Mening tarjimayi holim


Download 402.09 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi402.09 Kb.
#1065777
Bog'liq
ABF Informatika 5


Abloberdiyev Behruzning 5­- Amaliy topshirig’i

MENING TARJIMAYI HOLIM
Men Abloberdiyev Behruz Firuz o’g’li. Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida 2004-yil 22-sentabrda tavallud topganman. 2011-yil G’ijduvon tumanidagi 33-sonli maktabga ta’lim olish uchun borganman. Shu yil ya’ni 2022-yil maktabni tamomladim va Toshkent tibbiyot akademiyasiga o’qishga kirdim. O’qishga topshirish uchun uzoq tayyorgarlik ko’rdim . Men tibbiyot sohasini tanlaganim sababli kimyo va biologiya fanlaridan ancha tayyorlandim. Hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-kurs talabasiman.
Men oilam haqida gapiradigan bo’lsam, oilada 6 kishimiz. Bular bobom, buvim, onam, dadam,ukam va men. Oilamizing eng kichkintoyi bu – ukam bo’ladi. Uning ismi Islombek. Hozirda men o’qigan maktabda tahsil oladi. U maktabdagi fanlardan ko’ra ko’proq komyuterga qiziqadi va kelajakda dasturchi bo’lmoqchi. Bobom va buvim hozirda nafaqadalar. Dadam va onam davlat Ishida ishlaydilar. Men oilaminni yaxshi ko’raman .



Hayotda hamma xoxlaganicha yashagisi keladi. Ammo hayot biz o’ylaganchalik oddiy emas. Vaholangki shunday ekan bu qisqa hayotimizni go’zal o’tkazishimiz kerak. Men bu uchun ko’pincha sayr qilaman. Ba’zan yolg’iz ba’zida biror kishi bilan ko’chada sayr qilaman. Asosan yangiliklar o’qishni yoqtiraman. Ko’pincha futbol tomosha qilaman. Anchadan bera shaxmat ham o’ynaganim yo’q. Ammo shaxmat o’ynashni juda yoqtiraman.
Hozirda men talaba bo’lganim uchun bo’sh vaqtim ancha kamaygan. Shu uchun bo’sh vaqtim bo’ldi deguncha o’rtoqlarim biror joyga boramiz va maroqli xordiq chiqaramiz.

Hozirgacha erishgan yutuqlarim
Men Abloberdiyev Behruz 2014-yildan beri fan olimpiadalariga qatnashib kelaman. Shu paytgacha jami 10 dan ortiq fan tanlovlarida ishtirok etganman. Ular orasida 1,2,3- o’rinlarni qo’lga kiritganman. O’zi hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasida o’qishimning o’zi ham bir tasodif hisoblanadi. Chunki men yoshligimda matematik bo’lganman va matematikadan ko’plab tanlovlarda qatnashganman. 8- sinfdan boshlab ma’lum sabablarga ko’ra kimyo va biologiyadan tayyorlanishni boshlaganman. Uzoq tayyorgarlik natijasida imtixonda 186,8 ball oldim va grant asosida o’qishga kirdim. Bundan keyingi rejalarim albatta yaxshi shifokor bo’lib, xalqimizga foydam tegishini istayman.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Rektori A.Q.Shodmonovga


1- Davolash fakulteti 105-a guruh talabasi Abloberdiyev Behruz Firuz o’g’li tomonidan

ARIZA
Men Abloberdiyev Behruz ushbu arizani yozib ma’lum qilamanki, men hozirda


Shayxontoxur tumani Bog’ ko’chasi 3-dom 86-xonadonda ijarada turaman.
Menga kvartira to’lovini to’lashimga yordam berishingizni so’rayman.


Mundarija



MENING TARJIMAYI HOLIM 1
Mening hobbiyim 2
Hozirgacha erishgan yutuqlarim 2
ARIZA 4







Download 402.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling