Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: Endi o`g`il bolalarning navbati, bizga Ixlosbek o`zining Boychechak haqidagi 
she’rini aytib beradi. 
Kun ketidan kun o`tar 
Tun ketidan tun o`tar 
Keldimi deb Gulbahor 
Hamma yo`lga ko`z tutar 
Yumshoq yerda yumalab 
Tong nuriga cho`milib 
Kulib chiqar boychechak 
Olqishlarga ko`milib 
Tarbiyachi: Juda ham yaxshi Ixlosbek, Muslimaxon ham o`zini she’rini sizlarga aytib berar 
ekan, birgalikda eshtamiz.
Sitora tom boshida
Nigora yonboshida 
Chakkasida qizg`aldoq 
Tezroq keeling qizchalar 
Ra’no chanqovuz chalar 
Buncha yoqimli oxang 
Nog`oraga hamohang 
Bivjov-bijing, chaqira-chak 
Bijov- bijing, taqira-taq 
Tarbiyachi: Demak bolajonlar she’rlarni hammangiz chiroyli qilib aytib berdingiz, endi 
sizlarni bilimlaringizni yana bir sinab ko`raylikchi. Qanday baxor taomlarini bilasizlar.
Bolajonlar: sumalak, ko`k chuchvara, ko`k somsa, ko`k monti, xonimlar tayyorlanadi.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar bu taomlar biz uchun foydali vitaminga boy taomlar 
hisoblanadi.
Keldi Navro`zu ayyomi 
Chuchmomalar ta’zimda 
Doshqozonda sumalak 
Lapar yangrar bazimda 
Bolajonlar sumalak baxor taomi ekanligini bilasizlar 


78 
Bizning buvijonlarimiz, momlarimiz erta baxorda bug`doy undirib milliy taomimizni 
sumalakni katta doshqozonlarda tayyorlashadi. Sumalak tayyorlash davomida milliy o`yinlar, 
laparlar, aytishuvlar, raqslar ijro etiladi. Sumalak haqida ko`pgina she’rlar ashullalar 
rivoyatlar bor. Hozir bolajonlar men sizlarga sumalak haqida rivoyat aytib beraman.
Qadimda bir onaning uyida farzandlariga berish uchun hech narsasi qolmabdi. 
Bolalarni qorni juda ham ochib ketibdi. Ular onalaridan ovqat berishlarini so`rabdi. Shunda 
onasi hozir bolajonlarimz sizlarga ovqat pishirib beraman deb o`choqqa olov yoqib, qozonga 
suvni quyib nish urgan bug`doy maysalarini yuvib qozonga solib, qaynata boshlabdi. Suvga 
5-6 dona tosh donaklarini solib tong saxargacha kovlab, charchab onasi va bolalar uxlab 
qolibdi.
Onasi tonda turib qozonga qarasa ajoyib taom bo`lgan ekan, uni mazasini tatib korsa 
taom juda ham mazali ekan. Bundan hayratlangan ona taomni bolalariga va 
qo`shnilariulashibdi. Taom to`yimli, mazali taom bo`lib, sumalak nomi bilan mashhur bo`lib 
ketibdi. 
Tarbiyachi: Bolajonlar aytib bergan rivoyatim sizlarga yoqdimiz. 
Bolajonlar bilan faoliyat yuzasidan savol-javob o`tkazib olib, ularni shirin so`zlar bilan 
rag`batlantiramiz. Shu bilan sayrdagi faoliyatimizni “Yomg`ir va maysa” o`yini bilan 
yakunlaymiz. Uyda 2-3 marta takrorlanadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling