Mening jonajon O`zbekistonim
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi
Hissa: Hamma yomonliklarning onasi dangasalik, qo`rqoqlik esa otasidir. Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz.
Markazlar: Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi. Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlar bilan bugun nonvoyxonaga sayohat qilamiz. Nonvoyxonada nonvoylar nima ish qilishini kuzatamiz. Tarbiyachi: Bolajonlar hamrni nonvoylar undan qoradilar, un bug`doydan bo`ladi, Bug`doyni dehqonlar dalalarda yetishtiradi. Ekilgan bug`doylar o`z vaqtida sug`oriladi, begona o`tlardan tozalanadi, so`ng unib chiqib yetilib, bug`doylar boshoq olib bug`doy bo`lib yetiladi. To`g`rimi bolajonlar? Bolalar javobi: To`g`ri Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlarga non haqida bir rivoyatni aytib beraman. Hirot sultoni Husayin Bayqaro: “Dunyodagi eng yaxshi xidni keltiring!”- deb qolibdi. Unga quchoq quchoq gul keltirishbdi. Sulton: “Yo`q”- debdi. Qalampirmunchoqni ro`baro qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki hushbo`y xidli narsalarni nuhayyo qilishibdi. Sulton bo`lsa: “Men aytgan bu emas”, - deb turib olibdi. Keyin: - Uch kun muxlat ichida topsalaring toplaring, bo`lmasa hammangni jazoga tortiraman debdi. Vazirlar nima qilishni bilmay o`ylayverib, boshlari qotibdi. Husayn Bayqaro istagan xidni topisha olmay oxiri nonvoyning oldiga borishibdi. - sultonimiz aytgan xidni topib, bizni halokatdan saqlab qolin, - deyishibdi. Do`stining ko`ngli qanday xidni istaganini bilolmay, Nonvoyning ham boshi qotibdi. Dehqom bobodan so`ragan ekan, u: - Yangi yopilgan nonni olib boringlar-chi, otam raxmatli, dunyoda eng lazzatli va yoqimli xid-qayroqi bug`doy unidan yopilgan tandir non, hech qaysi xid unga yetolmaydi, deguvchi edilar, - deb maslahat beribdi. Nonvoy hursand bo`lib, dehqon aytganini qilib, bir savat non yoptirilibdi-da, saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyga ajib xid tarqab, barchaning dilini yashnatib yuboribdi. - Rahmat, do`stim, - debdi Husayn Bayqaro nonlarni ko`rib, - ko`nglik yangi yopilgan nonni isini qumsayotgan edi, topib kelibsiz. Dunyoda yangi yopilgan nonning isidan ko`ra yoqimliroq xid yo`q… - Sultonim, rahmatni menga emas, dehqon boboga ayting, ko`nglingizni hohishini shu kishi topdi, - deb javob beribdi nonvoy. Husayn Bayqaro dehqonga bosh-oyoq sarpo berishni buyuribdi. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling