Menejment va marketing” kafedrasi “elektron tijorat” yo’nalishi individual loyiha ishi


Download 152.68 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi152.68 Kb.
#1599069
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

AKTSIM FAKULTETI
MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
ELEKTRON TIJORAT” YO’NALISHI
Individual loyiha ishi
Mavzu: Xalqaro marketing

Bajardi: 122-19 guruh talabasi
Bahriyev Shohzod
Ilmiy rahbar: Djalalov J.M
Komissiya a’zolari: ________________________
_________________________

Toshkent-2021
Mundarija:
Kirish.
-BOB. Xalqaro marketing tushunchasi.
1.1. Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari.
1.2. Xalqaro marketingning jihatlari va turlari.
1.3. Xalqaro marketing tamoyillari.
ⅠⅠ-BOB. Xalqaro marketing doirasi va xalqaro korxonalar savdo tizimi.
2.1. Globallashuv sharoitida xalqaro savdo tizimi. Siyosiy marketing muhiti.
2.2. Xorijiy bozorlarda korxonalarning tashqi faoliyatini huquqiy tartibga solish. Jahon bozorini segmentlash usullar.
2.3. Xorijiy mamlakatlarni tanlash usullari va tahlili. Korxonalar misolida xalqaro marketing tahlili.
ⅠⅠⅠ-BOB. Xalqaro marketingni mamlakat rivojidagi o’rni.
3.1. Zamonaviy reklama jarayonining o’ziga xos xususiyatlari, funksiyalari va turlari.
3.2. Jahon reklama bozori holatining o’ziga xosliklari va tendensiyalari.
Xulosa.
Mavzu doirasida test topshiriqlari.
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y beradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’g’ri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro’y berayotgan ijtimoiyiqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro’y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga aylanib, turli xil davlat strukturalarining siyosiy integrasiyasi intensivlik bo’yicha iqtisodiy integratsiyadan ortda bormoqda. Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish jarayoni juda xos bo’lib, ayrim mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o’rtasida ob’yektiv, barqaror tijorat munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan jahon hamjamiyati iqtisodiy jarayonlarni baynalminallashtirish tendensiyasini kuchaytiradi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperasiyasiga ko’maklashadi, savdo va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari bilan almashinishga xizmat qiladi. Bu jarayon sotuv bozorini kengaytirishning barcha omillarini hisobga olish, xalqaro tijorat-xo’jalik aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro auksion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo’lib, ko’plab mamlakatlarda faoliyat ko’rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo’linmalaridan foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi. Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish bo’yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing zaruratini yuzaga keltiradi. Bu yerda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular sho’’ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan – ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi, xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste’molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish uchun xizmat ko’rsatishdan unumli foydalanish zarur. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi va u bilan bog’liq bo’lgan ko’plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o’zgarishlar tobora o’z mahsulotlarini eksport qilishga yo’naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilotlarining paydo bo’lishi, mamlakatimizdagi xo’jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug’o’rta kompaniyalarining ishlab chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida xalqaro marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi.
Kundalik hayotda ro’y berayotgan o’zgarishlar sur’ati doimiy tarzda o’sib bormoqda. Bugun kechadan, erta esa bugundan ancha farq qiladi. An’anaviy biznes strategiyalarning samaradorligi ham pasayib bormoqda, shunday ekan yangi strategiyalarni ishlab chiqish talab qilinadi. Kelajakda ham muvaffaqiyatli ish yuritishni ko’zlagan kompaniyalar quyidagi uchta xolatga o’z e’tiborlarini qaratishlari lozim bo’ladi: - barcha faoliyat turlari va har bir kishining hayotiga nisbatan global kuchlar ta’sirining kuchayib borishi; - yetakchi texnologiyalarning rivojlanishi; - iqtisodiyot sektorida boshqaruvdan voz kechish tendentsiyasining saqlanib qolishi. Bularning barchasi biznes kompaniyalarga yangi, cheklanmagan istiqbollarni ochib beradi. Ushbu muammolarga marketingni qanday daxli borligini quyida ko’rib chiqamiz. Birinchi navbatda marketing insoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlash va qondirish imkonini beradi. Marketingning eng qisqa ta’riflaridan biri quyidagicha: «Marketing – bu kompaniyaga foyda keltirgan holda insonlar ehtiyojini qondirishdir». Marketing tadbirlari qaysi firma tomonidan o’gkazilishidan qat’iy nazar – «Procter & Gamble» kompaniyasi ko’pgina insonlar ortiqcha vaznga ega bo’lgani va bunga qaramasdan o’z sevimli taomlaridan voz kecha olmasliklarini payqagan holda ularga yangi «Olestra» mahsulotini ishlab chiqdi va taklif qildi; Car Max, foydalanilgan avtomobillar xaridorlarining aniqlik va ishonchga intilishlarini sezgan holda ushbu guruh mahsulotlari bilan savdo qilishning yangi tizimini yaratdi; yoki IKEA kompaniyasi, ko’pgina iste’molchilarning sifatli va arzon mebel mahsulotlariga ehtiyojini aniqlab, uni ishlab chiqarish, dizayn va savdosining yangicha tamoyillarini ishlab chiqdi. Bularning barchasi, shaxsiy yoki jamiyat ehtiyojlarini qondirish vositasi bilan foydali biznes imkoniyatlarini amalga oshirish uchun marketingni qo’llash maqsadga muvofiqligini yaqqol namoyon qiladi. Xalqaro marketing faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish marketing tadqiqotlarining umumiy asoslarini o’rganishni taqozo etadi. Shulardan kelib chiqib, xalqaro marketingga ham xos bo’lgan asosiy tushunchalar va tamoyillarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

-BOB. Xalqaro marketing tushunchasi.




    1. Download 152.68 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling