Mengliboyev bekzodning pisixalogiya fanidan


Download 132.43 Kb.
bet3/6
Sana09.04.2023
Hajmi132.43 Kb.
#1345361
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi nutuq Bekzod

NUTQ VA KASB 
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning , olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in‘ikos ettiriladigan bo’ladi. Tilning paydo bo’lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to’plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‗iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o’zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko’pchilik hissiy va intellektual ta‘sirlar hamda taassurotlar to’g‗risida o’ziga o’zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon , voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma‘lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko’nikma hamda malakalarni o’tkazishi, uzatishi mumkin. 
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‗liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so’z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‗liq bo’lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko’cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon.
―belgi‖) belgilar, , alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun 
regulyator sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya‘ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat‘i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma‘lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashg‗ulot, daftar, yomg‗ir va boshqalar). 
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar); 
b) til vosita , hatto odamlarning xatti- harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: ―Leksiya bo’lmaydi‖, ―Bugun bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o’tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). 
Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat‘i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu kommunikatsiyadir. 
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. 
Nutq axborot, xabar, ma‘lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari 
1. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zg‗atuvchilardan iboratdir (masalan: ―Marsh‖, ―Salom‖). 
2. Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson ―signallarni - signali‖ (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi. 
3. P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma‘lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi), bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va ―so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz‖ deb atagan. 
4. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida ―so’zlarning sensor obrazlari‖ joylashgan deb dalillashga harakat qiladi. 
5. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‘minlashda juda ham sodda elementar ―stimul-reaksiya‖ tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
1. Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi. 
Odatda o’pka va nafas olish tana a‘zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta‘minlab turadi. 
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag‗ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo’lsa-da, lekin bu borada umumiylik,
birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o’xshashlik yo’q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyasion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) to’g‗risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo’lishi, o’sishi, o’ziga xos tavsiflanishi, , fazalari, patologiyasi bo’yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. 
Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o’rganilishi ham o’ziga xoslik, uning qirralari, hakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud bo’lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o’zaro tafovutlanadi.


Download 132.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling