Menejment nazariyasi
|
iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lm ay boshqaruvni tashkil
etish m um kin emas. Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim- lar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizim dan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to ‘g ‘risida ax b orot o la d i. B o s h q a r u v c h i tiz im o lin g a n a x b o ro t aso sid a boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, m enejm entni yanada ta k o m illa sh tirish m aqsadida ko 'rsatm a, farm oy ish lar chiqarib, boshqariluvchi tizim ga ijro uchun yuboradi. Axborot m enejm ent tizim ida alohida bo'g'in bo'lib hisoblana- di. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar m ansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishi- ga bog'liqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakat- lar m avjudligi sharti, m ustahkam lash usulidir. Axborot hajm i orti- shi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi. Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadi da axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat. A xborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqti sodiy, hisob, moliya, ta ’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, mar keting, konstruktorlik, ijtim oiy va boshqalar. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o'rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosa- batlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosi- da ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot aham iyatini ham ta ’kidlab o‘tish lozim. Kelib chiqish m anbasiga bog'liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo'linadi. Tashqi axborot tashqi m uhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo'ladi. Bular jum lasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja top- shiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqidagi axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo'g'inida shakl- lanib, iste’mol qilinadi. Korxona miqyosida ular jum lasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, m ehnat unumdorligi haqidagi axborotlar kiritili- shi m um kin. Yo'nalishi bo'yicha axborot - boshlang'ich va boshqaruv- chi (rahbarlik) axborot turlariga bo'linadi. Boshlang'ich axborot doimo m enejm ent tizim ining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo'nalishda harakatlanadi. Rahbarlik axboroti boshlang'ich axborotni qayta ish lash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Axborot vaqt o'tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqaror- lik darajasi bo'yicha uni barqaror, shartli-barqaror, o'zgaruvchan turlarga bo'Iish m um kin. Barqaror axborot uzoq m u d d at davom ida o'z ah a m iy a tin i o 'z g a r tir m a y d i (korxona, u n in g b o 'lin m a la ri n o m i, m a h s u lo t tu ri). Shartli-barqaror axborotning ahamiyati m a’lum m uddat davo mida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli m e ’yor va m e ’yoriy h u jja tla r (m od diy, m ehnat sarfi, t a ’riflar m e’yorlari)ni kiritish m um kin. Axborotning bunday turi korxona bo'yicha um um iy axborotning 35% dan ko'pini tashkil etadi. O 'zgaruvchan axborot m enejm ent obyekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o'zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi. M enejm ent faoliyatida, shuningdek, boshlang'ich axborotni qay ta ishlash natijasida olingan xosila (ikkilam chi) axborotdan ham foydalaniladi. Axborot yig'indisi m enejm entning axborot tizim ini tashkil etib, u menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon bo'ladi. Axborot to ‘g ‘ri, aniq, o ‘z navbatida, obyektiv, m azm un li va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo'lishi kerak. Axborot hajmi jihatidan kichik, m azm un jihatidan chuqur, uning m atni tushunarli va sodda bo'lishi lozim. Korxonani axborot bilan ta’minlash to ‘g‘ri aloqalar ko'rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida amalga oshirilib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish im konini beradi. Zam onaviy yirik korxonalarda axborot hajm i m illion hujjat satrigacha yetadi, bu o'rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. M asalan, aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko'rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo'yicha quyidagi qator m uam m olarni hal etish lozim bo'ladi: - maqbul axborot tizim ini ishlab chiqish; - axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish; - axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tan lash; - axborotni saqlash va izlashni tashkil etish; - axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va av- tom atlashtirish. Bu yo'nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig'ish va qayta is h la s h n in g yagona u m u m d a v la t tiz im in i y aratish n i ta’m inlashi zarur. Axborotlar yig'indisi m enejm entning axborot tizi m ini tashkil etadi. Axborot tizim i - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va m enejm ent obyektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot m ajmuidir. M enejm ent obyekti ning qandaydir bir qismi bo'yicha axborot yig'indisi kichik tizim ni tashkil etadi. M aqbul axborot tizim ini tashkil etish m enejm entning u yoki bu tashkiliy tizim ini loyihalashtirish va un in g samarali faoli- yat yuritushuning m uhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi. Axborot tizim lari oddiy va murakkab tizim bo'lishi m um kin. O ddiy axborot tizim i uni qayta ishlashni talab etm aydi, axborot m anbasidan u iste’m ol qilinishi joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkazila- di. M urakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexani- zatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo'yicha turlarga ajra- tiladi. Birinchi guruhga qo'lda yoki eng oddiy m exanizm lar yor damida qayta ishlanuvchi axborot tizim lari kiradi. Ikkinchi guruh ga axborotni to'plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng q o'llaniladigan axborot tizim lari kiradi. U chinchi guruhga m a ’lum otlarni m ajm uiy mexanizatsiya vositasi bilan birga avtom at lashtirish elementlarini qo'llab qayta ishlash va to'plash qo'llanilgan axborot tizim lari kiradi. Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash siklining avtomat- lashtirilgan axborot tizim i to'rtinchi guruhni tashkil etadi. Axborotni qayta ishlashda qo'llaniladigan boshqaruv tizim lari avtom atlashtirilgan boshqaruv tizim i (ABT) n om ini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi: - axborot qabul qilish; - axborotni qayta ishlash; - axborotni saqlash, yig'ish; - boshqaruv tashkilotiga axborot berish; - ijrochilarga buyruq uzatish. Ilg'or axborot tizim ini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazi falarni amalga oshirishga asoslanishi lozim: - korxonada m avjud axborot tizim ini tahlil qilish, axborotning asosiy yo'nalishlarini o'rganish; - axborot tizim in in g iqtisodiy-modelini ishlab chiqish; - zarur axborot hajm i va m azm unini aniqlash; - axborot to'plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vosita- lam i aniqlash; - axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish; - axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash; - korxonada qo'llaniladigan axborot uchun shifrlar tizim ini ya ratish; - axborotni uzatish va qayta ishlashni avtom atlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay bo'lishi uchun standart m a’lum otlarni loyihalashtirish; - loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartib ga solish va rasmiylashtirish. Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizim larini ular rivoj- lanishi va loyihalashtirishga tizim li yondashish asosida m ajm uiy tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga m a’lum otlarni qayta ish- lashning integratsion tizim i javob beradi. Uni turli darajadagi za- m onaviy kom pyuterlar, inson m ashina tizim ini har tom onlam a qo'llash asosida loyihalashtirish m um kin. 9.2. Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menej ment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vosita- lari qanchalik takom illashgan bo'lsa, m enejm ent texnologiyasi, menejment m ehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi. Hisoblarga asosan m amlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 m ing marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muam- moni muvaffaqiyatli hal etish uchun m enejm ent mehnatini takomil- lashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirish zarur. M enejm ent texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib E H M va kompyuter- gacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish m um kin: orgtexnika va hisoblash mashinalari. Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko'chirish, ko'paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizm at ko'rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. M enejm ent mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. E ng so'nggi avloddagi E H M va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg‘ich) o'rnini to ‘liq bosa olmaydi. Q ulay, oddiy, chidam li bu vositalar texnika vositalari singari juda m uhim dir. O ddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqich- lari bo‘yicha guruhlarga ajratish m um kin. Bu, avvalo, yozuv vosi talari (qalam, ruchka, mo'yqalam, trafaret), tasvir vositalari (grafik, diagramma, nazorat va nozirlik oynalari, marshrut sxemalari), huj- jatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka va h.k.), axborot qabul qilish va m ustahkam lash vositalari (tarozi, soat, hisob mashi- nasi, o'lchov vositalari, ko'chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, A S, rahbar va dispetcher kom m utatori, radio aloqa, radio- fon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchi- lar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), menejment mashinalarida qo'llaniladigan axborot uzatuvchilar (disklar, qog'oz). Xulosa Axborot - m enejm ent uchun zaruriy xabar va m a ’lum otlar m ajm u id ir. A xborotsiz m ene jm en t b o 'lm aydi. B oshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi bog'Iiqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir. Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan m enej m ent tizim larini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning m a’nosi axborot xizmatlariga bog'liq. Kom m unikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odam- lar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak. Tayanch iboralar Axborot, kommunikatsiya, kommunikatsion jarayon, menej ment texnikasi, vertikal kommunikatsiya, gorizontal kommu- nikatsiya, axborot almashish jarayoni, axborotni uzatish kanal- lari, filtrlash, qayta aloqa. M avzu bo'yicha atam alar va test savollari Atam alarni tanlash. Har qaysi A ustundagi atamaga mos B ustundagi ta’rifni tanlang A B 1. Ishlab chiqarish axboroti a) axborot uzatish vositasi: elektron axborot vositalari uchun, yozma zaruriy, og'zaki, doimiy, o'zgaruvchan, oddiy, murakkab 2. Doimiy axborot b) menejment obyektining holati haqida zaru riy m a’lumotlar yig'indisi, boshqaruvchi va boshqariluvchilar orasidagi aloqa shakllari 3. 0 ‘zgaruvchan axborot d) menejment obyekti holatini va boshqaruvchi jarayonlarning muvofiqligini aks ettiradi, qaror qabul qilish tezkorligini ta’minlaydi 4. Axborot tizimi e) ikki va undan ortiq kishilar orasida muoma la va axborot mazmuni bilan almashuv 5. Murakkab axborot tizimi tabaqalanishi f) uzoq vaqt davomida o'z mazmunini o'zgar- tirmaydigan kerakli ma’lumotlar yig'indisi 6. Aloqa kanali g) menejment obyektining texnik vositalari: axborotlar, axborotlar oqimi, aloqa kanallari yig'indisi 7. Kommunikatsiya h) menejment obyekti axboroti, axborot oqim- lari, aloqa kanali, texnik vositalar yig'indisi 8. Kommunikatsiya ja ra y o n in in g ele- mentlari i) axborotni qayta ishlash, mexanizatsiyalash- tirish va avtomatlashtirish darajasiga ko'ra menejment obyekti haqidagi kerakli ma’lumotlar yig'indisi 9. Tashkiliy texnika j) ovoz, yorug'lik, kartochka, qog'oz, disk va hokazo 10. Axborot tashuv- chilar k) kartochka, qog'oz, ruchka, qalam, javon, xat, telefon, so'zlashuv qurilmalari va bosh qalar V aria n tlarn i tanlash. Qo'yilgan savolga javob variantini toping. Hamkasblaringiz bilan nega aynan shu variantni tanlaganin- gizni muhokama qiling. 1. Menejment axboroti deganda nimani tushunasiz? a) iqtisodiy ko'rsatkichlar yig'indisi b) ma’lumotlar, xabarlar yig'indisi c) hujjatlar, aloqa kanallari, ko'rsatkichlar d) xodimlar, menejerlar haqida ma’lumotlar 2. Menejmentda kommunikatsiyaning tutgan o‘rni qanday? a) kommunikatsiya qaror qabul qilish asosi b) bu axborot almashish jarayoni c) bu rahbar uchun zarur axborot d) kommunikatsiya axborot tizimini tashkil etadi 3. Axborot bilan qanday ishni tashkil etish kerak? a) axborot tizimini ishlab chiqish b) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish c) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va av- tomatlashtirish d) yuqoridagi hamma ko'rsatmalarni bajarish 4. Menejment texnikasiga nimalar kiradi? a) jihoz va uskunalar b) hisoblash texnikasi c) qalam, ruchka, stol va stullar d) aqliy mehnatni, axborotni qayta ishlovchi texnika 5. Avtomatlashtirilgan menejment tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: a) axborotni qabul qilish va uzatish b) axborotni saqlash va yig'ish c) axborotni qayta ishlash, buyruqlarni shakllantirish d) yuqorida ko'rsatilganlarning barchasi 1. Axborot nima va uning qanday turlari mavjud? 2. Qanday axborotlar ichki va tashqi axborot deyiladi? 3. Axborotlar bilan ishlashda qanday muammolami hal etish lozim? 4. Axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni qanday vazifalarni amalga oshiradi? 5. Menejment texnikasi nima? 6. Menejment texnikasining qanday turlari mavjud? 10-bob. MENEJMENT MADANIYATI VA USLUBI 10.1. M adaniyat va menejment 10.2. Menejment m adaniyatining asosiy elementlari 10.3. Rahbarning boshqaruv uslubi tushunchasi 10.1. M adaniyat va menejment «Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlash- tiruvchi ko'rsatkichi bo'lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, jam iyat m adaniyati, ayrim shaxs m adaniyati, nihoyat, inson faoliyatining ayrim turi madaniyati haqida so‘z yuritish mumkin. Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga bo'linadi. Shu sababli moddiy va ma’naviy madaniyat farqlanadi. Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo'ysundirish dara- jasi ko'rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat pred- metlari kiradi. M a ’naviy madaniyatga fan, aholi ma’lumot darajasi, tibbiyot xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlaming axloqiy me’yorlari, ma’naviy ehtiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. Shunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, ham ma’naviy hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat bo'lib, kishilarning awalgi avlodlari tomonidan yaratiladi. Insoniyat madaniyati o'suvchan, o'zgaruvchan, chunki hozirgi avlod ajdodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosida- gina yanada rivojlanishi mumkin. 0 ‘zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakl- langan bo'lib, uni saqlash, rivojlantirish ko'p millatli respublikaning yuqori ma’lumotli kishilari - fan, adabiyot, san’at arboblarining vazifasidir. Inson hayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo'lish, shu jumladan, menejment madaniyatini egallashdir. Menejment madaniyati juda muhimdir. Insoniyat o'z rivojlanish jarayonida juda katta boshqaruv tajribasini jamlagan. Bozor sharoiti- da bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo, me nejment madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog'liqdir. Chunki, boshqaruv yo'llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho berish yo'li bilan ularning eng yaxshilari jahon tajribasida qo'llash uchun ajratib olindi. Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo'lishi bilan birga qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Madaniyatga ega bo'lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shart- dir, chunki har bir tashkilotning har bir bo'linmasi samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo'lishlari kerak. Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, menejment texnika- si, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bo'yicha bahola- nadi. Menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi menej ment jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, huqu- qiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ahloqiy me’yorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to'g'ri tushunish, kishi o'rtasida insoniy munosabat va o'zaro hurmat, vijdonlilik, haqiqatgo'ylik, kamtarlik va h.k.lar kiradi. Menejment jarayonida axloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan da’lolat beradi. Menejmentda huquqiy m e’yorlar davlat-huquqiy va tashkiliy- huquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat korxonasi to'g'risidagi qonun, tadbirkorlik haqidagi, mulk to'g'risidagi qonunlar kiradi. Lekin qonunlar har bir korxonaning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxonada, qonunga asoslangan holda, ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyat larini hisobga oluvchi me’yoriy qoidalar o'rnatiladi. Iqtisodiy me’yorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya- kredit me’yorlari, ssudalar olish tartibi, amortizasiya me’yorlari, mahsulotning hisoblangan bahosi, foyda me’yori, rentabellik me’yori, fondlar uchun to'lovlar, budjetga to'lovlar, iqtisodiy rag'batlantirish m e’yorlari kiradi. Tashkiliy me’yorlar tashkilot tarkibini, alohida bo‘linma va shaxs- lar faoliyati tarkibi va tartibini, ichki tartib, faoliyat turlarini, xodim- lar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish jarayonini belgilaydi. Texnikaviy me’yorlar korxonaning va uning bo'linmalarining menejment uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi. Estetik talablar va m e ’yorlar ham m enejm ent jarayonida qo'llaniladigan texnika vositalari va uskunalari, ham boshqaruv xodimlarini o‘rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi. 10.2. M enejment m adaniy atining asosiy elementlari Menejment madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madani- Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling