Menejment va marketing” kafedrasi xotamov Kamoliddin Nuriddinovich Banklarda risk menejmenti» «himoyaga ruxsat etildi»


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 244.81 Kb.
bet3/29
Sana27.10.2023
Hajmi244.81 Kb.
#1726826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Menejment va marketing-fayllar.org

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Bitiruv malakaviy ishining umumiy
maqsadi bo‘lib bank risklarini, ularni klassifikatsiyasini talqin etish va 
aniqlashtirish,
O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan bank risklarini 
boshqarishning tashkiliy asoslarini ochib berishdan iboratdir...
Hozirgi zamobnaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarida 
riskmenejmentini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat. 


Bitiruv malakaviy ishinig vazifalari quyidagilardan iborat:
- bank risklarini boshqarishning nazariy asoslarini o‘rganish; 
- bank risklarining turlari va boshqarish usullarini tadqiq qilish;
- banklarda risk-menejment tizimi tarkibini yoritish; 
- tijorat banklarida risk menejmentini tashkil etish va uning iqtisodiy-
huquqiy asoslarini o‘rganish; 
- tijorat banklarida risklarni boshqarishning amaldagi holatini tahlil qilish;






- bank faoliyatida risklarni baholash va boshqarish bo‘yicha xalqaro
talablarni O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha shart-sharoitlarni o‘rganish; 
- banklarda risk menejmentini takomillashtirishdagi mavjud muammolarni
aniqlash; 
- tijorat banklarida risk menejmentini takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlarini ishlab chiqish.


Bitiruv malakaviy ishining obyekti. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat
ko‘rsatayotgan tijorat banklari. 


Tadqiqot predmeti bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari
risklarini boshqarish faoliyatida vujudga keladigan tashkiliy, ijtimoiy va 
iqtisodiy munosabatlar yig’indisi hisoblanadi.

Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Tijorat banklari faoliyatida
risklarni aniqlash, ularni baholash va boshqarish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini 
ishlab qilish, nazorat qilish, risk menejmenti strategiyasini ishlab chiqish usullari
to‘g’risida nazariy va amaliy bilimlar doirasini kengaytiradi. Banklarda risk 
menejmentini takomillashtirish masalalari xorijiy olimlardan F.Night, J.Keyns,
Sh.Hefferman, J.Hull, S.Rouz, Ye.Jukov, G.Korobova, T.Kox, O.Lavrushin, 
R.Cantillon kabi olimlarni asarlaridagi ma’lumotlar atroflicha o‘rganilgan.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini boyitish maqsadida Sh.Abdullayeva, 
Y.Abdullayev, T.Qoraliyev, P.Saidxodjayev, I.Ismatullayev, F.Nasriddinov
kabilarning ilmiy izlanishlar va o‘quv adabiyotlaridan keng foydalanilgan 
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi ...
betdan iborat bo‘lib, uning tuzilmasi kirish, uch bob, xulosa va takliflar, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar hamda 23 ta jadval, 5 ta rasm, 1 ta
diagrammani o‘z ichiga oladi.







Download 244.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling