Meni qiynayotgan muammolar
Download 14.57 Kb.
|
Meni qiynayotgan muammolar
Meni qiynayotgan muammolar Ta’lim har qanday davrda ham yagona najot bo’lib qoladi. Insondagi barcha qusurlarning ildizi bu-tarbiya. Shunday ekan, oiladagi noto’g’ri diniy va dunyoviy tarbiya ortidan zo’ravonlik, be’odoblik, be’mehrlik kabi turkumli illatlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Ta’limning noto’g’ri berilishi esa yosh avlodning ilm yo’lidagi ilk qadamlarini noto’g’ri tashlashiga va buning oridan kelajak egalarining oilasi, el-yurti oldidagi burchlari va vazifalarini to’liq ado eta olmasligiga sabab bo’ladi. Jonajon, O’zbekistonimizda barcha yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Ammo, bu keng yo’llarda korrupsiya, ko’z yumish kabi botqoqliklar ham uchraydi. Biz O’zbekistonda yashaymiz. O’zbekiston yoshlarga tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilgan. Ammo, “Tanka”si borlar yoki “falonchiboy”ning yosh farzandi olishgagina qodir. Tadbirkorning farzandigina tadbirkor bo’ladi. Statistika, hisobotlarda esa “sexrli raqamlar” ko’zni shamg’alat qiladi. Biz O’zbekistonda yashaymiz. Ta’lim sohasida yechilmagan masalalar talaygina. Biz ovropa ta’lim tizimini o’zimizning ta’lim tizimizga tiqishtirmoqchi bo’lyapmiz. Biroq, hanuzgacha bizda “Komissiya” kelishiga talabalar forma kiyishini, o’qilmasa ham tekshirishga daftar talab qilinmoqda. Yoshlarni qo’llab-quvvatlash juda sust ahvolda. Biz O’zbekistonda yashaymiz. Qush uyasida ko’rganini qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashmoqdamiz. Ammo, bu uzoq davom etsa kelajak avlodga bu “Qush uyasida ko’rgan holat” singari bo’lib qolishi havotirli. Ziyoli ota-onalar ko’p bo’lgan davlatda, ziyoli yoshlar ko’payadi. Kitob o’qishni bilgan bolaga tarbiyani uqtirish shart emas. Og’riqli nuqtalarimizdan yana biri bu internetdan to’g’ri foydalanishni bilmasligimiz. Yoshlar orasida targ’ib qilish istagining paydo bo’lishi. O’zini internet orqali ko’z-ko’z qilayotgan insonlarga qimmatli vaqtlarini sarflab kuzatishidir. Sog’liqni saqlash bor, Havfsizlik tashkilotlari bor. Ammo, biz bugungi kunda internet olamidagi nojo’ya axborotlardan himoyalanishni o’rgatuvchi tizimga ham zarurat sezmoqdamiz. Yoshlarga “Inson qadri” tushunchasini chuqurroq o’rgatish davriga yetdik. Insoniylik tushunchasini naqadar yuqori o’rinlarda ekanligini o’rgatishimiz zarurdir. Shundagina bizda “Qariyalar uyi” , “Mehribonlik uyi” kabi oila qo’rg’onidan o’zga yolg’izlik uylari kamayadi. Kelajakni faqat ilm, tarbiya qutqaradi. Ta’lim har qanday davrda ham yagona najot bo’lib qoladi. Xamroyev Qadamboy Download 14.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling