Mening kelajakdagi kasbim!
Download 15.06 Kb.
|
Mening kelajakdagi kasbim!
Mening kelajakdagi kasbim! Turli xil kasblarni tanlash imkoniyati juda keng va men nima haqida tanlashimni aytib bermoqchiman. Bolaligimda ota-onamga o’xshab taniqli doktor bo’lmoqchi edim, ammo bu kasbni ancha qiyinchiliklari borligini bilganimda esa bu fikrimdan qayta boshladim. Keyinchalik meni vatanparvarlik hissiyotim jo’shib ketti va vatan himoyachisi bo’lmoqlikka qaror qildim. Albatta vatan himoyachisi bo’lish, xalqimni oldida, oilamni oldida o’z burchimni bajarishim men uchun katta sharaf edi. Bu kasbdagi g’urur, bu kasbdagi iftixor va oliy maqsad meni kundan kunga ruhlantirar va olg’a borishimga undar edi. Men bu kasbni egallash uchun astoydil harakat qila boshladim va deyarlik maqsadga erishdim deganda, oldimda yana bir to’siq , balki ikkinchi imkoniyatdir , aniq qilib aytganda chet elda o’qish haqidagi fikr meni biroz o’zgartirib qo’ydi. O’z-ozidan ravshanki, har bir inson o’z kasbini tabiiy qobilyati va unga moyiligiga qarab tanlashi kerak. Shunday qilib, men o’z hayotimni chet elda o’qishga bag’ishlashga va u yerda IT yo’nalishi bo’yicha ishlashga qaror qildim. Chunki bu meni aniq maqsadim ekanligiga aminman. Bir tomondan bu dunyo kezish bo’lsa, qolgani esa ilm olish va uni ko’paytirish, malaka oshirish. Bu yerda mening muvaffaqiyatim ko’p narsalarga bog’liq. Avvaliga men chet tillarini mukammal bilishim va IT yo’nalishida ham yaxshi natijaga ega bo’lishim zarur. Men o’z kasbimda mohir bo’lishim kerak. Shuningdek, o’zim uchun mos bo’lgan nufuzlik universitet tanlashim va u haqida kerakli ma’lumotlar yeg’ishim kerak hisoblanadi. IT – yo’nalishidagi kasb juda murakkab kasblardan biri hisoblanadi, uning ustida qancha ko’p ishlagan sari uning ilm salohiyati borgan sari oshib boradi. Hozirgi kunda minglab turli kasblar mavjud, ammo u yoki bu kasbni tanlashda eng muhim rol albatta bu oyligi maoshi hisoblanadi. Bu shunday, mening fikrimcha “har doim jismoniy mehnatdan aqliy mehnat ustun hisoblanadi”. Inson jismoniy mehnat bilan kunlab topgan pulini, boshqa shaxs aqliy mehnat bilan soatda topishi mumkin. Bunga misol qilib esa Stiv Jobsni aytishimiz mumkin. U aqliy salohiyati bilan dunyodagi eng taniqlik va boy odamlar qatoriga kirgan shaxs hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda esa men odamlarga o’z kasblarini ehtiyotkorlik bilan tanlashni maslahat bergan bo’lar edim. Kasbni tanlash - ko'p qirrali va qiyin savol, siz bolalagandek kim bo'lishni xohlayotganingizga bir daqiqada javob berolmaysiz. Ko'pgina omillarning kombinatsiyasi kelajakdagi kasbni belgilashi kerak, ya'ni: ushbu kasbda rivojlanish istagi, tanlagan kasbi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni ta'minlay oladigan ta'lim muassasalarining mavjudligi, kasbning mohiyati va shaxsning shaxsiy va kasbiy fazilatlari nisbati, oilani qo'llab-quvvatlash, bundan kam bo'lmagan ahamiyatga ega. Qanday bo'lmasin, talaba qaysi kasbni tanlamasin, eng muhimi, o'zi qilayotgan ishini yoqtirishi kerak. Download 15.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling