Mening jonajon O`zbekistonim
Download 291.41 Kb.
|
Mening jonajon O`zbekistonim-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shimcha qism
- Tarbiyaviy maqsad
- Kerakli jixozlar
- Tarbiyachi
Yakuniy qism:
Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar,faoliyatim davomida juda faol ishtirok etdingiz. O`ylaymanki konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarimizni yana bir bor mustaxkamlab oldik. Kelinglar endi faoliyatimizni doskamizga jamoa bo`lib bayrog`imizni, rangli qog`ozlardan yasalgan gullar bilan yasash bilan tugallaymiz. Qo`shimcha qism: Multimedia vositasi orqali O`zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi tinglanadi va birgalikda ijro etiladi. Etiborga molik jixat: Bolajonlar o`z huquq va majburiyatlarini bilib oladilar. 27-Mavzu: “Sog` tanda – sog`lom aql” mashg`uloti Ta’limiy maqsad: Odam organizmi, uning salomatligi, gigiena va turli kasalliklar haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: Salomatlik va atrof muxitga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqini gavda, gigiena, salomatlik, atrof-muxit kasalliklarini bilishida faollikni rivojlantirish. Kutilyotgan natija: Bolalarda shaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuncha va tasavvurlarini shakllantiriladi (tana, kiyim, poyabzal) ozodalikka va pokizalikka hamda gigiena qoidalariga rioya qilishga o`rganadi. Tarbiyalanuvchilarda salomatlikka nisbatan to`g`ri munosabat, organizmni chiniqtirish sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish ko`nikmalari shakllantiradi. Kerakli jixozlar: monitor, “Sog` tanda sog`lom aql” mavzusida slayd taqdimoti, katta va kichkina qo`g`irchoqlar, gavda qismlari tasvirlangan suratlar Sog`lomlashtirish markazi: Faoliyatni borishi: Bolalar bilan salomlashib so`ng bolalar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar o`tkazish so`ng “Sog` tanda – sog`lom aql” slaydi namoyish etiladi. Tarbiyachi: Bolalar bizlar sizlar bilan juda ko`p mashg`ulotlar o`tganmiz. O`tilgan mashg`ulotlar davomida bir qator ertaklarni, she’rlarni yoddan aytishni, narsa – hodisalar haqida bilimga ega bo`lgansizlar. Bugungi mashg`ulotimiz bizning tana tuzilishimiz va tanamizning salomatligi to`g`risida bo`ladi. Qani endi meni savollarimga javob beringchi, siz o`zingizning salomatligingiz haqida nimalar bilasiz? Bola: Gripp Inson salomatligi to`g`risida nimalarni bilasiz? -Qanday kasalliklarni bilasiz? -Gigiena nima? - Ota-onalar sizning salomatligingiz to`g`risida nimalarni aytib berishgan? (bolalar javoblari) Sog`lom va chiroyli bo`lish uchun nimalar qilish kerak? To`g`ri kun tartibiga rioya qilish kerak. Download 291.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling