Mening web-sahifam


FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi


Download 1.45 Mb.
bet132/145
Sana05.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1749666
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145
Bog'liq
9-sinf -yillik konspekt

FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi:Axborot tashuvchi vositalar yordamida axborotlarni uzatish imkoniyatlaridan foydalana oladi;axborot o‘lchov birliklari va uzatish tezligi imkoniyatlarini hisobga olgan holda uzatiladigan va olinadigan axborotlar hajmini hisoblay oladi;elektron pochta orqali axborot uzatadi va qabul qila oladi; axborot uzatish va qabul qilishda odob-axloq me’yorlari, axborot xavfsizligi, mediasavodxonlik talablariga rioya qiladi.




Darsning turi : Aralash dars. (Ma’ruza va amaliyot uyg`unligidagi dars)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter.
Darsda qo`llaniladigan metodlar:Muzyorar,aqliy hujum,savol-javob,bahs-munozara
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. O`quvchilarning va sinfning darsga tayyorgarligini tekshirish

II.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Bunda o`quvchilarga savollar beriladi.

  1. Web-sahifada jadval qanday tashkil etiladi?

  2. Jadvalning chegara chiziqlarini qanday formatlash mumkin?

  3. Jadvaldagi sarlavha haqida ma’lumot bering.

  4. Jadval sarlavhasi haqida ma’lumot bering.

  5. Jadval bilan matn web-sahifada qanday joylashishi mumkin?

  6. Jadval ichidagi ma’lumotlarni formatlashga oid misol tuzing.

  7. Jadval chegara chiziqlarini formatlashga oid misol tuzing.

III.Yangi mavzu bayoni:
Web-sahifadagi axborot bir nechta bo’limdan iborat bo’lishi mumkin. Bu bo’limlarga tez “o’tish” imkoniyati web-sahifani ko’rib chiqishni osonlashtiradi. Web-sahifada bunday o’tishlar gipermatnli aloqani tashkil etadi. Gipermatn texnologiyasi o’z vaqtida WWW hizmatining oz fursatda ommaviylashishiga sabab bo’lgan edi.
Gipermurojaat, ya’ni hujjatning bir joyidan boshqa joyiga yoki bir hujjatdan boshqa hujjatga o’tish, juft tegi yordamida amalga oshiriladi. Bu tegning HREF parametri bor bo’lib, uning qiymati o’tish joyi manzili (adresi) bo’ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi o’tish nuqtasi deyiladi. tegi parametri bilan umumiy holda quyidagicha yoziladi:
matn ,
bu yerda “matn” – ixtiyoriy matn bo’lib, brauzer uni ekranda belgilab ko’rsatadi, “manzil” – o’tish kerak bo’lgan joy (bo’lim) manzili. Odatda o’tish joyini aniqlovchi matn ekranga ko’k rangda va tagiga chizilgan ko’rinishda chiqadi. Manzil ham ixtiyoriy matn bo’lishi mumkin.
Web-sahifaning o’tish kerak bo’lgan joyiga
tegining NAME parametri yordamida “manzil” kiritiladi. U o’tish nuqtasidagi “manzil” bilan bir xil bo’lishi kerak. Bu teg NAME parametri bilan birgalikda umumiy holda quyidagi ko’rinishda yoziladi:
matn ,
bu yerda “matn” – ixtiyoriy matn bo’lib, odatda, “matn” sifatida web-sahifaning shu yeridan boshlangan bo’lim
nomi yoziladi, dagi “manzil” dagi “manzil”dan ko’rib turganingizdek “#” belgisi bilan farq qiladi.

Web-sahifada o’tish nuqtasi boshqa matnlardan “ajralib” turishi uchun, uni ro’yxat tarkibiga kiritish ham mumkin. Gipermurojaat web-sahifada o’tish nuqtasida berilgan matnga sichqoncha parametrini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu holda o’tish nuqtasidagi matn rangi o’zgaradi (odatda pushti rangga bo’yaladi).
Keltirilgan misolda o’tish nuqtalari markerli ro’yxat tarkibiga kiritilgan. O’tish nuqtasi bilan o’tish joyi ekranda ko’rinib turgan bo’lsa, o’tish bajarilgani bilinmaydi.
Gipermurojaat o’tish nuqtasidagi matn o’rniga yoki matn bilan birga rasm ham qo’yish mumkin. Buning uchun o’tish nuqtasidagi matn o’rniga tegi ishlatiladi. Mazkur teg yordamida qo’yilgan rasmni brauzer avtomatik ravishda o’tish buyrug’i bilan bog’laydi. Endi web-sahifada “o’tish” uchun matndan ham, rasmdan ham foydalansa bo’ladi. Masalan, HTML-hujjatga

yozuvi kiritilsa, web-sahifada “mypic.jpg” rasm orqali “1-bob”ga o’tish mumkin bo’ladi.
tegi yordamida nafaqat bitta web-sahifa ichida, balki bir web-sahifadan boshqa web-sahifalarga o’tishni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun mazkur tegdagi “manzil” sifatida Internet tizimidagi biror web-sahifa manzilini, ya’ni URL-manzilni yozish kifoya. Masalan,
Rambler.ru ga o’tish
O’tishdagi “manzil” sifatida diskdagi web-sahifa faylining nomini yozsa ham bo’ladi va bu holda diskdagi web-sahifa ochiladi. Bu hususiyat tarkibiy web-sahifalar (web-saytlar) yaratish imkonini beradi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling