mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet6/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

MOʻJIZAVIY HASHAROT
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: asalarining hayoti, asalarining yetti xazinadan biri ekanligi, asalning shifobaxshligi haqida atroflicha maʼlumot bergan holda oʻquvchini tabiatdagi jonzotlarni qadrlashga oʻrgatish, bu jonzotlarning moʻjizaviy neʼmat ekanligini bolalarga anglatish.
Tinglab tushunish: gap ohangini ajratib, uning qay maqsadda ekanini aniqlay oladi; tinglangan matndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi.
Ogʻzaki nutq: gap mazmuniga mos ohangni tanlay oladi; sinfdoshi tomonidan bajarilgan topshiriqqa baho bera oladi; sheʼrni yoddan toʻgʻri va ravon – ifodali oʻqiydi; berilgan rasm asosida tengdoshi bilan suhbat qura oladi.
Oʻqib tushunish: dialog shaklidagi matnni tushuna oladi; qiyin notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; matn ichida kelgan raqam bilan ifodalangan maʼlumotlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; baʼzi soʻzlardagi a-o almashishini toʻgʻri farqlay oladi; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; informativ matnda berilgan maʼlumotlarni chizma shaklidagi maʼlumotlar bilan birlashtirib xulosa ayta oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi, syujetini tushuna oladi; sheʼriy matndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushunib, ohangdoshlikni aniqlay oladi; sarlavha tanlay oladi.
Yozma nutq: undov, soʻroq, nuqta, vergul ishoralarini toʻgʻri qoʻya oladi; sonlarni harflar orqali yoza oladi; soʻzlarning aytilishi va yozilishidagi farqlarga eʼtibor bergan holda soʻzlarni yozish; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarni tushunish uchun berilgan savollarga javob boʻluvchi oʻrinlarni matndan koʻchirib yoza oladi; atoqli ot tanlay olish, uni qatnashtirib gaplar tuza oladi; izohli lugʻatdan foydalanib, soʻzlarning maʼnosini izohlovchi gaplar tuzib yozish; berilgan rasmlar asosida informativ shaklda matn tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim: ohangga mos tinish belgilari: nuqta, vergul, soʻroq, undovni tanlay oladi; ohang asosida gap maqsadini aniqlay oladi; atoqli ot tanlay oladi, uni qatnashtirib gaplar tuza oladi; ohangdoshlikni aniqlay oladi; sheʼrdagi badiiy tasvir vositalarini aniqlay oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling