Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Bolajonlar qaysi biringizni ota-onangiz haydovchi bo`lib ishlaydi? 
1- Bola: Mening dadam avtobus haydaydi 
2-Bola: Mening akam yuk mashina haydaydi 
3-Bola: Mening dadamni damazi bor 
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga ham haydovchilik kasbi yoqadimi? 
Bolalar javobi: Ha yoqadi men ham katta bo`lsam mashina haydayman 
Tarbiyachi: Bolajonlar haydovchilar uchun yo`l harakatini kim tartibga solib turadi? 
Bolalar javobi: Yo`l harakati nazoratchisi, svetafor tartibga solib turadi.
Tarbiyachi: Haydovchilik kasbi juda ham mas’uliyatli kasbdir. Chunki haydovchilar 
insonlar hayoti uchun javobgar hisoblanadi. Nima uchunligini tushunib oldinglarmi? 
Bolalar javobi: Ha 
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar yaxshi tushunib olibsizlar. To`g`ri haydovchilar 
yo`lovchilarni, piyodalarni hayotini muhofazasini har doim o`ylab, diqqat e’tiborli bo`lishlari 
lozim. 
Bolajonlar hozir biz sizlar bilan “Diqqat” o`yini o`ynaymiz. 
Bolalar doira shaklida turib oladilar. Boshlovchi bola tanlab olinib bolalarga to`pni birin-
ketin otadi va shunday deyish kerak. “Havo transporti” kim to`pni qo`lga olsa, o`sha bola 
havo transporti turlarini aytishi lozim yoki bo`lmasa yerda yuruvchi transport to`p qo`liga 
tekkan bola yerdagi transportni sanab o`tishi kerak. Kimki transportni nomini ayta olmasa u 
o`yindan chiqadi. O`yin oxirida faol bola aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Faoliyatyakunida 
tarbiyachi bolalarga haydovchilik kasbi haqida she’r o`qib beradi.
“Haydovchi” 
 
Mashinam yangi, 
Qip-qizil rangi. 
Minaman shoshmay, 
Yo`ldan adashmay. 
19-Mavzu: “Yo`l harakati qoidalarini bilasizmi?” mavzusida suhbat 
Maqsad: Bolalarda yo`lda yurish madaniyatini, ko`nikmalarini hosil qilish ularda yo`llarda 
yo`lkalarning o`ng tomonidan yurish, yo`lni belgilangan joylaridan kesib o`tish qoidasiga 
rioya qilish va svetafor hamda yo`l harakatini tartibga soluvchilarning boshqarib turishi
haqida ma’lumot berish.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling