Menejment va marketing” kafedrasi xotamov Kamoliddin Nuriddinovich Banklarda risk menejmenti» «himoyaga ruxsat etildi»


 Тijorat banklarining aktivlari va ular bilan bog’liq risklarni


Download 244.81 Kb.
bet20/29
Sana27.10.2023
Hajmi244.81 Kb.
#1726826
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Menejment va marketing-fayllar.org

2.3. Тijorat banklarining aktivlari va ular bilan bog’liq risklarni 

boshqarish tahlili 
Tijorat banklari faoliyatida uning aktivlari va ular bilan bog‘liq aktiv 
operatsiyalarining risklik darajasini aniqlash bu jarayonini boshqarib borish
muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston tijorat banklarining aktivlari o‘ziga xos belgilari: likvidlik
darajasiga qarab, risk darajasiga va daromad keltirish darajasiga qarab bir necha 
guruhlarga bo‘linadi.
Bank balansida aktivlar likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va likvidlik 
darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga bo‘linadi.
1 guruh - yuqori likvidli aktivlar. Bularga: 
a) kassadagi va yo‘ldagi naqd pullar, qimmatbaho toshlar, moneta, cheklar
va boshqa pul hujjatlari;
b) korschetdagi mablag‘ qoldiqlari;
v) «Nostro» va «Vostro» schetlardagi qoldiqlar; 
g) majburiy rezervlar scheti bo‘yicha mablag‘lar qoldiYoi;
d) qimmatli qog‘ozlar, schetdagi mablag‘lar qoldiYoi, xazina veksellari
davlat obligatsiyalari, URMB ning qimmatli qogo‘zlari va obligatsiyalari.
2 guruh - likvid aktivlar. Bularga: 
a) berilgan kreditlar (jumladan banklararo ham);
b) o‘z investitsiyalari; 
v) boshqa qimmatli qogo‘zlar;
3. guruh - nolikvid aktivlar. Bularga: 
a) muddati o‘tgan ssudalar;
b) muddati o‘tgan foizlar; 
v) sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan ssudalar;
g) tugallanmagan ishlab chiqarish
d) asosiy vositalar.
Risklik darajasiga qarab aktivlar to‘rt guruhga bo‘linadi. 


59 

1 guruh - riskdan holi bo‘lgan aktivlar.
Bularga: naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari, MB dagi «Nostro», 
«Vostro» schetidagi mablag‘lar, majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar, xazina
veksellari, davlat obligatsiyalari, MB ning qimmatli qogo‘zlari va 
obligatsiyalari.
2 guruh - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bularga boshqa banklarning 
«Nostro», «Vostro korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar,
evroobligatsiyalar, qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega bo‘lgan 
kreditlar va boshqa hujjatlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20 %ga teng.
3-guruh - yuqori riskli aktivlar: boshqa banklarga berilgan kreditlar, 
boshqalar uchun bank bergan ggarov va kafolatlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk 50
% ga teng. 
4-guruh - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar: qimmatli
qogo‘zlar sotish va sotib olish scheti, sotib olingan veksellar, trast hujjatlar va 
akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, bankning
to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida 
bo‘lgan kreditlar, akkreditivlar, forvard, bank va banklararo sotish va sotib olish.
Bular bo‘yicha risk darajasi maksimal bo‘lib, u 100% ga teng bo‘ladi.
“Asaka” bank (OAJ) Toshkent viloyat filiali balansi ma’lumotlari (17-

jadval)dan ko‘rinib turibdiki, yil boshiga bankning umumiy aktivlari 60,1 mlrd.


so‘mni tashkil qildi. Shundan 14 % (ya’ni 8,5 mlrd. so‘mni) riskdan holi bo‘lgan 
aktivlar, 68 % (41mlrd so‘m)ni kam riskli aktivlar, 1% (0,6 mlrd. so‘m) esa
katta riskli aktivlarni, maksimal darajali riskli aktivlar 17,1% ni tashkil qiladi. 
Riskni inobatga olganda barcha aktivlar 18,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.



60 




Download 244.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling