Menejment va statistika


A) Mutloq miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar


Download 0.83 Mb.
bet166/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

A) Mutloq miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar:

  1. Sug‘urtalangan ob’ektlar soni (sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni) – hisobot davrida sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning haqqiqiy miqdori (soni) bilan ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlarni N – bilan belgilash qabul qilingan (bundan keyin belgilar qavs ichida ko‘rsatiladi);

  2. Sug‘urta summasi hisobot davrida tuzilgan sug‘urta summalarining yig‘indisi (S);

  3. Talofat (zarar) ko‘rgan ob’ektlar soni – sug‘urtalash holatlari bo‘yicha zarar (talofat) ko‘rgan ob’ektlar soni (n);

  4. Talofat (zarar) ko‘rgan ob’ektlarning sug‘urta summasi (Sn);

  5. Kelib tushgan (olingan) sug‘urta to‘lovlari (V) – hisobot davrida barcha sug‘urtalangan ob’ektlardan olingan sug‘urta badallari;

  6. Sug‘urta bo‘yicha to‘langan qoplamalar (W) – bu sug‘urtalash holati yuz berganda sug‘urtalanuvchiga ko‘rilgan zararni (mulkdan, hayotdan) qoplash uchun to‘langan summa;

  7. Sug‘urta tashkilotining sug‘urtalashdan olingan yalpi daromadi () - sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badali summasi (V) bilan sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta summasi (W) o‘rtasidagi farq.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling