Menejment va statistika


-jadval Minimal ish haqi


Download 0.83 Mb.
bet142/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

2.1-jadval
Minimal ish haqi


Yil, oy, kun

Necha baravar oshirilgan

Minimal ish haqqi summasi (so‘m)

2005 yil 1 maydan

1,2

7 835

2005 yil 1 oktyabrdan

1,2

9 400

2006 yil 1 iyuldan

1,2

10 800

2006 yil 1 noyabrdan

1,2

12 420

...

...

...

2009 yil 1 dekabrdan

1,2

37 680

2010 yil 1 avgustdan

1,2

45 215

2010 yil 1 dekabrdan

1,1

49 735

2011 yil 1 dekabrdan

1,1

62 920

2012 yil 1 avgustdan

1,15

72 355

2012 yil 1 dekabrdan

1,10

79 590

2013-yil 15-avgustdan

1,15

91530

2013-yil 15-dekabrdan

1,05

96105

2014-yil 1-sentiyabirdan

1,12

107635

2014-yil 15-dekabirdan

1,10

118400

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, keyingi yillarda minimal ish haqqi 7835 so‘mdan (2005 y. may) 118400 so‘mgacha (2014 yil 15 dekabr) ya’ni 15 baravardan ko‘proqga oshirilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham xodimlarining mehnat haqlarini tegishli ravishda oshirib borganlar. Xodimlarga ish haqqidan tashqari turli ustamalar to‘lanadi. Ustama to‘lanadigan holatlarga quyidagilar kiradi:



  • cho‘l, tog‘li va suvsiz joylarda ishlagan xodimlarga rayon koeffitsiyenti sifatida berilgan ustama;

  • kechasi, me’yordan ortiqcha yoki bayram kunlari ishlaganlarga ustama

  • ishi doimo yo‘lda bo‘ladigan aloqa, temiryo‘l, suv va avtomobil transporti xodimlariga;

  • mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan joylarda ishlaydigan xodimlarga;

  • ishlari doimo harakatda bo‘lgan qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarida ishlaydigan xodimlarga;

  • mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun unvoni bor xodimlarga va shu kabilar.

Xo‘p davlat ham muntazam ravishda ishlayotgan xodimlarning ish haqqini oshirib kelayotgan ekan, yana ish haqqini ko‘paytirish imkoniyati bormi? Bor! Bu aholining o‘ziga bog‘liq. Xodimlar fuksional vazifalarini yaxshi bajarsa, jamoada faol bo‘lsa, lavozimi ko‘tariladi – bu razryadingiz oshdi, oylik maoshi tegishli ravishda oshirildi degani. Yaxshi, ko’p yil ishlaganlarga unvon berishadi, qarabsizki ish haqqiga qo‘shimcha ustama beriladi.

Mehnat haqqining oshirilishi bilan bir vaqtda aholi daromadlaridan ushlab qolinadigan soliqlar ham pasaytirilayapti. Natijada xodimlar soliq stavkalarining kamayishi natijasida qo‘shimcha daromad olmoqda. Sizga tushunarli bo‘lishi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining bir necha yillik ko‘rsatkichlarini beramiz.




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling