Mening idealimdagi ayol
Download 15.93 Kb.
|
Mening idealimdagi ayol
“Mening idealimdagi ayol”. Har qanday inson zoti borki bu dunyoda nimagadur intilib,qiziqib o’sha talpingan narsasiga erishish uchun orzular qilishdan to’xtamasdan o’sha orzulari og’ushida yashaydi.Inson o’zi yashayotgan umidlar dunyosidagi istaklariga erishgan kimnidur hayotda uchratib qolsa havas bilan boqishadi va o’sha inson o’z –o’zidan yana bir insonning unga o’xshashi uchun ideal vazifasini o’taydi.Ana endi ideal so’ziga kengroq mazmunda yondashadigan bo’lsak,ideal (yun. idea - timsol, gʻoya, tushuncha) - biror narsa, voqea va hodisaning oliy namunasi, kamoloti; ayrim shaxs, shaxslar guruhi, tabaqa va jamiyat intiluvchi oliy maqsadidir. Ideal muayyan tarixiy sharoitda ijtimoiy hayotning barcha jabhalari bilan chambarchas bogʻliq holda shakllanadi. Idealning amalga oshishi yoki oshmasligi uning voqelik bilan bogʻliqligiga, taraqqiyotni qanchalik toʻliq va toʻgʻri inʼikos ettirishga bogʻliq bo’ladi.Shunday qilib idealsiz odamning o’zi bo’lmasa kerak chunki idealiga intilish orqali inson harkatda bo’ladi va hayotida o’zi uchun nimadir qilishga erisha oladi. Mening idealimga keladigan bo’lsak o’zbekning faxrli qizi,vafo va sadoqat kuychisi ,haqiqiy o’zbek ibo-hayoli,sabr- matonatli,bardoshli,oilaparvar ayol,bugungacha barcha nafaqat bizning yurtimiz ,balki boshqa xalqlar ham havas qiladigan yetuk ,barkamol shaxs bo’lgan Zulfiyaxonimdir.Mening Zulfiyaxonimga bo’lgan hurmatim va unga o’xshashni ,u kabi bo’lishni istashim men uchun goʻzallikning yuqori darajasida namoyon boʻladi. Ideal deganda, birinchi navbatda, inson goʻzalligi tushuniladi. Har tomonlama yetuk, goʻzal kishi bizning estetik Ideal imizdir. Har bir millat goʻzallik haqida oʻz milliy Ideal iga ega, chunki i. ch. usuli, yashash sharoiti, geografik muxit, psixologiyasi turlichadir. Download 15.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling