiga  sexlar 
tomonidan  rejaning  bajarilishi,  moddiy-texnikaviy  taminot,  mahsulot 
tannarxi,  kadrlar,  m ehnat  unumdorligi  haqidagi  axborotlar  kiritili- 
shi  m um kin.
Yo'nalishi  bo'yicha  axborot 
-  boshlang'ich  va  boshqaruv- 
chi  (rahbarlik)  axborot  turlariga  bo'linadi.  Boshlang'ich  axborot 
doimo  m enejm ent  tizim ining  quyi  darajasidan  yuqoriroq  darajaga 
qarab  harakat  qiladi,  rahbarlik  axboroti  esa  teskari  yo'nalishda 
harakatlanadi.  Rahbarlik  axboroti  boshlang'ich  axborotni  qayta  ish­
lash  asosida  qaror  qabul  qilish  natijasidir.
Axborot  vaqt  o'tishi  bilan  turli  ahamiyat  kasb  etadi.  Barqaror- 
lik  darajasi  bo'yicha  uni  barqaror,  shartli-barqaror,  o'zgaruvchan 
turlarga  bo'Iish  m um kin.
Barqaror  axborot  uzoq  m u d d at  davom ida  o'z  ah a m iy a tin i 
o 'z g a r tir m a y d i  (korxona,  u n in g   b o 'lin m a la ri  n o m i,  m a h s u lo t 
tu ri).
Shartli-barqaror  axborotning  ahamiyati  m a’lum   m uddat  davo­
mida  saqlanib  turadi.  Korxona  miqyosida  bunday  axborotga  turli 
m e ’yor  va  m e ’yoriy  h u jja tla r  (m od diy,  m ehnat  sarfi,  t a ’riflar 
m e’yorlari)ni  kiritish  m um kin.  Axborotning  bunday  turi  korxona 
bo'yicha  um um iy  axborotning  35%   dan  ko'pini  tashkil  etadi.
O 'zgaruvchan  axborot  m enejm ent  obyekti  faoliyati  va  unga 
mos  holda  boshqaruv  jarayonlari  o'zgaruvchanligini  aks  ettirib, 
qaror  qabul  qilish  uchun  tez  qayta  ishlashni  talab  etadi.

M enejm ent faoliyatida,  shuningdek,  boshlang'ich  axborotni  qay­
ta  ishlash  natijasida  olingan  xosila  (ikkilam chi)  axborotdan  ham 
foydalaniladi.
Axborot  yig'indisi  m enejm entning axborot  tizim ini  tashkil  etib, 
u  menejment  jarayonini  axborot  bilan  ta’minlash  shaklida  namoyon 
bo'ladi.
Axborot  to ‘g ‘ri,  aniq,  o ‘z  navbatida,  obyektiv,  m azm un li  va 
qarorlarni  qabul  qilish  uchun  tushunarli  bo'lishi  kerak.
Axborot  hajmi  jihatidan  kichik,  m azm un  jihatidan  chuqur,  uning 
m atni  tushunarli  va  sodda  bo'lishi  lozim.
Korxonani axborot bilan  ta’minlash to ‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi 
turli-tuman  axborot  oqimlari  vositasida  amalga  oshirilib,  ular  aniq 
ishlab  chiqarish  vazifasini  hal  etish  im konini  beradi.
Zam onaviy  yirik  korxonalarda  axborot  hajm i  m illion  hujjat 
satrigacha  yetadi,  bu  o'rinda  barcha  axborot  tez  qayta  ishlanishi 
zarurligini  ham  inobatga  olish  zarur.  M asalan,  aviatsiya  zavodida 
kundalik birlamchi axborot million  ko'rsatkichni tashkil etadi.  Bunday 
sharoitda  axborot  bilan  ishlashni  tashkil  etish  bo'yicha  quyidagi 
qator  m uam m olarni  hal  etish  lozim  bo'ladi:
-  maqbul  axborot  tizim ini  ishlab  chiqish;
-  axborot  oqimlarini  shakllantirish  usullarini  ishlab  chiqish;
-  axborot  qabul  qilish  va  yuborishning  maqbul  usullarini  tan­
lash;
-  axborotni  saqlash  va  izlashni  tashkil  etish;
-  axborotni  qayta  ishlash  jarayonini  mexanizatsiyalash  va  av- 
tom atlashtirish.
Bu  yo'nalishda  olib  boriladigan  barcha  ishlar  axborotni  yig'ish 
va  qayta  is h la s h n in g   yagona  u m u m d a v la t  tiz im in i  y aratish n i 
ta’m inlashi  zarur.  Axborotlar  yig'indisi  m enejm entning  axborot  tizi­
m ini  tashkil  etadi. 
Axborot  tizim i 
-  hujjatlar  axborot  oqimlari, 
aloqa  kanallari  va  m enejm ent  obyektining  texnikaviy  vositalarini 
qamrab  oluvchi  murakkab  axborot  m ajmuidir.  M enejm ent  obyekti­
ning  qandaydir  bir  qismi  bo'yicha  axborot  yig'indisi  kichik  tizim ni 
tashkil  etadi.  M aqbul  axborot  tizim ini  tashkil  etish  m enejm entning 
u  yoki  bu  tashkiliy  tizim ini  loyihalashtirish  va  un in g  samarali  faoli- 
yat  yuritushuning  m uhim   shartlaridan  bo'lib  hisoblanadi.

Axborot  tizim lari  oddiy  va  murakkab  tizim   bo'lishi  m um kin. 
O ddiy  axborot  tizim i  uni  qayta  ishlashni  talab  etm aydi,  axborot 
m anbasidan  u  iste’m ol  qilinishi  joyigacha  yetkazishda  o'zgarish 
yuz  bermaydi.  Bunday  axborot  telefon  yoki  boshqa  xabar  berish 
vositalari  yordamida  bir  marta  beriluvchi  xabar  sifatida  yetkazila- 
di.  M urakkab  axborot  tizimlari  axborotni  qayta  ishlashning  mexani- 
zatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  darajasi  bo'yicha  turlarga  ajra- 
tiladi.  Birinchi  guruhga  qo'lda  yoki  eng  oddiy  m exanizm lar  yor­
damida  qayta  ishlanuvchi  axborot  tizim lari  kiradi.  Ikkinchi  guruh­
ga  axborotni  to'plash,  qabul  qilish  va  qayta  ishlashda  mexanizatsiya 
keng  q o'llaniladigan  axborot  tizim lari  kiradi.  U chinchi  guruhga 
m a ’lum otlarni  m ajm uiy  mexanizatsiya  vositasi  bilan  birga  avtom at­
lashtirish  elementlarini  qo'llab  qayta  ishlash  va  to'plash  qo'llanilgan 
axborot  tizim lari  kiradi.
Axborot  qabul  qilish,  uzatish  va  qayta  ishlash  siklining  avtomat- 
lashtirilgan  axborot  tizim i  to'rtinchi  guruhni  tashkil  etadi.
Axborotni  qayta  ishlashda  qo'llaniladigan  boshqaruv  tizim lari 
avtom atlashtirilgan  boshqaruv  tizim i  (ABT)  n om ini  olgan.  ABT 
quyidagi  vazifalarni  bajaradi:
-  axborot  qabul  qilish;
-  axborotni  qayta  ishlash;
-  axborotni  saqlash,  yig'ish;
-  boshqaruv  tashkilotiga  axborot  berish;
-  ijrochilarga  buyruq  uzatish.
Ilg'or  axborot  tizim ini  loyihalashtirish  jarayoni  quyidagi  vazi­
falarni  amalga  oshirishga  asoslanishi  lozim:
-  korxonada  m avjud  axborot  tizim ini  tahlil  qilish,  axborotning 
asosiy  yo'nalishlarini  o'rganish;
-  axborot  tizim in in g   iqtisodiy-modelini  ishlab  chiqish;
-  zarur  axborot  hajm i  va  m azm unini  aniqlash;
-  axborot  to'plash  va  qayta  ishlash  uchun  texnikaviy  vosita- 
lam i  aniqlash;
-  axborotni  qayta  ishlash  texnologiyasini  yaratish;
-  axborot  vujudga  kelishi  va  foydalanish  davriyligini  belgilash;
-  korxonada  qo'llaniladigan  axborot  uchun  shifrlar  tizim ini  ya­
ratish;

-  axborotni  uzatish  va  qayta  ishlashni  avtom atlashtirish  va 
mexanizatsiyalashtirish  qulay  bo'lishi  uchun  standart  m a’lum otlarni 
loyihalashtirish;
-  loyihalashtirish  jarayonida  olingan  barcha  materiallarni  tartib­
ga  solish  va  rasmiylashtirish.
Bozor  sharoitida  ishlab  chiqarish  axborot  tizim larini  ular  rivoj- 
lanishi  va  loyihalashtirishga  tizim li  yondashish  asosida  m ajm uiy 
tashkil  etishni  talab  etadi.  Bu  talablarga  m a’lum otlarni  qayta  ish- 
lashning  integratsion  tizim i  javob  beradi.  Uni  turli  darajadagi  za- 
m onaviy  kom pyuterlar,  inson  m ashina  tizim ini  har  tom onlam a 
qo'llash  asosida  loyihalashtirish  m um kin.
9.2.  Menejment  texnikasi  tushunchasi  va  tasnifi
Menejment  texnikasi 
-  bu  aqliy  mehnat  texnikasi,  menej­
ment  tizimida  axborotni  qayta  ishlash  texnikasidir.  Texnika  vosita- 
lari  qanchalik  takom illashgan  bo'lsa,  m enejm ent  texnologiyasi, 
menejment  m ehnatini  tashkil  etish  va  butun  menejment  jarayoni 
shunchalik  samarali  bo'ladi.
Hisoblarga  asosan  m amlakat  iqtisodiyotini  maqbul  boshqarish 
uchun  yil  davomida  10  ta  elementar  arifmetik  operatsiya  bajarish 
zarur  bo'lsa,  boshqaruv  apparati  xodimlari  10  ta,  ya’ni  10  m ing 
marta  kam  operatsiya  bajarish  qobiliyatiga  ega  ekanlar.  Bu  muam- 
moni  muvaffaqiyatli  hal  etish  uchun  m enejm ent  mehnatini  takomil- 
lashtirish,  axborot  to'plash  hamda  qayta  ishlashni  mexanizatsiya- 
lash  va  avtomatlashtirish  zarur.
M enejm ent  texnikasini  faqat  hisoblash  mashinalari  bilangina 
bog'lash  noto'g'ridir.  Dastlabki  texnika  vositalari  100  yil  burun 
paydo  bo'lgan  ruchka,  chizg'ichdan  tortib  E H M   va  kompyuter- 
gacha  bo'lgan  texnika  vositalarini  quyidagi  ikki  guruhga  ajratish 
m um kin:  orgtexnika  va  hisoblash  mashinalari.
Orgtexnika  vositalariga  juda  turli-tuman  uskuna  va  qurollar 
(oddiy  qurol  va  vosita,  axborot  olish  va  qayta  ishlash,  ko'chirish, 
ko'paytirish,  aloqa  vositalari  va  axborot  uzatish,  xizm at  ko'rsatish, 
xizmat  xonalari  uskunalari)  kiradi.  M enejm ent  mehnati  turli  oddiy 
qurol  va  uskunalardan  (qalam,  ruchka,  idora  daftarlari,  jadval,  grafik

va  boshqalar)  foydalanishga  asoslanadi.  E ng so'nggi  avloddagi  E H M  
va  kompyuterlar oddiy  texnika  vositalari  (qalam  va  chizg‘ich)  o'rnini 
to ‘liq  bosa  olmaydi.  Q ulay,  oddiy,  chidam li  bu  vositalar  texnika 
vositalari  singari  juda  m uhim dir.
O ddiy  qurol  va  uskunalarni  axborotni  qayta  ishlash  bosqich- 
lari  bo‘yicha  guruhlarga  ajratish  m um kin.  Bu,  avvalo,  yozuv  vosi­
talari  (qalam,  ruchka,  mo'yqalam,  trafaret),  tasvir  vositalari  (grafik, 
diagramma,  nazorat  va  nozirlik  oynalari,  marshrut  sxemalari),  huj- 
jatlar saqlash  vositalari  (tokcha,  konvert,  kartoteka  va  h.k.),  axborot 
qabul  qilish  va  m ustahkam lash  vositalari  (tarozi,  soat,  hisob  mashi- 
nasi,  o'lchov  vositalari,  ko'chiruvchi  mashinalar),  aloqa  vositalari 
(telefon,  A S,  rahbar  va  dispetcher  kom m utatori,  radio  aloqa,  radio- 
fon,  signal  uskunalari,  ovoz  berish  uskunalari),  axborot  uzatuvchi- 
lar  (ovoz,  nur,  kartochka,  oyna,  metall),  menejment  mashinalarida 
qo'llaniladigan  axborot  uzatuvchilar  (disklar,  qog'oz).
Xulosa
Axborot 
-  m enejm ent  uchun  zaruriy  xabar  va  m a ’lum otlar 
m ajm u id ir.  A xborotsiz  m ene jm en t  b o 'lm aydi.  B oshqaruvchi  va 
boshqariluvchi  tizimlar  o'rtasidagi  bog'Iiqlik  shakllari  ishlab  chiqarish 
axborotlaridir.
Iqtisodiy  axborot 
menejmentda  asosiy  rol  o'ynaydi.  Axborot 
tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib,  u turli hujjatlarni, axborot 
oqimi,  aloqa  kanallari,  texnik  vositalar,  avtomatlashtirilgan  m enej­
m ent  tizim larini  o'z  ichiga  oladi.  Rahbar  qabul  qilgan  boshqaruv 
qarorlari  va  uning  m a’nosi  axborot  xizmatlariga  bog'liq.
Kom m unikatsiya  jarayoni 
-   bu  ikki  va  undan  ortiq  odam- 
lar  o'rtasidagi  axborot  almashish  jarayonidir.
Kompyuterlar  nafaqat  ishlab  chiqarishni  boshqarish  uchun,  balki 
iqtisodiyotning  barcha  jabhalariga  kerak.
Tayanch  iboralar
Axborot,  kommunikatsiya,  kommunikatsion  jarayon,  menej­
ment  texnikasi,  vertikal  kommunikatsiya,  gorizontal  kommu-

nikatsiya,  axborot  almashish  jarayoni,  axborotni  uzatish  kanal- 
lari,  filtrlash,  qayta  aloqa.
M avzu  bo'yicha  atam alar  va  test  savollari
Atam alarni  tanlash. 
Har  qaysi 

ustundagi  atamaga  mos  B 
ustundagi  ta’rifni  tanlang
A
B
1.  Ishlab  chiqarish 
axboroti
a)  axborot  uzatish  vositasi:  elektron  axborot 
vositalari  uchun,  yozma  zaruriy,  og'zaki, 
doimiy,  o'zgaruvchan,  oddiy,  murakkab
2.  Doimiy  axborot
b)  menejment  obyektining holati  haqida  zaru­
riy  m a’lumotlar  yig'indisi,  boshqaruvchi  va 
boshqariluvchilar  orasidagi  aloqa  shakllari
3.  0 ‘zgaruvchan 
axborot
d)  menejment  obyekti  holatini  va  boshqaruvchi 
jarayonlarning muvofiqligini aks ettiradi, qaror 
qabul  qilish  tezkorligini  ta’minlaydi
4.  Axborot  tizimi
e)  ikki va undan ortiq kishilar  orasida  muoma­
la  va  axborot  mazmuni  bilan  almashuv
5. Murakkab axborot 
tizimi tabaqalanishi
f)  uzoq  vaqt  davomida  o'z  mazmunini  o'zgar- 
tirmaydigan  kerakli  ma’lumotlar  yig'indisi
6.  Aloqa  kanali
g)  menejment  obyektining  texnik  vositalari: 
axborotlar,  axborotlar  oqimi,  aloqa  kanallari 
yig'indisi
7. Kommunikatsiya
h)  menejment obyekti axboroti, axborot oqim- 
lari,  aloqa  kanali,  texnik  vositalar  yig'indisi
8. Kommunikatsiya 
ja ra y o n in in g   ele- 
mentlari
i)  axborotni  qayta ishlash,  mexanizatsiyalash- 
tirish  va  avtomatlashtirish  darajasiga  ko'ra 
menejment obyekti haqidagi kerakli ma’lumotlar 
yig'indisi
9.  Tashkiliy  texnika j)  ovoz,  yorug'lik,  kartochka,  qog'oz,  disk  va 
hokazo
10.  Axborot  tashuv- 
chilar
k)  kartochka,  qog'oz,  ruchka,  qalam,  javon, 
xat,  telefon,  so'zlashuv  qurilmalari  va  bosh­
qalar

V aria n tlarn i  tanlash. 
Qo'yilgan  savolga  javob  variantini 
toping.  Hamkasblaringiz  bilan  nega  aynan  shu  variantni  tanlaganin- 
gizni  muhokama  qiling.
1.  Menejment  axboroti  deganda  nimani  tushunasiz?
a)  iqtisodiy  ko'rsatkichlar  yig'indisi
b)  ma’lumotlar,  xabarlar  yig'indisi
c)  hujjatlar,  aloqa  kanallari,  ko'rsatkichlar
d)  xodimlar,  menejerlar  haqida  ma’lumotlar
2.  Menejmentda  kommunikatsiyaning  tutgan  o‘rni  qanday?
a)  kommunikatsiya  qaror  qabul  qilish  asosi
b)  bu  axborot  almashish  jarayoni
c)  bu  rahbar  uchun  zarur  axborot
d)  kommunikatsiya  axborot  tizimini  tashkil  etadi
3.  Axborot  bilan  qanday  ishni  tashkil  etish  kerak?
a)  axborot  tizimini  ishlab  chiqish
b)  axborotni  saqlash  va  izlashni  tashkil  etish
c)  axborotni  qayta  ishlash  jarayonini  mexanizatsiyalash  va  av- 
tomatlashtirish
d)  yuqoridagi  hamma  ko'rsatmalarni  bajarish
4.  Menejment  texnikasiga  nimalar  kiradi?
a)  jihoz  va  uskunalar
b)  hisoblash  texnikasi
c)  qalam,  ruchka,  stol  va  stullar
d)  aqliy  mehnatni,  axborotni  qayta  ishlovchi  texnika
5.  Avtomatlashtirilgan  menejment  tizimi  quyidagi  vazifalarni 
bajaradi:
a)  axborotni  qabul  qilish  va  uzatish
b)  axborotni  saqlash  va  yig'ish
c)
  axborotni  qayta  ishlash,  buyruqlarni  shakllantirish
d)  yuqorida  ko'rsatilganlarning  barchasi

1.  Axborot  nima  va  uning  qanday  turlari  mavjud?
2.  Qanday  axborotlar  ichki  va  tashqi  axborot  deyiladi?
3.  Axborotlar  bilan  ishlashda  qanday  muammolami  hal  etish 
lozim?
4.  Axborot  tizimini  loyihalashtirish  jarayoni  qanday  vazifalarni 
amalga  oshiradi?
5.  Menejment  texnikasi  nima?
6.  Menejment  texnikasining  qanday  turlari  mavjud?

10-bob.  MENEJMENT  MADANIYATI  VA  USLUBI
10.1.  M adaniyat  va  menejment
10.2.  Menejment  m adaniyatining  asosiy  elementlari
10.3.  Rahbarning  boshqaruv  uslubi  tushunchasi
10.1.  M adaniyat  va  menejment
«Madaniyat»  tushunchasi  rivojlanish  darajasining  umumlash- 
tiruvchi  ko'rsatkichi  bo'lib,  bir  qancha  ma’noni  bildiradi.  Masalan, 
jam iyat  m adaniyati,  ayrim  shaxs  m adaniyati,  nihoyat,  inson 
faoliyatining  ayrim  turi  madaniyati  haqida  so‘z  yuritish  mumkin. 
Inson  faoliyati  moddiy  va  ma’naviy  boyliklar  yaratuvchi  turlarga 
bo'linadi.  Shu  sababli  moddiy  va  ma’naviy  madaniyat  farqlanadi.
Moddiy  madaniyat  inson  tomonidan  tabiatni  bo'ysundirish  dara- 
jasi  ko'rsatkichidir.  Unga  ishlab  chiqarish  vositalari  va  mehnat  pred- 
metlari  kiradi.  M a ’naviy  madaniyatga  fan,  aholi  ma’lumot  darajasi
tibbiyot xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlaming axloqiy me’yorlari, 
ma’naviy ehtiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. 
Shunday  qilib,  madaniyat  insonning  ham  madaniy  ishlab  chiqarish, 
ham  ma’naviy  hayot  sohasida  rivojlanishi  jarayonidagi  yutuqlarini 
qamrab  oladi.  U  insoniyat  bilimlari,  uning mehnati  mohiyatidan  iborat 
bo'lib,  kishilarning  awalgi  avlodlari  tomonidan  yaratiladi.
Insoniyat  madaniyati  o'suvchan,  o'zgaruvchan,  chunki  hozirgi 
avlod  ajdodlar  madaniy  qadriyatlaridan  ijodiy  foydalanish  asosida- 
gina  yanada  rivojlanishi  mumkin.
0 ‘zbekistonning  noyob  madaniyati  yillar,  asrlar  davomida  shakl- 
langan  bo'lib,  uni  saqlash,  rivojlantirish  ko'p  millatli  respublikaning 
yuqori  ma’lumotli  kishilari  -  fan,  adabiyot,  san’at  arboblarining 
vazifasidir.
Inson  hayoti  faoliyatining muhim  tarkibiy qismi  butun  insoniyat 
tomonidan  jamlangan  madaniy  boylikka  ega  bo'lish,  shu  jumladan, 
menejment  madaniyatini  egallashdir.
Menejment  madaniyati  juda  muhimdir.  Insoniyat  o'z  rivojlanish 
jarayonida juda katta  boshqaruv tajribasini jamlagan.  Bozor sharoiti- 
da  bu  tajriba  boshqaruv  samaradorligini  oshirishga  xizmat  qilishi

kerak.  Menejmentning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  avvalo,  me­
nejment  madaniyati  darajasi  yuksalishi  bilan  bog'liqdir.  Chunki, 
boshqaruv  yo'llari,  usullari,  vosita  va  uslublariga  tanqidiy  baho 
berish  yo'li  bilan  ularning  eng  yaxshilari  jahon  tajribasida  qo'llash 
uchun  ajratib  olindi.
Menejment  madaniyati  inson  madaniyatining  tarkibiy  qismi 
bo'lishi  bilan  birga  qator  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ham  ega. 
Madaniyatga ega bo'lish menejer uchun faqat zarur emas,  balki  shart- 
dir,  chunki  har  bir  tashkilotning  har  bir  bo'linmasi  samarali  ishlashi 
uchun  uning  xodimlari  yuksak  madaniyatga  ega  bo'lishlari  kerak.
Menejment  madaniyati  darajasi  xodimlar,  ayniqsa,  menejerlar 
madaniyatini,  boshqaruv  jarayoni  madaniyati,  menejment  texnika- 
si,  mehnat  sharoitini  aks  ettiruvchi  ko'rsatkichlar  bo'yicha  bahola- 
nadi.  Menejment  madaniyati  unsurlarining  turli-tumanligi  menej­
ment  jarayonida  turli-tuman  me’yorlarga,  jumladan,  axloqiy,  huqu- 
qiy,  iqtisodiy,  tashkiliy,  texnikaviy,  estetik  me’yorlarga  rioya  qilish 
zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.
Ahloqiy  me’yorlar  insonning  axloq  va  odob  sohasidagi  xulqini 
tartibga  soladi.  Ular  jumlasiga  ijtimoiy  burchni  to'g'ri  tushunish, 
kishi  o'rtasida  insoniy  munosabat  va  o'zaro  hurmat,  vijdonlilik, 
haqiqatgo'ylik,  kamtarlik  va  h.k.lar  kiradi.  Menejment  jarayonida 
axloqiy  me’yorlarga  rioya  qilish  uning  madaniyati  yuqori  darajasidan 
da’lolat  beradi.
Menejmentda  huquqiy  m e’yorlar  davlat-huquqiy  va  tashkiliy- 
huquqiy  me’yoriy  hujjatlarda  aks  etadi.  Uning  jumlasiga  davlat 
korxonasi  to'g'risidagi qonun,  tadbirkorlik haqidagi,  mulk to'g'risidagi 
qonunlar  kiradi.  Lekin  qonunlar  har  bir  korxonaning  o'ziga  xos 
xususiyatlarini  hisobga  ololmaydi.  Shu  sababli,  har  bir  korxonada, 
qonunga  asoslangan  holda,  ishlab  chiqarishning o'ziga  xos  xususiyat­
larini  hisobga  oluvchi  me’yoriy  qoidalar  o'rnatiladi.
Iqtisodiy  me’yorlar  korxona  faoliyati  jarayonida  erishilishi  lozim 
bo'lgan  iqtisodiy  ko'rsatkichlarni  belgilaydi.  Ular  jumlasiga  moliya- 
kredit  me’yorlari,  ssudalar  olish  tartibi,  amortizasiya  me’yorlari, 
mahsulotning hisoblangan bahosi,  foyda me’yori,  rentabellik me’yori, 
fondlar  uchun  to'lovlar,  budjetga  to'lovlar,  iqtisodiy  rag'batlantirish 
m e’yorlari  kiradi.

Tashkiliy  me’yorlar  tashkilot  tarkibini,  alohida  bo‘linma  va  shaxs- 
lar  faoliyati tarkibi va  tartibini,  ichki  tartib,  faoliyat  turlarini, xodim- 
lar  vazifalarini,  axborotni  qayta  ishlash  va  foydalanish  jarayonini 
belgilaydi.
Texnikaviy  me’yorlar  korxonaning  va  uning  bo'linmalarining 
menejment  uchun  zarur  uskuna,  texnika  va  transport  vositalari, 
asboblar  bilan  qurollanganlik  darajasini  bildiradi.
Estetik  talablar  va  m e ’yorlar  ham  m enejm ent  jarayonida 
qo'llaniladigan  texnika  vositalari  va  uskunalari,  ham  boshqaruv 
xodimlarini  o‘rab  turuvchi  tashqi  muhit  uchun  belgilanadi.
10.2.  M enejment  m adaniy atining   asosiy  elementlari
Menejment  madaniyati  tarkibiga  boshqaruv  xodimlari  madani- 

Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling