Menejmentning texonologiyalari


Download 22.54 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1314656
Bog'liq
Menejmentning texonologiyalari


Menejmentning texonologiyalari.
Menejmentning texonologiyalari.BOSHQARUVNING MOHIYATI VA TEXNOLOGIYALARI Boshqaruvning mohiyati. Boshqaruvning umumiy ko’rinishi asosan o’zaro harakatdagi aniq ikki ob’ektning, bunda bulardan biri boshqaruvning sub’ekti tomonida, ikkinchisi- boshqaruvning ob’ekti tomonida turadi. Bu o’zaro harakatlar uchun quyidagilar muhim xususiyatlarga ega:
• boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ektiga qanday funktsiyalarni bajarishi lozim bo’lgan axborotlar tizimini ta’sir qilish impul`slari (boshqaruv buyruqlari) orqali yo’naltiradi;
• boshqaruv ob’ekti impul`s ma’lumotlarini qabul qiladi va vaziyatlarni hisobga olib, bu ma’lumotlarga muvofiq harakatlarini boshlaydi. Masalan, usta o’zining qismida ishni tashkil qiladi, bunda u quyi darajadagi menejer yoki boshqaruvning sub’ekti, ishchilar esa,
boshqaruvning ob’ektlari hisoblanadi. Tashkilotlarning tijorat direktori tashkilotlardagi tijorat bo’limlarining savdo ishlarini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ko’rsatilgan bo’limlar – boshqaruvning ob’ektlaridir.
Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruv ob’ektiga ta’sir manbalari hisoblanib, boshqaruv tizimining qismi yoki bo’limidir. Boshqaruv yakka menejer, rahbarlar guruhi jamoasi yoki aktsionerlar jamoasi yig’ilishi orqali amalga oshiriladi. Shunga bog’liq holda boshqaruv sub’ekti turlicha bo’lishi mumkinBirinchi holatda boshqaruvning sub’ekti menejer, keyingilarda – guruh, bo’limlar, boshqaruv organi. Boshqaruv ob’ekti siftida ishchi, ishchi guruhlari, mehnat jamoasi qatnashadilar.
Boshqaruvning ob’ekti resurslar, jarayonlar, natijalar, inson faoliyatining barcha
turlari ham bo’lishi mumkin. Tashkilotlar o’zlarining faoliyatlari jarayonlarida moddiy, mehnat, moliyaviy, axborot, texnologik va boshqa resurslardan foydalanishi mumkin. Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ekti resurslari sifatida quyidagilar ham ishtirok etadilar:
• tovarlar zahirasi;
• moliyaviy resurslar;
• axborotlar maydoni;
• tashkilotning personali.
Har qanday tashkilotda boshqaruv jarayoni boshlanishi va ishlab chiqarish jarayonigacha
ko’plab jarayonlar bo’lib o’tadi. Ishlab chiqarish jarayonining muhim qismlari ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot sotish hisoblanadi. Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ektlari
sifatida quyidagi jarayonlar ham hisoblanishi mumkin:
ishlab chiqarish jarayoni;
• savdo-texnologik jarayonlar;
• korxonaning marketing faoliyati;
• korxonaning moddiy-texnik ta’minoti va boshq..
Boshqaruvning natijalariga: daromad, rentabellik, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotlarni sotish, xarajatlar, mahsulotlarning sifati va boshqlar kiradi.
Shularga muvofiq, boshqaruv ob’ektlari sifatida quyidagilar ham xizmat
qilishi mumkin:
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar;
• Boshqaruv yoki ishlab chiqarish faoliyati natijalari;
• Mehnat unumdorligi;
• Boshqaruv yoki ishlab chiqarish xarajatlari.
Bu yerda boshqaruvning boshqa ta’riflarini keltirish ham boshqaruv ma’nosiga aniqliklar kiritadi. Amerikalik taniqli tadqiqotchi P.Drukerning xulosalari bo’yicha, boshqaruv – bu «uyushmagan odamlarni samarali maqsadlarga yo’naltirish va ishlab
chiqarish guruhiga aylantirish faoliyatidir28.
Amerikalik olim K.Killen boshqaruvni – «ishlarni begona qo’llar bilan bajarishdir»
deb ta’riflaydi. F.Teylorning fikricha boshqaruv – “bu nima qilish kerak va qanday qilib
eng qulay, arzon usullar bilan eng yaxshi qilish san’atidir”29.
Boshqaruvning sub’ekti va ob’ektining o’zaro harakatlari uchun ularning o’rtasida
majmuaviy xususiyatlaga ega bo’lgan munosabatlarning bo’lishi zarur. Bunda aniq
darajalarda boshqaruv u yoki boshqa munosabatlarga ustunlik qiladi. Boshqaruv
munosabatlarining eng ko’p tarqalganlari iqtisodiy munosabatlarga asoslanganlari
hisoblanadi.
Boshqaruv uchun tamoyilli munosabatlar: ishlab chiqarish vositalaridan
foydalanuvchilar va mulkdorlar o’rtasida kelib chiqadigan, yollash va assosiatsiyalashtirilgan
mulkdorlarning birgalikdagi faoliyati jarayonlaridagi mehnatni
korporatsiyalash va taqsimlash munosabatlari hisoblanadi.
Aloqa – boshqaruvning har qanday tizimidagi uzluksizlik elementi (vositasi)
hisoblanadi. Aloqani boshqaruv maqsadlari uchun muhim hisoblangan
sub’ektlar, moddalar, narsalar, energiya va boshqalarning o’zaro
harakatlari, munosabatlari, bog’likligining almashinuvi haqidagi xabarlar deb tushinish
kerak.
Boshqaruvdagi aloqalar to’g’ri, teskari, vertikal,
gorizontal va boshqa mazmunlar va xususiyatlarga ega bo’lgan aloqalardir.
Keltirilgan to’g’ri va teskari aloqalar vertikal aloqalarga taalluqli. Bulardan tashqari
boshqaruv tizimining o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi bo’yicha sub’ektlarning
bir darajali harakatlarini muvofiqlashtirishini ta’minlovchi, bilimlar va ko’nikmalar
uzatish, norasmiy munosabatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi gorizontal
aloqalar ham majud.
Tizim. Boshqaruv qachonki, uning tanasi, gavdasi hisoblangan
harakatlanuvchi aniq tizim (sistema) bo’lgandagina boshqaruv bo’lishi mumkin. Bu tizim
– boshqaruv tizimi- sistemasi deyiladi. Tizim uning yagonaligini tashkil
qiladigan elementlar majmuasining va bu majmuada turgan munosabatlarning aloqalari
hisoblanadi.
Tizimning asosiy tamoyillari quyidagilar:
• tizimdagi xususiyatlarning tizimni tashkil qiluvchi
elementlar yig’indisiga xususiyatligi;
• tarkibliligi;
• tarkiblar va muhitlarning o’zaro bog’langanligi;
• ierarxiyaligi;
• har bir tizimning turli ta’riflarda izohlanishi.
Bunday tizim o’ziga muvofiq tarkiblarga ega bo’ladi,
shuningdek, u aniq elementlardan tuzilgan tizimdan iborat bo’lganligi uchun,
o’ziga xos o’zaro aloqalarda va o’zaro harakatlarda ham boshqaruv amalga
oshiriladi.
Zamonaviy tashkilotlarning boshqaruv tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi
kerak:
• yuqori darajalardagi egiluvchanlik;
• tashkillashtirish va mehnat taqsimotini talab qiluvchi
nazoratning muvofiqlashgan shakllari, murakkab texnologik ishlab chiqarishga mos bo’lishi;
• bozor kon`yukturasiga, korxonaning ichki va tashqi muhitidagi omillarning
o’zgarishini operativ holatda qarash;
• mahsulotlar va xizmatlar bozorlariga muvofiq raqobatni hisobga olish;
• shartnomalarni bajarish va iste’molchilarga xizmat qilish sifati talablarini
hisobga olish;
• korxona boshqaruvining yuqori samaradorligini ta’- minlash;
• tashkillashtirishni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
• fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlari va natijalarini joriy qilish;
• o’z-o’zini boshqara bilish qobiliyatiga ega bo’lishi (belgilangan me’yorlardan
har qanday og’ishlar, chetlanishlar o’ta tezlikda (avtomatlashgan) qayd qilinishi va
boshqaruv tizimining oldingi me’yorli sharoitga tushishini va boshqaruvni
davom ettirishini ta’minlovchi qarama-qarshi nazoratning muvofiqlashgan shakllari,
tadbirlar tezlikda ishlab chiqilishi. Boshqaruv texnologiyalari. Boshqaruv texnologiyasining
mazmuni boshqaruv ob’ektining murakkabligi va turiga, ishchilarning
malakalariga va texnik vositalardan foydalanish turlariga
bog’liq hisoblanadi. Boshqaruv texnologiyalari o’zining tarkibiga sharoitlarning
tahlilini, axborotlarni tayyorlashni, qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni, ularni
ijrochilarga yetkazish va maqsadli dasturlar yoki qurilish loyihalarining bajarilishi
holatlarini nazorat qilishni oladi.
Hozirda boshqaruv texnologiyalarining quyidagi turlarini ajratishadi:
• oldindan belgilangan rejaga muvofiq ba’zi bir ishlar va jarayonlar qattiq uzluksizlikda
ishlab chiqarilishi bilan xususiyatlanadigan liniyali boshqaruv texnologiyasi;
• vaziyatni baholash va oxirgi bitta maqsadni bir tomonlama aniqlash qiyin bo’lgan vaziyatda qo’llaniladigan tarmoqli boshqaruv texnologiyasi.
Rejalashtirilgan natijaga bir nechta yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqilgan qarorlarni bajarish yo’li bilan erishiladi;
• vaziyatlar bo’yicha boshqaruv texnologiyasidan, menejer kelib chiqqan vaziyatlarga
asoslanib, doimiy o’zgarib turadigan sharoitlar uchun operativ qarorlar qabul qilganda,
boshqaruv jarayonining fazalari biri-biri bilan bog’lanmay o’tishida foydalaniladi;
• natijalar bo’yicha boshqaruv texnologiyasi muvofiqlashtiruvchi funktsiyalarning
va korxonadagi barcha bo’limlardagi o’zaro harakatlarining kuchayishi
bilan bog’langan. Bu texnologiya tashkilotda qabul qilingan qarorlar va natijalar
oralig’ida uncha katta vaqt bo’lmaganida qo’llaniladi va katta samara beradi;
• maqsadlar bo’yicha boshqaruv texnologiyasi korxonada kuchli analitik bo’limning
mavjud bo’lishligini talab qiladi. Boshqaruvni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: oddiy
maqsadli, maqsadli-dasturli va reglamentli. Oddiy maqsadli boshqaruvda rahbar maqsadga
erishish yo’llarisiz oxirgi maqsad va muddatlarni aniqlaydi.
Maqsadli-dasturli boshqaruv maqsadlarni, maqsadlarga erishishdagi har bir bosqichlar
uchun mexanizmlar va muddatlarni tayinlashni nazarda tutadi. Reglamentli boshqaruv iqtisodning hamma darajalarida qo’llaniladi, resurslar va parametrlar bo’yicha chegaralar, oxirgi maqsad tayinlanadi;
• ehtiyojlar va manfaatlari bo’yicha boshqaruv texnologiyasi insonni uning ehtiyojlari (ovqat, uy, dam olish, sog’lik) va manfaatlari (moddiy, ijtimoiy, estetik) orqali rag’batlantirishlar bilan bog’liq; izlanuvchi boshqaruv vazifalarning to’liqligiga va
aniqligiga asoslangan. Bu holatda qarorlar maqsadlardan teskari uzluksizlarni chiqarib tashlagan talablarda ishlab chiqariladi;
• “Sun’iy intellekt” asosidagi boshqaruv texnologiyasidan axborotlar tizimi yordami bilan zamonaviy texnik vositalar va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashda foydalaniladi.
Menejmentning texonologiyalari.
Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling