Menejment va statistika
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
Statistik kuzatish - tadqiqot qilinayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida ilmiy tuzilgan dastur asosida ommaviy ma’lumotlarni to‘plash usulidir. Kuzatish statistikaning boshlanishidir. O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlar kuzatiladi va kerakli ma’lumotlar to‘planadi. Statistik kuzatish uchun ma’lum darajada tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Statistik kuzatish maqsadi va vazifalar, kuzatish ob’ekti, dasturi va usullari ishlab chiqiladi. Bu to‘g‘risida keyingi maxsus mavzularda so‘z yuritiladi.
Statistikaning keyingi bosqichi kuzatish natijasida kuzatish birliklaridan olingan ma’lumotlarni jamlash va guruhlashdir. Jamlash - bu kuzatishdan olingan ma’lumotlarni reja asosida ayrim belgilari bo‘yicha yig‘ishdir (to‘plashdir). Guruhlash - ma’lumotlarni bir yoki bir necha belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib to‘plashdir. Guruhlash natijasida kuzatishdan olingan juda ko‘p hodisa va jarayonlar ma’lum tizimga (sistemaga) keltiriladi. Ulardan statistik tahlil va xulosa qilinuvchi axborotlar olinadi. Statistikaning tub mohiyatidan kelib chiqadigan vazifalaridan biri - bu o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumlashgan tasvirini berishdan iborat. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga: - mutloq ko‘rsatkichlar; - nisbiy ko‘rsatkichlar; - o‘rtacha ko‘rsatkichlar kiradi. Statistikada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mohiyati keyingi mavzularda alohida yoritiladi. .
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling