Mening muvaffaqiyat yo‘lim biografik ensiklopediyasi
Download 15.97 Kb.
|
Pazilova Shoxida123
- Bu sahifa navigatsiya:
- PAZILOVA SHOXIDA ABDULBASITOVNA Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b.
Pazilova Shoxida Abdulbasitovna 1970 yil 29 aprelda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida tug‘ilgan. 1987 yilda Toshkent shahridagi o‘rta maktabni bitirib, 1987-1992 yillarda Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti avtomatik tizimlarni boshqarish fakultetining “Elektron hisoblash mashinalari” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirgan. 2000 yildan 2017 yilgacha Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida avval o‘qituvchi, so‘ngra dotsent lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirdi. 2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyaisida avval o‘qituvchi, katta o‘qituvchi va hozirgi vaqtda dotsent lavozimlarida faoliyat olib bormoqda. 2021-yil 9-noyabrda “Oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika asoslari”ning mazmuni va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligi yuzasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tadi. Sh. Pazilovaga O‘R OAKning 2021 yil 30 noyabr 309/1-sonli bayonnomasi bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berildi. Sh. Pazilova tomonidan darslarning koʼrgazmali va axborot kommunikasiya texnologiyalarining imkoniyatlari hisobga olingan holda, kursantlarni mantiqiy fikrlashga undovchi, kompetentsiyaviy yondashuv asosida pedagogik muloqot jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlovchi metodikalar ishlab chiqilgan. PAZILOVA SHOXIDA ABDULBASITOVNA Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b. 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 17 ta maqolalar chop etgan. 12 ta maqolalari bilan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy anjumanlarida qatnashgan. 2023 yilda “NATIONAL PUBLICATION” nashriyot markazi tomonidan MDH miqyosida o‘tkazilgan ilmiy ishlar tanlovida “Лучшая научная статья 2023” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘z ishiga talabchan, kursantlarga o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy - uslubiy darajada olib boradi. Mashg‘ulotlarni sodda, aniq va ilmiy darajada yangi ta’lim texnologiyalarning interfaol metodlarini qo‘llagan holda tushunarli bayon eta oladi. Kursantlarga elektrotexnika va elektronika asoslari fani bo‘yicha qiziqarli suhbatlar va konsul’tatsiyalar o‘tish orqali ularda bu fanga katta qiziqish uyg‘otgan. Sh.Pazilova har yili kursantlar harbiy-ilmiy jamiyati bo‘yicha “Elektrotexnika bilimdoni”ilmiy to‘garagiga ilmiy rahbarlik qilib keladi. So‘nggi yillarda 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiyanoma, 17 ta maqolalar chop etgan, hamda 12 ta maqolalari bilan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy anjumanlarida qatnashdi. Kafedra dotsenti sifatida oʻquv uslubiy ishlar boʻyicha kafedra professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda oʻqituvchilarni darslarini tahlil qilishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan ta’lim texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha maslahatlar beradi. Shuningdek, “Educational Research in Universal Sciences” ilmiy jurnali va “International Journal og Pedagogics” xalqaro ilmiy jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Taʼlim sohasidagi xizmatlari uchun 2017 yilda “OʼR Qurolli Kuchlari 25 yilligi” Esdalik nishoni, 2022 yilda O‘R MV “Namunali xizmati uchun” koʼkrak nishoni, 2023 yilda “NATIONAL PUBLICATION” nashriyot markazi tomonidan MDH miqyosida o‘tkazilgan ilmiy ishlar tanlovida “Лучшая научная статья 2023” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Sh. Pazilova bir farzandning onasi va 3 nabiraning buvijonisidir.
Download 15.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling