Mening jonajon O`zbekistonim


Bolalar : Dasturxon yozib choy idishlari, qandlar qo`yiladi. Tarbiyachi


Download 291.41 Kb.
bet114/116
Sana03.11.2023
Hajmi291.41 Kb.
#1743544
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org

Bolalar : Dasturxon yozib choy idishlari, qandlar qo`yiladi.
Tarbiyachi : mehmonlarga choy quyib uzatamiz.

Qimmatoy : ustoz bu piyola qanday tayyorlangan?

Tarbiyachi: Bolajonlar aytingchi choynak va piyola bizga nima uchun kerak?

Bolalar : choynak coyni damlash uchun, piyola esa choyni ichish uchun kerak bo`ladi.
Tarbiyachi: To`g`ri topdingiz ko`p yillardan beri choynak piyolalar bizga xizmat qiladi choydan tashqari shifobaxsh giyohlarni, dorivor o`simliklarni ham damlar ichamiz. Bu choynak , piyolalar turmush hayotimizda juda ko`p ishlatiladi. Ular ona yurtimizning tuprog`idan tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlanadi va unga ko`p ishlov beriladi. Unga shakl berilib maxsus issiqlikda pishirib, chiroyli va bejirim choynak va piyolalar yasaladi.

Qimmatoy: Ha tushundim, loydan shunday chiroyli idishlar tayyorlansa-ya

Bolalar: biz loy mashg`ulotlarida xar xil idishlar yasaganmiz.

Zumradoy: Qimmatoy mana bu choynak va piyolani bezagini qara qanday chiroyli ekan.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar idishlar maxsus issiqlikdan chiqqandan so`ng naqqoshlarimizning ishi boshlanadi.

Qimmatoy : nashq nima ?
Tarbiyachi: naqsh milliy san’at turlaridan biri bo`lib gazlamalarga yog`ochlarga va chinni idishlarga tovoqlarga bezak sifatida ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular go`lzalligi, betakrorligi sababli umrboqiy hisoblanadi. Naqshlardan milliy hunarmandchilikda, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi. Naqshlar to`g`ri va to`lqinsimon chiziqlardan tashkil topadi va ko`pgina buyumlarga bezak berishda foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlar, sochiqlarning chetlari to`lqinsimon, to`g`ri va doira shaklda bezatilgan. Idishlar ularni paxta gulli atlas nusxada mayday gulli idishlarni tarbiyachi bniloan birgalikda kuzatadi. Bu naqshlarda milliy boyligimiz paxta atlas aks ettirilgan.
O`yin : Sherigini top


Download 291.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling