Menejment va marketing” fanidan 2-Joriy nazorat ishi


Marketing axborotlarining asosiy elementlari


Download 118.53 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi118.53 Kb.
#1466050
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 topshiriq mar (1)

2. Marketing axborotlarining asosiy elementlari
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to‘g‘risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, iste’molchilar talablarining o‘zgarishi, bo‘lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabati) to‘g‘risida esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko‘ra marketing axborotlarini har hafta va o‘n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi.

Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida marketing axboroti faoliyati bilan hududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo‘limlari mutaxassislari shug‘ullanadilar.



Download 118.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling