Menejment va marketing” kafedrasi xotamov Kamoliddin Nuriddinovich Banklarda risk menejmenti» «himoyaga ruxsat etildi»
III bob. BANK RISKLARINI BOSHQARISHNING
Download 244.81 Kb.
|
Menejment va marketing-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
- Mavzuning dolzarbligi.
III bob. BANK RISKLARINI BOSHQARISHNING
SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI......................................................................... 3.1. Bank risklarini boshqarish bilan bog’liq muammolar............ 71
XULOSA.................................................................................... 82 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.................................. 85 ILOVALAR................................................................................. 89 KIRISH 4
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday korxona, tashkilot faoliyati risklar bilan bog‘liq bo‘lganligi kabi tijorat banklari faoliyati ham o‘z navbatida turli risklar bilan bog‘liqdir. Korxona va tijorat banklari bir - birlari bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatish vaqtida vujudga keladigan risklar darajasi muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli tijorat banklari biron bir subyekt bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishdan oldin eng avvalo bu subyekt faoliyatidagi riskli holatlarni o‘rganishga intiladi.Shunga qaramay, global moliyaviy inqiroz lo‘rsatishicha, yuqori daromad ilinjida keragidan ortiq riskni o‘z zimmasiga olish, spekulyetiv amaliyotlatdan keng foydalanish nafaqat alohida bank, balki butun bank tizimi barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bank faoliyatida risklar bilan bog’liq ekan, risklarni to‘g’ri baholay olish, ularni sug’urtalash vositalaridan foydalanishni optimallashtirish, umuman olganda risk-menejment tizimini zamonaviy talablar asosida shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari oldiga muhim vazifalar qo‘yilmoqda. ”2013 yil bo'yicha bank tizimida kapitalning yetarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etdi. Bu esa, Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan belgilangan xalqaro me'yordan 3 barobar yuqoridir.” 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011- 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g’risida”gi PQ 1438-sonli Qaroriga muvofiq, banklarda risk-menejment tizimini takomillashtirish borasida qator ustuvor yo‘nalishlar, xususan, tijorat banklarining korporativ boshqaruvi tarkibida bank Kengashiga bevosita bo‘ysunuvchi “Risklarni nazorat qilish” qo‘mitasining majburiy tarzda joriy qilish, tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatilari ta’siriga barqarorligini ta’minlaydigan barqarorlash- tirish zaxiralarini yaratish, kapital yetarliliga qo‘yiladigan talablarni takomil- 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “2013 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari”ga bag’ishlab, yilning 17 yanvarida Vazirlar Mahkamasida o’tkazilgan yig’ilishdagi ma’ruzasi. 5
lashtirish, ehtimoliy zararlarni qoplashga zaxiralarni shakllantirishni ko‘zda tutgan Bazel qo‘mitasining yangi takliflarini bank nazorati tizimiga joriy qilish belgilandi. Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimiz banklariga qo‘yilgan talabni og’ishmay bajarish har bir bankdan samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish, xususan, risk menejmentini takomillashtirish choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Ta’kidlash lozimki, global moliyaviy inqiroz xalqaro bank amaliyotida risklarni boshqarish tizimida jiddiy nuqsonlar borligini, ushbu tizimni isloh qilish zaruruyatini ko‘rsatib berdi. Bunday sharoitda, bank faoliyati bilan bog’liq risklarni boshqarishni samarali tashkil etish, risklarni tartibga solishning me’yoriy talablarini Bazel nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining zamonaviy tamoillari asosida qayta ko‘rib chiqish, ichki reyting tizimini shakllantirish bo‘yicha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilanishi lozim. Download 244.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling