Mening ustozim
Download 33.5 Kb.
|
Mening ustozim. Esse
Mening ustozim Inson hayotda bir nimaga erishsa o’z harakati, qiziqishi, va albatta, ustozlarining yo’qotilgan vaqti evaziga qandaydir natijalarni qo’lga kiritadi. Chindan ham ustozlar murg’akligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug’larini sochadi, qo’limizdan tutib, ma’rifat saboqlarini beradi, mehr-muhabbat ulashadi.Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo’lga kiritayotgan g’alabalarimizda ularning hissasi katta. Ustoz haqida gapirar ekanmiz beixtiyor payg’ambarimiz Muhammad sallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytilgan quyidagi hadisni aytish o’rinlidir. “Albatta, Alloh taolo o’zining farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o’rgatuvchi kishi haqqiga salovat va duo aytib turadilar” deb marhamat qilganlar. Men ana shunday butun jonzotlar haqqiga duo qiladigan inson, ya’ni ustozim haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Men tanlagan soha insondan juda bilim va tajribaga ega bo’lishni talab etadi. Sababi men bolalar bilan, bolalar hamki alohida e’tiborga muhtoj, qalblari umidlarga to’la beg’uborlar bilan ishlayman. Bu kasbning mashaqqatlarini, sir-u sinoatlarini menga o’rgatgan ustozim bu mening hamkasbim. Ha to’g’ri eshitdingiz. Men kasbiy mashaqqatarni yengib o’tishni, nafaqat kasbiy balki hayotiy desam ham mubolag’a bo’lmaydi ana shu ustozimdan o’rganganman. Ulardagi bolalarcha beg’uborlik, samimiylik, qalb go’zalligi meni hamisha lol qoldirgan. Biz imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlaymiz. Ustozim aynan shu bolalarga boshqa bolalardan also kam emasligini, ular bu Vatanga kerakli inson ekanligini bolajonlarning murg’ak qalblariga singdira olgan. Nargiza opadagi o’z kasbiga sadoqat, bolalarga bo’lgan mehr va ular oldidagi mas’uliyat meni hamisha lol qoldirgan. U kishi har bir mashg’ulotga alohida tayyorgarlik bilan “Men bugun bu bolalarga yangi bir narsa berishim kerak, ularni naqadar kerakli inson ekanliklarini onglariga singdirishim kerak” degan o’y bilan kirishlari alohida taqsinga loyiq. Men ustozimdan mana shu bolalarga ham ota, ham, ona bo’lishni o’rgandim. Sababi bizning muassasamizdagi bolalar uylariga bir haftada bir marta borishadi. Ularning asosiy vaqti biz bilan o’tadi. Ko’pchilik insonlar bizning muassasa tarbiyalanuvchilariga qandaydir o’zgacha nigoh, achinish hissi bilan qaraydi. Nargiza opa esa ularga sog’lom bolalardek munosabatda bo’ladilarki, bu narsa bolalarga o’zlarini hech kimdan kam emasliklarini qalban his qilishlariga imkon beradi. Hafta oxirida bolalar hatto uylariga ketgilari kelmaydi. Ustozim hali bolalik paytlaridan “ Bolalar bilan ishlayman” degan hayollar bilan ulg’aygan ekanlar. Shuning uchun ham ularda bolalarga o’zgacha mehr bo’lsa kerak. Yosh pedagoglarga maslahatlar: Avvalo, bolalarni seving. O’z kasbingizga hurmatda bo’ling. Bolalar bilan do’stona munosabat o’rnatishga harakat qiling. Har bir mashg’ulotga alohida ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko’ring. Har bir mashg’ulot takrorlanmas chiqishiga harakat qiling. Jamoada bilimingiz va tajribangiz bilan o’rnak bo’ling. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling