Tarbiyachi: Bolalar naqshlarni nimalarga chizish mumkun ekan?
3-bola: likopchalarga, tavoqlarga
4-bola: Piyolalarga, choynaklarga
Tarbiyachi: - To`g`ri bolajonlar. Naqshlar yana ko`zalarga, eshik va romlarga, gilamlarga, palaklarga, so`zanalarga ham chiziladi. Bolajonlar sizlar hozir oldingizda turgan namunalardan foydalanib naqsh chizishingiz mumkun. Buning uchun avvalo oldingizdagi likopchani, piyolani, choynakni, ko`zachalarni sathini aniqlab olamiz. Qarang likop piyolaga nisbatan sayozroq, choynak piyoladan balandroq, ko`za esa barcha buyumlardan balandroq. Endi naqshlarni qanday joylashtirish kerak ekanligini ko`rib chiqamiz.
Tarbiyachi: Bolalarni endi san’at markazida o`zingizga yoqqan naqshlarni likopchaga chizishingiz mumkun. Bolalarni faoliyatini so`ngida “Milliy naqshlar ko`rgazmasi” tashkil etiladi. Bolalarning ijodiy ishlari o`zaro tahlil qilinadi. Faoliyat “Sherigingni top” o`yini bilan yakunlanadi. Kechki soatda tarbiyachi bolalar bilan tarixiy obidalar haqida suhbatlashadi.
36-Mavzu: Askarlar so`ziga tushuncha top
Maqsad: Tarbiyalanuvchilardan Vatan tuyg`usini shakllantirish, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni ekanligi va bolalar qalbida milliy armiyaga nisbatan muhabbat, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligi va askarlar, Vatan posbonlariga bo`lgan mehrini uyg`otish, ularni havas va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixoz va materiallar: “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi rasim.
Fan va tabiat faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
- Bolalar 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Vatan himoyachilari bu – bizning askar yigitlarimiz, sizning akalaringiz bo`ladilar. Siz esa ularning o`rinbosarlari bo`lasiz, chunki tez kunda ulg`ayib, Vatanimiz posbonlariga aylanasiz. Askar yigitlar Vatanimizni dushmanlardan himoya qiladilar va chegaralarimizni qo`riqlaydilar. Ular yurtimiz tinch bo`lishi uchun kecha-yu kunduz sergak turadilar. Men sizlarga askarlarimiz haqida she’r o`qib beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |